|
Korrektsion (maxsus)pedagogikaning asosiy vazifalar, tamoyillari va metodlari
|
Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 31,57 Kb. | | #230641 |
4-Topshiriq
Korrektsion (maxsus)pedagogikaning asosiy vazifalar, tamoyillari va metodlari.
Korrektsion pedagogikaning predmeti, vazifalari va mohiyati. Rivojlanishida
turli nuqson (kamchilik)lar bo’lgan o’quvchilarni korrektsion o’qitish va
tarbiyalash
bilan korrektsion pedagogika (defektologiya) shug’ullanadi.
Korrektsion (maxsud) pedagogika (defektologiya — yunoncha defectus — nuqson,
kamchilik, logos — fan. ta’limot) — rivojlanishda jismoniy yoki psixik
kamchilikka ega. Maxsus individual tarbiyalash va o’qitish metodlariga
asoslangan, salomatlik imkoniyatlari chcklangan bolaning individualligi hamda
shaxsini rivojlantirish jarayonini boshqarish mohiyati, qonuniyatlarini o’rganuvchi
fan sanaladi.
Ilmiy tushuncha sifatida korrektsion pedagogika zamonaviy pedagogika
fanida rasman e’tirof etilganiga u qadar ko’p vaqt bo’lmadi. Uzoq vaqt davomida
pedagogikada «defektologiya» tushunchasi qo’llanib kelingan.
Pedagogik lug’atda «korrektsiya» tushunchasi (yunoncha «korrectio» tuzatish)
pedagogik uslub va tadbirlardan iborat maxsus tizimi yordamida anomal
bolalarning psixik va jismoniy rivojlanish kamchiliklarini tuzatish (qisman yoki
to’liq) sifatida tushunilishi ta’kidlab o’tiladi.
Ana shu lug’atda «korrektsion pedagogika»ning jismoniy yoki psixik
kamchilikka ega, maxsus, individual tarbiyalash va o’qitish metodlariga muhtoj
bo’lgan, sog’lig’i imkoniyatlari cheklangan bolaning individualligi va shaxsini
rivojlantirish jarayonini boshqarish mohiyati, qonuniyatlarini o’rganuvchi fan
ekanligi qayd etiladi.
Korrektsion pedaaoaikaning asosiy maqsadi - belgilangan (normal) va
(mavjud kamchilik) faoliyat o’rtasidagi nomuvofiqlikni yo’qotish yoki
kamaytirishdan iborat.
Korreksion-pedaaogik faoliyat yaxlit ta’lim jarayonini qamrab oluvchi
hamda murakkab psixofiziologik va ijtimoiy-pedagogik chora- tadbirlarning
amalga oshirilishini nazarda tutuvchi pedagogik tizim.
Diagnostika
korrektsion,
korrektsion-rivojlantiruvchi,
korrektsion-
profilaktik faoliyatlar bilan birqatorda tarbiyaviy va korrektsion-o’qitish,
psixokorrektsion faoliyatni ham amalga oshirilishini ta’minlaydi. Korrektsion-
pedagogik faoliyat maxsus ta’lim dasturiga muvofiq mutaxassislar yordamida
anomal o’quvchilarni o’qitish, tarbiyalash va rivojlantirishga yo’naltirilgan yaxlit
jarayon.
Korrektsion pedagogikaning asosiy vazifalari. Turli kategoriyali anomal
bolalarni rivojlantirish, o’qitish va tarbiyalashning umumiy qonuniyatlari mavjud.
Korrektsion pedagogikaning asosini anomal bolalarni har tomonlama, fiziologik va
psixologik o’rganish tashkil etib, uning vazifalari sirasiga quyidagilar kiradi:
- rivojlanishida turli kamchiliklar bo’lgan bolaning nuqsonlarini tuzatish va
korrektsion-kompensatorli imkoniyatlarini aniqlash;
- differensatsiyali o’qitish va tarbiyalashni amalga oshirish maqsadida anomal
bolalarning muammolarini hal etish;
- anomal bolalarni aniqlash va hisobga olish;
- rivojlanish anomaliyasini erta diagnostika qilish metodlarini ilmiy jihatdan
ishlab chiqish;
- bolalarda rivojlanish nuqsonlarini tuzatish, yo’qotish yoki kamaytirish
bo’yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
- anomal bolalikning oldini olish bo’yicha profilaktik chora- tadbirlar tizimini
ishlab chiqish;
- anomal bolani rivojlantirish va uni ijtimoiylashtirish jarayonining
samaradorligini oshirish.
