Korxona loihasini tuzish qurulishga bo'lgan xavfsizlik talablari




Download 44 Kb.
bet3/5
Sana07.12.2023
Hajmi44 Kb.
#113487
1   2   3   4   5
Bog'liq
KORXONA LOIHASINI TUZISH QURULISHGA BO\'LGAN XAVFSIZLIK TALABLARI

Texnologik loyihalash usullari
Texnologik jarayonlarni loyihalashda ilg’or texnologik sxemalarni loyihalanayotgan korxona tizimiga kiritish nazarda tutiladi. Texnologik loyihalash usullari quyidagi asosiy ikki yunalishdan tashkil topadi:
1.yangi korxonalarni loyihalash;
2.mavjud, ishlab turgan korxonalarni rekonstruktsiyalab loyihalash.
Yangi korxonalarni loyihalash, yuqoridagi ma’ruzalarda aytilganidek, 2 yoki 3 bosqichda bajarilib, xom ashyo zaxirasi yetarli bo’lganda yoki axoli extiyojini kondirish maqsadida bajarilsa, korxonalarni rekonstruktsiyalab loyihalash quyidagi maqsadlarda bajariladi:
1.Korxonaning unumdorligini oshirish;
2.Loyihalashda bu ikkala vazifa ko’pchilik xollarda mujassamlanadi.
Korxona unumdorligini oshirish mavjud ishlab turgan korxonaning unumdorligi yetishtirilayotgan xom ashyoni to’liq qayta ishlay olmasa yoki ishlab chiqarilayotgan mahsuloti bilan shu xudud axolining extiyojlarini kondira olmasa, u vaqtda shu xududda, ba‘zan shu shaharning o’zida yana bitta mavjud korxona uxshash yangi korxona qurilishi yoki mavjud korxonani unumdorligini oshirish uchun rekonstruktsiya, ya‘ni to’liq yoki qisman qayta ko’rib korxonaning unumdorligini oshirish lozim.
Loyihani boshlashdan oldin iqtisodiy asoslash bajarilib, bunda korxonaning unumdorligini kay darajada oshirish lozimligi aniqlanadi. Bunday iqtisodiy asoslash yangi zavod qurilishidagi iqtisodiy asoslashga uxshagan bo’ladi.
Agar rekonstruktsiya qilinayotganda mavjud texnologik sxema saqlab qolinsa, u vaqtda rekonstruktsiya apparatlar sonini ko'paytirish yoki ularning o’lchamlarini yiriklashtirish bo’yicha bajariladi.
Buning uchun korxonada ishlab turgan barcha uskunalar urganilib chiqilib, ularning har birining quvvati aloxida aniqlanadi. Barcha texnologik sanoat agregatlarning quvvati qayta ishlanayotgan xom ashyo yoki ishlab chiqarilayotgan mahsulot miqdori bilan belgilanadi.
Bu ma‘lumotlar yig’ib bo’lingach, ko’rinadiki ular bir xil emas, birining quvvati katta, ikkinchisiniki kichik. Eng kam quvvatga ega bo’lgan uskunalar zavod unumdorligini limitlaydi. Endi rekonstruktsiyaning vazifasi mana shu «tor joylarni yamash» bo’lib, bu tor joylar ozgina bo’lsa korxonani qisman rekonstruktsiya qilish kerak bo’ladi. Apparatlarning analizi har bir uskuna uchun nima qilish kerakligini bildiradi.: ularning sonini ko’paytirish kerakmi, almashtirish lozimmi, boshqa quvvvati katta yangi uskuna urnatish durustmi yoki ishlash tartibini o’zgartirib unumdorlikni oshirish tug’ri bo’ladimi. Ba‘zan bunday qisman rekonstruktsiya apparatlarni urnini almashtirishni talab qiladi.
Agar «tor joylar» nixoyatda ko’p bo’lsa, yoki mo’ljallangan unumdorlik shunday kattaki, barcha agregatlarning quvvatini oshirish kerak bo’ladi. Bunday xolda «bosh» rekonstruktsiya talab etilib, barcha apparatlarning joylashishigina ko’rib chiqilmay, balki tsexlarning ham o’zaro mutanosibliklari ko’rib chiqiladi. Bu vaqtda mavjud imoratda xuddi yangi zavod qurilayotgandek ish yuritilib loyiha bajariladi. Agar imoratning gabaritlari yangi loyihalanayotgan zavodga mos kelmasa, odatda imorat yonida yoki ustida qushimcha takab imorat solinadi.
Rekonstruktsiya maqsadida asosiy sanoat apparatlarining quvvatini tekshirish bilan birga transportyorlar, nasoslar, kompressorlar, ventilyatorlar, gaz, suv, bug’ va sovuqlik yunaltirgichlarning ham quvvatini tekshirish kerakki, bu yul bilan ularning quvvatini loyiha quvvatiga mos ekanligi yoki yukligi aniqlanadi. Bu qushimcha uskunalarning quvvatini oshirish mumkin bo’lmasa ularni ham kattaroq quvvatlilisiga almashtirish uchun bajariladi.
Loyihada mavjud qurilmalar – elektr transformatorlari, bug’yunaltirgichlar, sovutish va suv ta’minoti sistemalari qay darajada mo’ljallangan unumdorlikka tug’ri kelishi ham tekshiriladi va lozim bo’lsa bu qurilmalarning ham rekonstruktsiyasi amalga oshiriladi.
Va, nixoyat zavodning barcha xizmat qurilmalari va yordamchi inshoatlari tekshirilib ularning zavod talabiga rekonstruktsiyadan so’ng mos kelish, kelmasligi aniqlanadi, masalan, bo’larga barcha omborxonalar, xom ashyo omborlari, tayyor mahsulot omborlari qabul qilish moslamalari va xo’jaliklari va boshqalar kiradi.

Download 44 Kb.
1   2   3   4   5




Download 44 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Korxona loihasini tuzish qurulishga bo'lgan xavfsizlik talablari

Download 44 Kb.