• Анализ учебных задач, связанных с формированием навыков говорения, приведенных в учебнике «Родной язык» для 6 класса.
  • Analysis of educational tasks related to the formation of speaking skills given in the 6th grade "Mother Tongue" textbook
  • 6-sinf "Ona tili" darsligida berilgan nutq so'zlash ko'nikmasini shakllantirishga oid o'quv topshiriqlar tahlili




    Download 335,01 Kb.
    bet1/4
    Sana11.01.2024
    Hajmi335,01 Kb.
    #134869
    TuriАнализ
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Mardiyev Dilnura maqola (2)


    6-sinf "Ona tili" darsligida berilgan nutq so'zlash ko'nikmasini shakllantirishga oid o'quv topshiriqlar tahlili
    Mardiyeva Dilnura Adhamjonovna
    Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining Kattaqo’rg’on filiali talabasi
    Annotatsiya: Maqolada umumiy o’rta ta’lim maktabining 6-sinf o’quvchilarida nutq so’zlash ko’nikmasini rivojlantirish bosqichlari,usul va metodik tavsiyalar hamda o’quv topshiriqlari tahlili haqida fikr yuritiladi.Nutq so’zlashning dastlabki talablaridan biri sifatida adabiy til me’yorlarini egallash,so’z boyligini oshirish va o’z nutqida o’zgalar fikridan unumli foydalanish.
    Kalit so’zlar:nutq so’zlash, gapirish,tinglab tushinish so’zlash,so’z boyligi,talaffuz ko’nikmasi,o’zgalar nutqi.

    Анализ учебных задач, связанных с формированием навыков говорения, приведенных в учебнике «Родной язык» для 6 класса.
    Мардиева Дилнура Адхамжоновна
    Студентка Каттакорганского филиала Самаркандского государственного университета имени Шарофа Рашидова
    Аннотация: В статье рассматриваются этапы развития речевых навыков у учащихся 6-го класса общеобразовательной школы, методические и методические рекомендации, а также анализ учебных задач.Литературность как одно из начальных требований овладения языковыми нормами говорения, увеличения словарного запаса и эффективно использовать мнение других в своей речи.
    Ключевые слова: говорение, говорение, понимание речи на слух, словарный запас, навыки произношения, речь других людей.


    Analysis of educational tasks related to the formation of speaking skills given in the 6th grade "Mother Tongue" textbook
    Mardiyeva Dilnura Adhamjonovna
    Student of Kattakorgan branch of Samarkand State University named after Sharof Rashidov
    Abstract: The article discusses the stages of development of speaking skills in the 6th grade students of general secondary school, method and methodical recommendations, and the analysis of educational tasks. Literary as one of the initial requirements of speaking mastering language standards, increasing vocabulary and effectively using the opinions of others in one's speech.
    Key words: speaking, speaking, listening comprehension speaking, vocabulary, pronunciation skills, speech of others.

    Kirish. Ona tili darsliklarida nutq ko’nikmasini shakllantirish jadal rivojlanib bormoqda.Darsliklar o’quvchilarning mustaqil fikrga ega bo’lishlariga qaratilgan bo’lib o’qib tushunish,tinglab tushunish ko’nikmalarini shakllantirishdan iborat.Nutq shakllaridan og‘zaki nutq muloqot jarayonida ko‘p qo‘llaniladi, o‘z faoliyati davomida inson kompetensiyalarini nutq so‘zlash orqali namoyon qiladi. Shu ma’noda, o‘quvchini umumta’lim maktabida nutq so‘zlashga tayyorlash lozim.Ona tili ta’limida nutqiy ko’nikma va malakalarni rivojlantirishga alohida e’tibor berilmoqda.Ayniqsa,o’quvchilarda o’z fikrini og’zaki shaklda ravon ifodalash ko’nikmasi ijtimoiy hayot uchun juda zarur.