Korrektsion pedagogikaning kategoriyalari. Korrektsion pedagogika
quyidagi pedagogik kategoriyalarga ega:
Anomal bolalarni o’qitish va rivojlantirish ularni ijtimoiy hayot va mehnatga
tayyorlash, ularda bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirishga yo’naltirilgan
maqsadli jarayondir. Anomal bolalar uchun ta’lim tizimi va metodlarini tanlashda
bolaning yoshi va nuqsonning kelib chiqishi vaqti hisobga olinadi. Eshitish yoki
ko’rish qobiliyatini yo’qotish vaqti alohida ahamiyatga ega.
Anomal bolaning rivojlanishi normal boladan ko’ra ko’proq darajada
o’qitishga bog’liq. Shuning uchun anomal bolalar o’qitilmasa yoki o’qitish kech
boshlansa uning rivojlanishiga jiddiy zarar etkaziladi. psixik funktsiyalarning
shakllanishi ortda qoladi, normal tengdoshlaridan ortda qolishi darajasi oshadi,
nuqsonlar o’ta jiddiy bo’lsa aqliy rivojlanishi imkoniyatlari yuzaga chiqmay
qolishi mumkin.
Maxsus didaktikaning markaziy muammosi mehnat ta’limi va tarbiyasini
tashkil etish masalasi hisoblanadi. Maxsus maktablarda uni tashkil etish alohida
ahamiyatga ega. Binobarin, ushbu jarayonda o’quvchilar ijtimoiy hayot,
shuningdek, imkoniyat darajasida kasbiy faoliyatga tayyorlash buzilgan
funktsiyalarini tiklash, shuningdek, aqliy va jismoniy rivojlanish nuqsonlarining
darajasini pasaytirishga yordam beradi.
Anomal bolalarni tarbiyalash — korrektsion pedagogikaning asosiy
tushunchasi bo’lib, uning maqsad va vazifasi nuqsonning darajasi va tuzilishiga
mos keladigan metod hamda vositalar yordamida anomal bolalarni faol ijtimoiy
hayot va mehnatga tayyorlash, ularda fuqarolik sifatlarini shakllantirishdan iborat.
Anomal bolalarni tarbiyalash oila va ta’lim muassasasi o’rtasidagi yaqin aloqa, bir-
birlarifii qo’llab- quvvatlash, bir-biriga yordam ko’rsatish, talabchanlik hamda
oqilona mehribonlik asosida amalga oshiriladi.
Tarbiyaviy ishlar anomal bolalarning individual va yosh xususiyatlarini
inobatga olish asosida ularda mustaqillik, o’ziga xizmat ko’rsatish, mehnat
ko’nikmalari, xulq madaniyati, shuningdek, ijtimoiy muhitda yashash va ishlash
ko’nikmalarini shakllantirishga yo’naltiriladi. Anomal bolani tarbiyalash
atrofdagilarning uning psixik yoki jismoniy kamchiliklariga ehtiyotkorlik bilan
munosabatda bo’lishni talab etadi. Bunday bolalarda optimizm va ishonchni
tarbiyalash, qobiliyatini shakllantirish yoki uning o’rnini bosuvchi imkoniyatni
rivojlantirish, ijobiy sifatlarini tarbiyalash hamda harakatlari va xulqini tanqidiy
baholash qobiliyatini rivojlantirish juda muhim.
Korrektsiya (yunoncha tuzatish) bolaning psixik va jismoniy rivojlanishidagi
nuqsonlarni tuzatish, yo’qotish va pasaytirishni nazarda tutadi.
