• TOShKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI TERMIZ FILIALI
  • Kirish………………………………………………………………………3 Xulosa
  • Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
  • Nizomiy nomidagi




    Download 43,1 Kb.
    bet1/9
    Sana15.11.2023
    Hajmi43,1 Kb.
    #99307
      1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi n-www.fayllar.org (1)


    O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz filiali

    O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI

    OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI

    NIZOMIY NOMIDAGI

    TOShKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI TERMIZ FILIALI
    Tabiiy va aniq fanlar fakulteti
    Matematika va informatika fanlarini o`qitish metodikasi kafedrasi
    Matematika o’qitish tehnalogiyalari va loyihalash fanidan

    Himoyaga tavsiya etilsin

    fakultet dekani

    ______________________
    ____” _______ 2020 yil
    Kurs ishi
    MAVZU: Matematika ta’lim jarayonida innovatsiyalar
    Himoyaga tavsiya etilsin
    kafedra mudiri
    ___________________
    “____” ____ 2020 yil
    Ilmiy rahbar: ___________________
    Talaba: _3__kurs 302_guruh talabasi
    Rajabov Farhod Ramazon o’g’li
    2020 - 2021 o`quv yili

    MUNDARIJA



    Kirish………………………………………………………………………3

    Xulosa……………..;………………………………………………….........

    Lug’at………………………………………………………………………

    Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………………

    KIRISH
    Prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimov ta‘lim tushunchasiga milliy demokratik nuqtai nazardan yondashib quyidagicha ta‘rif bergan edi:
    ―Ta‘lim O‘zbekiston xalqi ma‘naviyatiga yaratuvchilik faolligini baxsh etadi. O‘sib kelayotgan avlodlarning barcha eng yaxshi imkoniyatlari unda namoyon bo‘ladi, kasb-kori, mahorati uzluksiz takomillashadi, katta avlodlarning dono tajribasi anglab olinadi va yosh avlodga o‘tadi‖.
    Islom Karimov
    (O‘zbekistonning o‘z istiqlol va tarraqiyot yo‘li.—T, ‖O‘zbekison‖, 1994 yil, 78 bet).
    Ta‘kidlangan maqsadni amalga oshirish uchun ta‘limning yangi-yangi modellari yaratilmoqda. Uning nazariy asoslari ilmiy-amaliy ko‘rsatib berilmoqda. Ilmiy-amaliy ko‘rsatish o‘quv jarayonlarini texnologiyalashtirish bilan chambarchas bog‘langardir.
    Hammamizga ayonki, ilmiy-texnik taraqqiyot sanoat, qishloq xo‘jaligi, tibbiyot va boshqa turli sohalar bilan bir qatorda, madaniyat sohasiga, ijtimoiy-gumanitar bilimlar sohasiga ham yangi-yangi texnologiyalarni joriy etishni taqazo etmoqda.
    Mustaqillik yillarida Respublikamiz ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma‘naviy-madaniy hayotida ulkan o‘zgarishlar yuz berdi, samarali yutuqlarga erishildi. Eng muhimi kishilar ongi tafakkuri o‘zgardi. Vatan taraqqiyoti, yurt tinchligi, xalq farovonligi yo‘lida odamlarimizning shaxsiy va umummilliy maqsad mushtarakligi, g‘oyaviy birlikka intilish hisssi kuchaydi. Xalqimiz o‘z taqdirining chinakam egasiga aylandi. O‘ziga xos milly, ma‘naviy ruhiyat va madaniyatning sohibiga aylandi.
    Respublikamizda taraqqiyotning bosh mezoni sifatida barkamol avlod tarbiyasiga alohida e‘tibor berildi. ―Ta‘lim to‘g‘risida‖gi qonunning takomillashgan, jahon andozalariga mos keladigan varianti yaratildi.
    ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ ishlab chiqildi va ular boshqichmabosqich turmushga tadbiq etila boshlandi.
    Asosiy e‘tibor yuqori darajadagi umumiy-kasbiy madaniyatga, ijtimoiy faollikka, mustaqil fikirlashga turli vazifalarni qiyinchiliksiz yecha olish qobiliyatiga ega bo‘lgan mutaxassislarni tarbiyalashga qaratildi.
    ―Kadrlar tayyorlash milly dasturi‖ni amalgam oshirishning aniq vazifalaridan biri – ta‘lim muassasalarining moddiy-texnik va axborot bazasini mustahkamlashni davom ettirish, o‘quv-tarbiya jarayonini yuqori sifatli o‘quv adabiyotlari va ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan ta‘minlash qat‘iy rejalashtirildi.
    Shu munosabat bilan universitetlar, institutlar, yangi tipdagi ta‘limtarbiya muassasalari – kollej, litseylarda tahsil olayotgan bo‘lajak mutaxassislarni ilg‘or pedagogik texnologiyalar va ularning nazariy, amaliy asoslari bilan tanishtirish ehtiyoji mavjud bo‘lgan hozirgi kunda o‘zbek tilidagi darslik, qo‘llanma va uslubiy ishlanmalar yaratildi.
    Dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini ruyobga chiqarishni har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta`lim va kasbhunar dasturlarini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta o‘zlashtirish uchun ijtimoiy-siosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni, jamiyat, davlat va oila oldida o‘z javobgarligini xis etadigan fuqarolarni nazarda tutadi. Shaxs kamoloti nafaqat o‘zi uchun, balki davlat va jamiyat taraqqiyotining, ravnaqi uchun ham muhim ahamiyatga egadir. Fuqarolari komil insonlar bo`lgan mamlakat istiqboli parloq bo`ladi.

