|
Korpus lingvistikasi book · October 022 citation reads 1,207 authorBog'liq AbjalovaM.KorpLing.Uslubiyqollanma (1)KORPUS LINGVISTIKASI
Manzura Abjalova
~ 13 ~
keyinchalik B.Mengliyev, Sh.Xamroyeva, M.Abjalova, A.Eshmo‘minov,
D.Axmedova,
O‘.Xoliyorov,
N.Abdurahmonova,
G.Toirova,
D.O‘rinboyeva, B.Elov, A.Raxmanova tomonidan til korpuslari hamda
uning turlari tadqiq qilingan. Natijada mualliflik korpuslarini tuzishning
lingvistik asoslari
10
, tabiiy tilni qayta ishlash
11
, sinonim so‘zlarni
semantik teglash
12
, atov birliklarini leksik-semantik teglash
13
, o‘zbek
tilining ta’limiy korpusini yaratish
14
, elektron korpuslar modellari,
korpus tuzishning kompyuter usullari
15
tadqiq etildi. Quvonarli jihati,
nazariy tadqiqotlar natijasida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat
oʻzbek tili va adabiyoti universiteti ilmiy jamoasi tomonidan “Oʻzbek
tilining ta’limiy korpusi” yaratildi
16
va O‘zbek tili Milliy korpusiga tamal
toshi qo‘yildi
17
. Bugungi kunda tarkibidagi matnlar va leksikografik
bazasi boyitib borilmoqda
18
.
Hozirda mazkur sohada so‘z turkumlarini teglash, korpus birliklarini
grammatik va semantik teglash, teg modellarini shakllantirish, korpusda
morfoanalizatorni yaratish, teglash algoritmini ishlab chiqish, shu asosda
avtomatik semantik teglash dasturini yaratish bo‘yicha ham amaliy ishlar
amalga oshirilmoqda.
10
Xamroyeva Sh. O‘zbek tili mualliflik korpusini tuzishning lingvistik asoslari:
Filol.fan.bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dis. aftoref. – Qarshi, 2018. – 53 b.
11
Abjalova M. Tahrir va tahlil dasturlarining lingvistik modullari. [Matn]: monografiya. –
Toshkent, 2020. – 176 b.
12
Eshmo‘minov A.A. O‘zbek tili milliy korpusining sinonim so‘zlar bazasi: Filol.fan.bo‘yicha
falsafa dokt. (PhD) diss. – Qarshi, 2019. – 140 b.
13
Ahmedova D. Atov birliklarini o‘zbek tili korpuslari uchun leksik-semantik teglashning
lingvistik asos va modellari
:
Filol.fan.bo‘yicha falsafa dokt. (PhD) diss. – Buxoro, 2020. – 156 b.
14
Raupova L., Elov B., Abjalova M., Alayev R. O‘zbek tilining ta’limiy korpusi va uning
imkoniyatrlari. // Oʻzbekistonda til va madaniyat, – Toshkent: ToshDoʻTAU, 4/2021. – B. 60-
75.; Абжалова М. Синонимайзер (синонимизатор) в образовательной корпусе узбекского
языка. // TurkLang – 2021: Turkiy tillarni kompyuterda qayta ishlash IX xalqaro
konferensiyasi.
15
Raxmanova A. O‘zbek tili Milliy korpusini yaratishda kompyuter usullari. Filol.fan.bo‘yicha
falsafa dokt. (PhD) diss. – Farg‘ona, 2022. – 52 b.
16
http://uzschoolcorpara.uz/#home
17
Abjalova M. O‘zbek tili ontologiyasi: yaratish texnologiyasi va konsepsiyasi [Matn]:
monografiya. – Toshkent, 2021. – B. 12.
18
AM-FZ-201908172 raqamli “O‘zbek tili ta’limiy korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy
loyihasi
|
| |