Korrektsion-tarbiyaviy ishlar kategoriya sifatida shaxsning anomal
rivojlanishi xususiyatlariga ko’ra umumiy pedagogik ta’sir ko’rsatish chora-
tadbirlari tizimidan iborat. Korrektsion - tarbiyaviy masalalarida sinf va sinfdan
tashqari ishlarning barcha tur va shakllaridan foydalaniladi. Korrektsion —
tarbiyaviy ishlar anomal bolalarni o’qitish jarayonida amalga oshiriladi va mehnat
tarbiyasini samarali tashkil etish uchun katta imkoniyatlar yaratadi. Mehnat ta’limi
jarayonida faqat kasbiy malakalari emas, balki o’z ishlarini rejalashtirish
ko’nikmalari, og’zaki ko’rsatmalarga amal qilish malakasi, ishning sifatini tanqidiy
baholash va boshqa malakalari tarbiyalanadi. Kamchiliklarini tuzatish yordamida
anomal bolalarning normal rivojlangan bolalar bilan aloqalari uchun
sharoitlaryaratish muhimdir. Bir qator hollarda anomal bolalar uchun davolash-
korrektsion tadbirlar (davolash jismoniy mashqlari, masala, artikulyar va nafas
olish gimnastikasi, dori-darmonlar qabul qilish va boshqalar) ni tashkil etish zarur
bo’ladi.
Kompensatsiya (yunoncha
«compensatio»
—
o’rnini to’ldirish,
tenglashtirish) organizmning buzilgan yoki rivojlanmagan funktsiyalarining o’rnini
to’ldirish yoki qayta qurishdir. Kompensatsiya jarayoni oliy nerv faoliyatining
zahira imkoniyatlariga tayanadi.
Litimoiv reabilitatsiva (yunoncha «rehabilitas» — layoqati, qobiliyatini
tiklash)
tibbiy-pedagogik
mazmunida
anomal
bolaning
psixofiziologik
imkoniyatlari darajasida ijtimoiy muhitda ishtirok etishi uchun sharoit yaratish, uni
ijtimoiy hayoti va mehnatiga jalb etishni anglatadi. Bu korrektsion pedagogika
nazariyasi va amaliyotida asosiy vazifa hisoblanadi.
Reabilitatsiya nuqsonlarini yo’qotish va yumshatishga yo’naltirilgan maxsus
tibbiy vositalar hamda maxsus ta’lim, tarbiya va kasbiy tayyorlash yordamida
amalga oshiriladi. Rcabilitatsiya jarayonida kasallik oqibalida buzilgan
funktsiyalarning o’rni to’ldiriladi. Rcabilitatsiya vazifalari anomal bolalarning turli
kategoriyalari uchun maxsus o’quv muassasalari tizirnida hal etilib, unda o’quv
jarayonini
tashkil
etish
xususiyatlari
bolalarning
anomal
rivojlanishi
xususiyatlariga qarab bclgilanadi.
Ijtimoiv adaptatsiya (yunoncha «adapto» — moslashish) — anomal
bolalarning individual va guruhli xulqlarini jamoatchilik qoidalari va qadriyatlari
tizimiga mos kelishini ta’minlash. Anomal bolalar uchun ijtimoiy munosabatlarni
tashkil etish qiyin, sodir bo’layotgan o’zgarishlarga mos ravishda javob qaytarish
qobiliyati past, shu bois murakkab talablarni bajarishga ulaming layoqati etmaydi.
Ijtimoiy adaptatsiya bolalarga ijtimoiy foydali mehnatda faol ishtirok etish uchun
imkoniyat yaratadi.
Oilaviy tarbiya reabilitatsiyani samarali tashkil etish omili. Oila va
maktabning hamkorlikdagi harakatlari anomal bolani ijtimoiy faoliyatga jalb etish,
uning mehnat qobiliyatlarini aniqlash va imkoniyat darajasida kasb ko’nikmalami
shakllantirishni ta’minlaydi.