    Tadqiqotchi M.Djakbarovaning ta’kidlashicha ‘’ O‘quvchilarda nutq so‘zlash ko‘nikmasini rivojlantirishda matnni o‘qib tushunish, tinglab tushunish hamda matn mazmuni ustida mantiqiy fikrlashga yo‘naltiruvchi topshiriqlarni ishlab chiqish samarali hisoblanadi. Demak, bugungi kunning eng muhim masalasi – ona tili ta’limini hayotga yaqinlashtirish, amaliy ahamiyatini kuchaytirishdir. Ona tili orqali o‘quvchi tafakkurida olamning lisoniy manzarasi, milliy madaniyatlar shakllanadi. Agar ona tili oddiy o‘quv predmeti emas, qadriyat sifatida o‘qitilsa, o‘quvchilarda o‘z-o‘zidan teran tafakkur va milliy g‘urur shakllanadi. Shunda ona tilini o‘rganishga o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘onadi. Ona tili orqali o‘quvchilar milliy mentalitetni, hayotni, xalqning madaniy merosini o‘rganishlari kerak. Albatta, bu pragmatik xarakterdagi o‘quv topshiriqlari ishlab chiqish orqali amalga oshadi. Ona tili mashg‘ulotlarida o‘quvchilar savol va topshiriqlar asosida tilning amal qilish qoidalarini o‘rganadilar. Mashq tarkibida berilgan gaplar, matnlar o‘quvchining lug‘at boyligini oshirishga xizmat qiladi, biroq ular ustida qanday ish olib borish hali muammoligicha qolmoqda. Ona tili darslarida anglash, fahmlash, nutq so‘zlash, insho yozishni o‘rgatibgina qolmay, balki topshiriqlar orqali o‘quv adabiyotlariga yo‘naltirilsa, ona tilining jonli va tabiiy til ekanligiga ham ishonch hosil qilishadi [7,8]
    G‘.Hamroyevning taʼkidlashicha, muammoning bir uchi yana o‘rta umumtaʼlim maktablarida ona tili o‘qitish masalasiga borib taqaladi. Adabiy talaffuz – madaniyatlilik belgisi. O‘rta umumtaʼlim tizimida 5-sinfdan boshlab talaffuzning asosiy birligi hisoblangan nutq tovushlari “Nutq so‘zlash” bo‘limi tarkibida tizimli o‘qitila boshlaydi. “Nutq so‘zlash” bo‘limi taʼlimi taqozosiga ko‘ra shu yerda o‘quvchilarga nutq tovushlari bilan birga to‘g‘ri talaffuz hamda imlo qoidalarini singdirish talabi ham qo‘yiladi.[17]
    Zamonaviy darsliklarda topshiriqlar ma’lumotlarni xotiraga kirituvchi qurilma vazifasini bajaradi. O‘quvchi tafakkuri, so‘z zaxirasini boyitmasdan turib, uning ravon, mantiqan izchil, ta’sirchan nutqi haqida gap bo‘lishi mumkin ham emas. Bugun dars jarayonida juda ko ‘p qo‘llanilayotgan “Matn tuzing” qabilidagi topshiriqlar endi o‘zini oqlamayapti. Chunki o‘quvchi o‘zidagi nochor so‘z boyligi, tor tafakkuri bilan istalgan mazmunni, kutilgan saviyada yozib bera olmaydi. O‘quvchida ayni mavzuga aloqador muhim, foydali,ta’sirli ma’lumotlar juda kam yoki umuman bo‘lmaydi. Bu borada mashqlarga ham alohida e’tibor berish lozim. Ayniqsa, malaka hosil qiluvchi nutq mashqlariga. Nutq mashqlari yoki kommunikativ mashqlar Ushbu mashqlarning maqsadi ona tilining kommunikativ vazifalarini amalga oshirish va kommunikativ ko‘nikmalarni o‘rgatish (tinglash, gapirish, o‘qish va yozish)dir. Nutq mashqlari-har doim ijodiy mashqlardir. Bu har doim turli darajadagi nutq teran vazifalari ekan. Mashqlarning asosiy xarakteristikasi – pragmatizm va motivasiya (o‘quvchilarning tashabbuskorligi, motivasiyasini ta’minlash) hisoblanadi.[82-83]
    G’.Hamroyevning fikrlariga qo’shilgan holda o’quvchilarga dastlab ravon nutq so’zlashlari uchun so’z zaxirasi zarur.Hozirgi kunda yangi yaratilgan darsliklarning matn ko’rinishadi mashq va topshiriqlardan keyin lug’atlar bilan boyitilganini guvohi bo’layapmiz.Bu lug’atlar shunchagi qolib ketmasdan har kuni o’quvchilarga topshiriq tarzida yodlatish maqsadga muvofiqdir.Chet tilini o’rganayotgan har bir o’quvchi har kuni yangi lug’at yodlaydi o’zbek tilida ham mana shunday lug’atlarlar yodlansa lug’at boyligi gapirish,yozish va nutq so’zlash ko’nikmasi yanada rivojlanadi.
    Xulosa qilib aytganda, tilimizda mulozamat so‘zlar mavjud bo‘lib, undan nutq jarayonida samarali foydalanilmaydi. O‘quvchilarni nutq so‘zlashga o‘rgatar ekanmiz, ularning nutqini mulozamat so‘zlar bilan boyitish va nutq jarayonida o‘rinli qo‘llay olish ko‘nikmasini rivojlantirishimiz zarur. Ingliz tilida uchraydigan “please”, “excusme”, “sorry” kabi birliklardan qolishmaydigan, nutqning ko‘rki bo‘lgan mulozamat so‘zlardan foydalanish ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda ham eng yaxshi yechim hisoblanadi. Zero, xalqimiz aytganiday: “Tilingda bo‘lsa boling, kulib turar iqboling”.
    6-sinf ona tili darsligida nutqni rivojlantiruvchi ko’plab mashq va topshiriqlar berilgan.Xususan
    ‘’ Teleboshlovchi bo’lib qolsam’’ mavzusi o’quvchilarning og’zaki nutqini rivojlantirishga qaratilgan bo’lib dars soati uchun 5- soat ajratilgan.Dastlab o’quvchilarga rasm asosida bir qancha savollar berib o’tilgan.

    Download 335,01 Kb.
      1   2   3   4




    Download 335,01 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    6-sinf "Ona tili" darsligida berilgan nutq so'zlash ko'nikmasini shakllantirishga oid o'quv topshiriqlar tahlili

    Download 335,01 Kb.