• Tushunchalar Sizning fikringizcha ushbu tushuncha nimani anglatadi Qo‘shimcha ma’lumotlar
  • 2-Topshiriq .
  • 3-Topshiriq .
  • 4-Topshiriq.
  • Amaliy topshiriqlar: 1-Topshiriq




    Download 21.2 Kb.
    bet1/3
    Sana28.03.2024
    Hajmi21.2 Kb.
    #179877
      1   2   3
    Bog'liq
    Allanov11, Karimqulov Sirojiddin, Мева сабзавотларни уй шароитида саклаш ва консервалаш, Tezkorlik sifatlarini rivojlantirish, DARS JARAYONLARINING BOSHLANISH TARTIRBI, Tojiboyeva Maxsus. fan. o\'qitish. met., , 6-mavzu akt, 453, A.Navoiy bayonnoma, 22-ma\'ruza. Modda miqdorini va sarfini o’lchash, Iroda kurs ishi ppt, 5-mavzu. Avtomatik boshqarish tizimlarining umumiy tasnifi, 14-mavzu. Nurlanish pirometrlari, 26 -ma\'ruza. Gazlarning tarkibini analiz qilish. Gazoanalizatorlar

    AMALIY TOPSHIRIQLAR:
    1-Topshiriq:
    “Tushunchalar tahlili” jadvali asosida quyidagi tushunchalar mohiyatini tushuntiring

    Tushunchalar



    Sizning fikringizcha ushbu tushuncha nimani anglatadi?

    Qo‘shimcha ma’lumotlar

    Ehtiyoj









    Istak (xohish)





    Talab





    Tovar





    Ayirboshlash





    Bitim







    Bozor









    Marketing









    Marketing-miks







    2-Topshiriq.
    Quyidagi vaziyatlarda Siz bozor munosabatlarining o’zaro bog’liq asosiy elementlarini (ehtiyoj, istak, talab, mahsulot, ayirboshlash va bitim) qanday ishlatishingizni tushuntirib bering:


    3-Topshiriq.
    Marketing ishlab chiqarishni boshqarishning muhim elementi sifatida qachon shakllandi:
    a) yigirmanchi asrning boshlarida, qachonki sanoati rivojlangan mamlakatlarda ishlab chiqaruvchilar orasida raqobatlar kuchayib va katta hajmdagi mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish jarayonlari ro‘y berayotgan bir sharoitda;
    b) 1926 yilda, ya’ni AQShda Marketing va reklama Milliy assotsiatsiyasi tashkil bo‘lgandan boshlab;
    v) 1929-1933 yillarda, ya’ni AQShda chuqur iqtisodiy krizis vujudga kelganda;
    g) ikkinchi jahon urushidan keyin, ya’ni eng rivojlangan mamlakatlar o‘zlarining industrial rivojlanish bosqichiga o‘tgan davrda.
    Savollar:
    1. Sizning fikringizcha yuqoridagi keltirilgan javob variantlardan qaysi biri to‘g‘ri? Javobingizni asoslab bering.
    2. Sizning fikringizcha qachon mustaqil Respublikamizda marketing paydo bo‘la boshladi?
    3. O‘zbekistonda marketingning rivojlanishini qanday ob’ektiv holatlar keltirib chiqarmoqda?
    4. O‘zbekistonda bugungi kunda marketing tadqiqotlarini intensifikatsiyalashga (rivojlantirishga) nima xalaqit bermoqda?


    4-Topshiriq.
    Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga berilayotgan e’tibor natijasida yildan yilga ushbu soha mamlakat iqtisodiyotining haqiqiy tayanchiga aylanib bormoqda. Milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish hisobidan qo‘shimcha qiymatga ega tayyor mahsulot ishlab chiqarish hajmi oshib bormoqda. Bu esa ichki bozorda kuchli raqobat muhitini shakllanishiga olib kelmoqda. Bunda ayniqsa, savdo korxonalari o‘z tovarlarini sotishda bir qator marketing tadbirlarini amalga oshirishga majbur bo‘lmoqda.
    Samarqand shaharida joylashgan “Bahora” kiyim-kechak do‘koni esa 10 yildan ko‘proq vaqt davomida yaxshi faoliyat yuritmoqda. Uncha katta bo‘lmagan bu savdo korxonasi faoliyatining tahlili shundan dalolat beradiki, bu do‘kon bekasi Diloromxon o‘z mijozlari haqida qayg‘uradi va ishni yetarli darajada bilimdonlik bilan olib boradi.
    1. U kishi mijozlarning odatlarini va tabiatini yaxshi biladi.
    2. Agar mijoz sotib oladigan kiyimini kiyib ko‘rganda, bu kiyim unga mos kelmasa, u holda do‘konda darhol bu kiyim unga mos kelmasligi aytiladi va mos kiyim tanlanishiga harakat qilinadi.
    3. Agar zarurat bo‘lsa mijozga tayyor ko‘ylaklarni unga mos qilib qaytadan bichilib, o‘zgartirib beriladi. Shu sababli do‘konda bichuvchi faoliyat yuritadi.
    4. Do‘konda tovarni qarzga ham harid qilish mumkin.
    5. Do‘kon xodimlariga mamlakatda o‘rnatilgan minimal ish haqining 5-6 barobari miqdorida maosh to‘lanadi. Bu esa yuqori malakali xodimlarni ishga qabul qilishga imkon yaratadi.
    Shu bilan bir qatorda do‘kon egasi o‘zining tijorat faoliyatida bir qancha muzokaraga sabab bo‘ladigan qoidalardan ham foydalanadi. Bular asosan firma faoliyati strategiyasini shakllantiradi.
    1. Haridorni jalb etish zarur, lekin bundan ham zarurroq uning do‘konga yana kelishi uchun xohish-istagini bajarishdan iboratdir.
    2. Asosiy vazifa kiyim ham, moda ham emas, balki odamlar bilan muomala qila bilishdir (haridorlar bilan, tovar yetkazuvchilar bilan, kreditorlar bilan, qo‘shnilar bilan yoki firma xodimlari bilan).
    3. Haridorga tovar emas, balki sotuvchining o‘zi ham yoqishi zarur.
    4. Tovarni sotib olish madaniyati, uni sotish madaniyatidan ustunroqdir.
    5. O‘z faoliyatini kengaytirish kerak emas, chunki bu qo‘shimcha ishchi-xodimlarni talab etadi. Bu esa ko‘plab muammolar va javobgarlikni keltirib chiqaradi.
    6. Do‘kon juda kech paytgacha ochiq turmasligi kerak.

    Download 21.2 Kb.
      1   2   3




    Download 21.2 Kb.