Anomal o’quvchilar hilan olib boriladigan korrektsion ishlarning asosiy
yo’nalishlari. Psixofiziologik rivojlanishi va xulqida nuqsonlar bo’Igan bolalarni
o’qitish, tarbiyalash va rivojlantirish — murakkab ijtimoiy- pedagogik muammo
hisoblanadi. Rivojlanishida nuqsoni bolgan bolalar bilan korrektsion ishlar
quyidagi vo’nalishlarda olib boriladi:
Bolalarning rivojlanishi va xulqidagi nuqsonlar tabiati va mohiyatini
aniqlash, ularning yuzaga kelishi sabablari va sharoitlarini o’rganish.
Rivojlanishi va xulqida nuqsonlar bo’lgan bolalar bilan korrektsion-
pedagogik faoliyatning tashkil etish va rivojlanishi tarixini o’rganish.
Bolalarning rivojlanish va xulqidagi nuqsonlarning oldini olishga xizmat
qiluvchi ijtimoiy-pedagogik shart-sharoitlar va psixofiziologik rivojlanishi
etimologiyasi (sabab-oqibatli asoslari)ni aniqlash.
Rivojlanishida kamchilik va xulqida nuqsonlar bo’lgan bolalarga
korrektsion-pedagogik ta’sir ko’rsatish texnologiyasi, shakl-, metod va vositalarini
ishlab chiqish.
Ommaviy umumiy o’rta ta’lim manbalari sharoitlarida rivojlanishi va
xulqida nuqsonlar bo’lgan bolalarning umumiy va maxsus ta’limi mazmunini tahlil
qilish.
Bolalarni reabilitatsiya qilish va himoyalash markazlari, maxsus
muassasalarining maqsadi, vazifa va asosiy yo’nalishlarini aniqlash.
Anomal bolalar bilan korreksion-pedagogik faoliyatni tashkil etuvchi
o’qituvchilarni tayyorlashda zarur o’quv-metodik bazasini yaratish.
Korrektsion-tarbiyaviy
ishlar
anomal
bolalarning
rivojlanishidagi
kamchiliklarni yo’qotish yoki kamaytirishga qaratilgan maxsus pedagogik chora-
tadbirlar tizimidir. Korrektsion-tarbiyaviy ishlar faqat alohida nuqsonlarni
tuzatishga yo’naltirilgan bo’lmay, balki umumiy rivojlanti- rishga qa ratilgan.
O’quvchilarning rivojlanishi va xulqidagi nuqsonlarni tuzatish bolaning
shakllanayotgan shaxsini o’zgartirishga qaratilgan yaxlit pedagogik hodisa
sanaladi.
Korrektsion-tarbiyaviy faoliyat bolaning idrok etish imkoniyatlarini
o’zgartirish, uning emotsional-irodaviy, individual-shaxsiy sifatlarini yaxshilash,
qiziqish va layoqatlari, mehnat, badiiy, estetik va boshqa qobiliyatlarini
rivojlantirishga qaratilgan pedagogik xatti-harakat.
Korrektsion-rivojlantiruvchi ta’lim o’qishda va maktabda anomal bolalarga
o’z vaqtida malakali yordam ko’rsatishni ta’minlovchi differcnsial ta’lim tizimi
bo’lib, uning asosiy vazifasi bola rivojlanishining umumiy darajasini oshirishga
qaratilgan
bilimlarni
tizimlashtirish, uning rivojlanishi va o’qishidagi
kamchiliklarni yo’qotish, etarlicha shakllanmagan malaka va ko’nikmalarni
shakllantirish hamda bolaning idrok etish borasidagi kamchiliklarni tuzatish.
Korrektsion-pedagogikaning paydo bo’lishi, tashkil topishi va rivojlanishi.
Rivojlanishida nuqsonlar bo’lgan bolalar bilan olib boriladigan korrektsion-
pedagogik faoliyat boy tarixiy tajribalarga ega. Anomal (yunoncha anomalos —
noto’g’ri) bolalarga jismoniy yoki psixik nuqsonlari umumiy rivojlanishini
buzilishiga olib keladigan bolalar kiradi.
