|
Korxona boshqaruvida yordam beruvchi kpi va inventarizatsiya tizimlarining algaritmlariBog'liq kpi
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
http://www.newjournal.org/
Volume–17_Issue-3_November_2022
64
TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL
Zamonaviy tadqiqotlarda samaradorlik ko‘rsatkichlarini attestatsion va xarajatli
ko‘rsatkichlarga ajratilmoqda. Attestatsion samaradorlik ko‘rsatkichlari umumiy
natijalarni va korxonaning yalpi rivojlanishini aniqlashni maqsad qiladi. Xarajatli
samara dorlik ko‘rsatkichlari esa korxonaning ma’lum bir faoliyat turida xarajatlar va
ularning qoplanish darajasini o‘lchashni maqsad qiladi.
2-jadval. Savdo korxonalaridagi samaradorlik ko‘rsatkichlari turlari
Samaradorlik
ko‘rsatkichlari turlari
Izoh
Ob’ektiv ko‘rsatkichlar Korxonaning ob’ektiv moliyaviy va iqtisodiy holatini baholash
uchun ishlab chiqilgan ko‘rsatkichlar
Sub’ektiv
ko‘rsatkichlar
Korxona xodimlarining psixologik va jismoniy resurslarini
baholashga qaratilgan ko‘rsatkichlar
Attestatsion
ko‘rsatkichlar
Korxonaning umumiy rivojlanish holatini aniqlashni maqsad
qilgan ko‘rsatkichlar
Xarajatli samaradorlik
ko‘rsatkichlari
Korxonaning ma’lum bir tovar yoki xizmatni ishlab chiqarish
va sotishga ketgan xarajatlarni baholashni maqsad qiladi
KPI (key performance
in dicators) Asosiy
faoliyat ko‘rsatkichlari
Korxonaning oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishishini
ta’minlanganligini baholashga yo‘naltirilgan ko‘rsatkichlar
Bugungi kunda KPI asosiy faoliyat ko‘rsatkichlarini ko‘plab tashkilotlarda
tobora ko‘proq qo‘llanilmoqda. KPI ko‘rsatkichlar tizimini yaratish orqali nafaqat
individual korxonalar, balki butun sanoat turlarini ham baholash imkoniyati paydo
bo‘ladi. Masalan, Biletix.ru onlayn savdo agentligining bosh direktori A.Siznitsevga
ko‘ra onlayn savdoda oflayn savdoda qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlarning ko‘pi
samaradorlikni aniqlashda qo‘llanilmaydi. Siznitsevga ko‘ra onlayn savdo bozorida
bozorning o‘sishi savdo hajmlari o‘sishidan sekinroq bo‘lgani sababli odatda onlayn
savdo do‘konlari samaradorlik normasini onlayn savdo bozorining o‘sish tezligini
belgilab olinadi. Agar savdo hajmlarining o‘sishi umumiy bozorning o‘sish tezligidan
pastroq bo‘lsa, demak samaradorlik pasaygan degan xulosani beradi. Bu holatda
vebsayt reklamasini ko‘paytirish va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga ko‘proq
e’tibor qaratiladi. Shu bilan birga, onlayn savdoda qo‘shilgan qiymati yuqoriroq tovar
va xizmatlarning jami sotilgan tovar va xizmatlardagi ulushining o‘sishi
samaradorlikning o‘sishini anglatadi.
Onlayn savdoning muhim jihatlardan yana biri bu rentabelligi yuqori bo‘lgan
savdo kanallari orqali sotuvlar hajmini oshirish hisoblanadi. Ya’ni yuqori darajada
mashhur bo‘lgan platformalar orqali savdo hajmlarini ko‘paytirish daromadlarni tezda
|
| |