|
Korxona loihasini tuzish qurulishga bo'lgan xavfsizlik talablari
|
bet | 2/5 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 44 Kb. | | #113487 |
Bog'liq KORXONA LOIHASINI TUZISH QURULISHGA BO\'LGAN XAVFSIZLIK TALABLARILoyihalash vazifasi
Loyihalash vazifasi quyidagi ma‘lumotlarni o’z ichiga olish kerak:
-qurilish maydonining harakteristikasi va bosh plani;
-mahsulot harakteristikasi va hajmi;
-korxona tuzilishi va texnologik jarayon tizimi;
-xom ashyog’a va qushimcha materiallarga bo’lgan talablar;
-asosiy uskunalarni tanlash va ularning soni;
-asosiy tsexlarda uskunalarning joylashishi va boshqalar (uch bosqichli loyihalashda bo’lar berilmaydi).
Loyihalash vazifasi quyidagi tashkilotlar bilan kelishiladi: maxalliy xokimiyat va Davlat temir va avtomobil yullari idorasi, vazirligi, energetika vazirligi.
Texnik loyiha
Texnik loyiha tasdiqlangan loyihalash vazifasiga asoslanib to’ziladi. Uning vazifasi: loyihalash vazifasida qabul qilingan texnologik jarayonlarni, uskunalar turi va sonini, binolar va inshoatlarning konstruqtsiyalarini birma – bir qaytadan tadqiq qilishdan iboratdir.
Texnik loyiha quyidagi materiallarni o’z ichiga olishi kerak:
-ishlab chiqarish dasturni;
-tsexlarning ishlash tartibini;
-texnologik jarayonlar tizimlarini:
-etajlar bo’yicha rejalar va kesimlarni;
-asosiy uskunalar tarkibini.
Ishchi chizmalar
Ishchi chizmalar tasdiqlangan loyihalash vazifasi asosida ikki bosqichli loyihalashda texnik loyihalashdan so’ng bajariladi.
Ishchi chizmalar ishlab chiqalayotganda loyihalanayotgan korxonaning mahsuldorligini kamaytiruvchi yoki qurilish sarf harajatini oshiruvchi biron bir o’zgarish kiritish mumkin emas.
Ishchi chizmalar buyurtma berilgan uskunalarning texnik ko’rsatkichlarini hisobga olgan xolda bajariladi. Bu chizmalar aloxida bajarilib yirikroq masshtabda (1:50) chiziladi, chunki bu ishchi chizmalar asosida qurilish montaj ishlari bajariladi. Kerak bo’lganda reja va kesim chizmalariga detallashtirilgan chizmalar to’zilib ularda aloxida qismlarning (imorat, inshoat, turli konstruqtsiyalar fundamentlar va uskunalar) aniq o’lchamlari ko’rsatilgan chizmalari beriladi. Detallashtirilgan chizmalar yanada yirikroq masshtabda bajariladi (1:20 ; 1:10).
Namunali loyiha
Namunali loyiha bir turdagi korxonalarni qurish uchun ishlab chiqiladi. Namunaviy loyihani ishlab chiqishda eng ilg’or progressiv tizimlar, yangi zamonaviy qurilma va jixozlardan foydalaniladi. Namunaviy loyihalarni qo’llashda ularni mavjud joylardagi shart-sharoitlarga bog’langan xolda bajariladi.
|
| |