Ijtimoiy
jamiyat
taraqqiyoti
tarixi
anomal
bolalarga
bo’lgan
munosabatlarning uzoq vaqt davomida evolyutsion tarzda shakllanib kelganligini
ko’rsatadi.
Antik davrda qadimgi Spartada bir necha yuz yilliklar davomida sog’lom
tana, kuch, chidamlilik yuqori o’ringa qo’yilib, rivojlanishida nuqsoni bo’lgan
bolalar yo’q qilinardi. Mazkur davrda yangi tug’ilgan chaqaloqlarni qabila
boshliqlariga olib kelardilar, ular bolalarni sinchiklab ko’rib agarda ijtimoiy
talablarga javob bera olsalar, ular ota-onalariga tarbiyalash uchun qaytarilar edi.
Agarda bolada birorta nuqson topilsa uni qabila boshliqlari Tayget jarligiga tashlab
yuborar edilar (eramizdan avvalgi 4-5 asrlar).
Evropada o’rta asrlarda bolaning rivojlanishidagi har qanday nuqson qora,
yovuz kuchlarning namoyon bo’lishi sifatida e’tirof etilib, psixik kasalliklari
bo’lgan kishilar inkvizitsiya gulxanida yondirilganlar.
Uyg’onish davridan boshlab XIX asrning o’rtalarigacha Evropa
defektologiya fani va amaliyotida bolaning aqliy rivojlanishidagi nuqsonlar
muammosi borasidagi qarashlarning evolyutsion xarakterini anglash mumkin.
Ruhiy kasallarga nisbatan insonparvarlik vondashuvi ilk bor fransuz
shifokori, psixiatori Filipp Pinel (1745— 1826-yillar) tomonidan ilgari surilgan. U
ruhiy kasalliklarni klassifikatsiyalagan (turlarga ajratgan).
Rivojlanishida nuqsonlar bo’lgan bolalarga nisbatan pedagogik yondashuv
18 asr oxirlari — 19 asr boshlarida yuzaga keladi. Aqli zaif bolalarni maxsus
usullar vordamida o’qitish va tarbiyalash g’oyasini Iogan Genrix Pestalotssi
(1746— 1827-yillar) asoslagan bo’lsada, biroq, o’z davrida bu fikr qo’llab-
quvatlanmadi. I.G.Pestalotssi «aqli zaiflar» bilan ishlash tamoyilining mohiyatini
asoslab berdi: bolaning imkoni etgan bilimlarni berish, didaktik materiallardan
foydalanishda aqliy va jismoniy tarbiya uyg’unligiga erishish, ta’limni ishlab
chiqarish mehnati bilan bog’liq holda tashkil etish.
Aqli zaif bolalarni o’qitish va tarbiyalashga nisbatan tibbiv-pedagoeik
yondashuv asoschisi fransuz psixiatori Jan Itar (1775—1838-yillar) hisoblanadi. U
aqli zaifligi murakkab bo’lgan bolaga ta’lim va tarbiya berishga urindi. Garchi
kutilgan natijaga erisha olmasada, bunday toifa bolalarni sezgi va motorika
organlarini mashq qildirish yordamida rivojlantirish yo’Iini ko’rsatib berdi.
Anotomik-fiziologik yondashuv rivojiga nemis psixiatri Emil Krepelin
(1856—1926-yillar) katta hissa qo’shdi.
Frantsuz psixologi Alfred Bine va vrach-psixiatr Tomas Sjmon test sinovlari
metodini asoslaydilar. Shu bois ular intellektual zaiflikni o’rganishning
psixometrik yo’nalishi asosch5kukkuqilari hisoblanadilar.
Yuqorida qayd etilgan yondashuvlar asosida XX asr boshiga kelib quyidagi
uch asosiy yondashuv qaror topdi:
Tibbiy-klinik
yondashuv
aqli
zaiflarning
etimologiyasini
bilish,
intellektining buzilishiga sabab bo’lgan omillar, shuningdek, anatomik- fiziologik
va genetik buzilishni o’rganish g’oyasini ilgari suradi.