    Shaxs davlat (jamiyat) o‘rtasidagi aloqa ikki tomonlama xususiyatga ega. Shu bois har qanday davlat o‘z fuqarolarining yashash, mehnat qilish, shuningdek, iqtidorli va salohiyatini ruyobga chiqarishi, uni namoyon eta olishi uchun etarli darajada shart-sharoit yaratib bera olishi lozim. Pedagogik faoliyat o‘z mohiyatiga ko`ra ijodiy xarakterga ega. Ma`lumki, inson oldida biror muammo turgandagina ijodkorlikka ehtiyoj tug`iladi.O‘qituvchilik faoliyati ana shunday xususiyatga ega. Pedagogik ijodkorlikning asosiy mohiyati pedagogik faoliyatning maqsadi va xarakteri bilan bog`liq. Pedagogik faoliyat kishi shaxsini, uning dunyoqarashi, e`tiqodi, ongi, xulqatvorini shakllantirishdek umumiy maqsadga bo‘ysungan son-sanoqsiz pedagogik masalalarni yechish jarayonidir. O`qituvchi faoliyatidagi ijodkorlik ana shu masalalarni yechish usullarida, ularni hal qila olish yo`llarini qidirib topa bilishlarida ifodalanadi. Pedagogik ijodkorlik manbai — bu pedagogik tajribadir. Pedagogik tajriba- muammoli vaziyatlarga juda boydir. Ilg`or pedagogik tajriba deganda biz o`qituvchining o‘z pedagogik vazifasiga ijodiy yondoshishini, o`quvchilarning ta`lim-tarbiyasida yangi, samarali yo`l va vositalarni qidirib topishini tushunamiz. Ilg`or pedagogik tajriba o`qituvchi tomonidan qo`llaniladigan ish shakli va usullari, uslub va vositalaridir. Ular vositasida o`quv-tarbiyaviy ishlarda eng yuqori natijalarga erishiladi. Ilg`or pedagogik tajribani o`rganish, unga asoslanib yangi pedagogik hodisa va qonuniyatlarni ochish o`quv-tarbiya jarayoniga yaxshi sifatli o‘zgarishlar kiritadi, o`quvchilarning bilish faoliyatini boshqarish,yangi ko`rinishdagi o`quv jarayonini modellashtirish muammolarini yechishga sabab bo`ladi. Ijodiy ishlaydigan o`qituvchi faqatgina muvaffaqiyatli o`qitish va tarbiyalash, ilg`or o`qituvchilar ish tajribalarini o`rganish bilangina cheklanib qolmasdan, tadqiqotchilik ko‘nikma va malakalariga ham ega bo`lishi zarur. Hozirgi zamon fan va texnika taraqqiyoti o`qituvchining ijodkor bo`lishini, fanning muhim muammolari yuzasidan erkin fikr yurita olishi, fan yutuqlarini o`quvchilarga yetkaza olishi va nihoyat o`quvchilarni ham ijodiy fikrlashga, tadqiqot ishlariga o`rgata olishini talab qiladi.


    1. Innovatsion metodlar asosida ta‘lim jarayonini insonparvarlashtirishni tahliliy o‘rganish;


    2. Umumiy o`rta ta`lim maktablari matematika fanlarini o`qitishda tarixiy materiallardan foydalanish imkoniyatlari.


    3. O`rta maxsus, kasb-hunar talimida matematika fanlarini o`qitishda tarixiy materiallardan foydalanish imkoniyatlari.


    4. Umumiy o`rta ta`lim maktablari matematika fanlarini o‘qitishda shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish metodlari.


    5. O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi matematika fanlarini o‘qitishda shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish metodlari.


    6. O‘rganilgan mavzu bo‘yicha xulosa chiqarish;


    7. Kurs ishini jihozlash, himoyaga tayyorlash.





    Download 43,1 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 43,1 Kb.