Psixologik yondashuv psixikasi buzilgan bolalarning psixik faoliyati,
emotsional holati hamda shaxsini o’rganishga yo’naltirilgan.
Pedagogik yondashuv intellckti buzilgan bolalarni o’qitish hamda
tarbiyalashning pedagogik tamoyillari, metodlari, shuningdek, nuqsonlarni bartaraf
etish yo’llarini o’rganish g’oyasiga tayanadi.
Rossiya korrektsion pedagogikasi tarixi Evropa defektologik fani bilan uzviy
bog’liq.
Petr I., Ekaterina I.I. lar anomal bolalar uchun davolash muassasalari,
mehribonlik uylari va maxsus maktablarni barpo etish haqida farmon chiqarganlar.
19 asr oxiri 20 asr boshlarida anomal bolalarni o’qitish va tarbiyalashni
yo’lga qo’yuvchi ko’plab jamiyat hamda ijtimoiy tashkilotlar tashkil etildi.
Sobiq Sho’ro davrida bolalikni himoya qilish va bolalar nuqsonlari bilan
bog’liq muammolarni o’rganishga alohida e’tibor qaratildi.
1918-yilda maxsus dekret qabul qilindi. Unda anomal bolalarga yordam
berishda asosiy vazifa ularni alohida ajratish emas, balki ularni o’qitish va
tarbiyalashga e’tiborni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. Shu yili Rossiyada
birinchi maxsus ta’lim-tarbiya muassasasi (V.P.Kashenko uyi) tashkil etildi.
O’zbekiston Respublikasida korrektsion pedagogika (defektologiya)- ning
rivojlanish tarixi Rossiya defektologiya fani bilan uzviy bog’liq bo’lib, ayni vaqtda
u o’z xususiyatlariga ham ega. Bu xususiyatlar dinning o’zbek xalqi hayoti va
turmushiga chuqur singganligi va o’zbek milliy mentaliteti bilan tavsiflanadi.
O’zbek xalqi anomal bolalarga nisbatan insonparvar munosabatda bo’lib, ularga
rahmdillik, mehribonlik ko’rsatgan.
Ayni vaqtda respublikada anomal bolalar uchun maxsus o’quv muassasalari
(ko’zi ojiz hamda kar bolalar uchun maktab-intcrnatlar, aqli zaiflar uchun
yordamchi
maktab-internatlar)
faoliyat
olib
bormoqda.
O’zbekiston
Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni (1997-yil)ning 23-bandida psixik
yoki jismoniy rivojlanishida nuqsonlar bo’lgan bolalar va o’smirlarni o’qitish va
davolash maxsus (ixtisoslashtirilgan) ta’lim muassasalarida yo’lga qo’yilishi
ta’kidlab o’tilgan.
O’tgan asrning 60—70-yillarida respublikada korrektsion pedagogika
bo’yicha tadqiqotlar olib borish hamda defektolog pedagoglarni tayyorlash yo’lida
ijobiy ishlar amalga oshirildi. Xususan, 1967-yili Nizomiy noniidagi Toshkent
davlat pedagogika instituti pedagogika va psixologiya fakultetida defektologiya
bo’limi ochilib, ixtisoslashtirilgan muassasalar uchun pedagog-defektologlarni
tayyorlash yo’lga qo’yildi.
Hozirgi kunda respublika olini defektologlari ommaviy umumiy o’rta ta’lim
maktablarida korrektsion-rivojlantirish sinflarini tashkil etish, anomal bolalarning
maktabga moslashishlari uchun yordam ko’rsatish hamda ularni ijtimoiy hayotga
tayyorlash borasidagi muammolarni o’rganmoqdalar.
Rivojlanishidagi nuqsonlarni klassifikatsiyalash, ularning sabablari va
omillari. Olib borilgan tadqiqotning ko’rsatishicha, rivojlanishida nuqsoni bo’lgan
bolalarning soni ko’p bo’lib, ayni vaqtda yanada oshib bormoqda.
«Anomaliya» tushunchasi yunonchadan tarjima qilinganda me’yordan,
umumiy qonuniyatlardan chetlanish, noto’g’ri rivojlanishni anglatadi.
Rivojlanishida muammolari bo’lgan bolalarda iismoniv voki psixik
kamchiliklar (nuqsonlar) bo’ladi, ular bolalarning umumiy rivojlanishida
chetlanishlaming sodir bo’lishiga sabab bo’ladi. Nuqsonning xususiyati, paydo
bo’lishiga qarab ayrim kamchiliklarni to’la yo’qotish, ayrimlarini esa tuzatish,
uchinchi xillarining o’rnini to’ldirish mumkin. Anomal bolaning rivojlanishida uni
o’qitish va tarbiyalash asosiy muammo hisoblanadi.
Ayni vaqtda rivojlanishidagi chetlanishlaming klassifikatsiyasi bo’yicha
yagona qarash mavjud emas.
M.A.Vlasova va M.S.Pevznerlar anomal bolalarning quyidagi guruhlarini
ko’rsatadilar:
Sensor xislati etishmaydigan (noraso) bolalar (eshitish, ko’rish, nutqi
qobiliyatlari, tayanch-harakat apparat va sensomotorikasining funktsiyasi
buzilgan).
Psixik rivojlanishi ortda qolgan bolalar.
Astenik yoki reaktiv holati hamda nizoli tashvishlanishga ega bo’lgan
bolalar.
Psixopatik xulqli bolalar (xulqning emotsional buzilishi).
Aqli
zaif
bolalar
(debillik,
imbetsillik,
idiotiya
darajasidagi
oligofrenlar).Psixik kasallikning boshlang’ich ko’rinishi (shizofreniya, epilepsiya,
isteriya va boshqalar) namoyon bo’ladigan bolalar.
N.Usanova anomal bolalarni quyidagi guruhlaiga ajratishni taklif
etadi:
Organik buzilishlar sababli rivojlanishida chetlanish bo’lgan bolalar.
Funktsional etuk emasligi sababli rivojlanishida kamchilik bo’lgan bolalar.
Psixik deprivatsiyalar asosida rivojlanishida kamchiliklar bo’lgan bolalar.
Defektolog V.S.Raxmanova rivojlanishida nuqsonlar bo’lgan bolalarni
quyidagicha guruhlarga ajratishni taklif etadi:
Intellektual buzilishga ega bolalar (aqli zaif va psixik rivojlanishdan ortda
qolgan bolalar).
Nutqi buzilgan bolalar.
Sensorli nuqsonlarga ega bolalar (ko’rish va eshitish qobiliyatlari buzilgan)
Tayanch-harakat apparati buzilgan bolalar.
Rivojlanishida kompleks buzilish bo’lgan bolalar.
Anomal bolalarda nutqiy qobiliyatning buzilishi umumiy qonuniyat
hisoblanadi.
Bolaga korrektsion ta’sirko’rsatishningsamaradorligi mavjud nuqson
xususiyati, ayrim psixik jarayon yoki funktsiyalarining buzilganlik darajasi,
bolaning yoshi, nuqsonlar o’mini to’ldirishga imkon bemvchi qobiliyati, tibbiy-
pedagogik ta’sir ko’rsatish, bola yashayotgan muhit hamda uni tarbiya
sharoitlarining mavjud ahvoli va boshqa omillarga bog’liq. Anomal bolalarning
ma’lum guruhi faqat psixologik-pedagogik ta’sirga muhtoj bo’lsalar, boshqa
guruhlari ularga esa davolash- sog’lomlashtirish tadbirlarining amalga oshirilishini
talab etadi. Rivojlanishdagi nuqsonlarning barvaqt diagnostika qilinishi ma’lum
muvaffaqiyatlarga erishishning garovidir.
|
| |