|
Tsexning ishlab chiqarish quvvati
|
bet | 5/5 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 44 Kb. | | #113487 |
Bog'liq KORXONA LOIHASINI TUZISH QURULISHGA BO\'LGAN XAVFSIZLIK TALABLARITsexning ishlab chiqarish quvvati
Tsexlarning yillik quvvati ishlab chiqarish liniyalarning quvvati, soni va mavsum davomiyligi bilan aniqlanadi. Zavodlar mavsumda uch smena, qish va bahor oylarida esa bir yoki ikki smenada ishlaydi. Mavsumning davomiyligi (ish smenalar soni) kontsentrlangan pomidor mahsulotilari uchun 200-250, tomat sharbati 120-150, sabzavotli gazakbop konservalar 180-220 ko’k nuxat 60-75, butun xolda konservalangan pomidor 60-80, kompotlar 100-200, olma sharbati 100-200, uzum sharbati, yarimtayyor mahsulot 60-70 smena tashkil etadi.
Tayyorlangan mahsulotlar turli xil bo’lib, har xil idishlarda ishlab chiqariladi. Rejalashtirish va hisobga olish maqsadda uni tonna yoki shartli banka orqali belgilanadi. Konserva zavodlarning quvvati ming shartli banka (ml.sh.b), million shartli banka (ml.sh.b) yoki tonna orqali ifodalanadi.
Ko’pgina konservalar uchun shartli bankaning hajmi 353 ml qabul qilingan. Bir shartli bankadagi mahsulotning netto massasi uning turiga bog’liq. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarni shartli bankalar orqali belgilash uchun bankalarning (“fizik bankalar”) mavjud soni tegishli o’tkazish koeffitsientiga ko’paytiriladi.
Sharbatlar, meva va sabzavot marinadlari, pomidor va mevali souslar, qand yoki qand qiyomida qaynatilgan meva mahsulotilari uchun shartli banka sifatida 400g netto qabul qilingan. Bunday xolatda shartli bankalar miqdorini aniqlash uchun mahsuloti miqdorini (g) 400 bo’linadi.
Korxonalarning klassifikatsiyasi
1. Ishlabchiqarish quvvatiga ko’ra konserva zavodlar 3 gruppaga bo’linadi: I gurux- kam quvvatli, (ishlabchiqarish quvvati 20 million shartli banka (8 min.t) yiliga) II - o’rtacha quvvatli (21-50 million shartli banka (8-20 min.t) yiliga) III- katta quvvatli (51-100 million shartli banka)
2. Zavodlar ishlab chiqariladigan mahsulotining turiga ko’ra (meva - sabzavot, gusht, baliq va sut konserva zavodlar)
3. Turiga ko’ra korxonalar ixtisoslashgan yoki universal bo’ladi. Ixtisoslashganlarga - sut konserva, gusht konserva va baliqk konserva zavodlari kiradi. Gusht konserva zavodi gusht kombinati, baliq konserva zavodi baliq kombinati tarkibiga kirishi mumkin.
Ko’pgina meva va sabzavotlarni qayta ishlaydigan konserva zavodlari tarkibida pomidor sharbati, pomidor kiyla, gazakbop konservalar, ko’k nuxatdan tabiiy konservalar, uzum sharbati, olma sharbati, mag’izli meva sharbatlari, bolalar uchun konservalar va boshqa ishlabchiqariladigan ixtisoslashgan tsexlar yoki liniyalar kiradi.
Ixtisoslashgan konserva zavodlarida (ishlab chiqarish tsexlar, liniyalar) bir xil mahsuloti ishlab chiqariladi. Bu esa ishlab chiqarish jarayonlarni va tsex ichidagi transport aloqalarni yuqori darajada mexanizatsiyalash uchun qulay sharoit yaratib beradi.
Bunday zavodlarning asosiy kamchiligi: ularning ishlash muddati, xom ashyoning pishib yetilishiga bog’liq. Ishlash muddatini o’zaytirish maqsadida zavodlarda yozgi mavsumda yarimfabrikatlar tayyorlanadi va katta sig’imlarda aseptik usulda saqlanadi, qishda esa ular qayta ishlanadi va mayda idishlarga qadoqlanadi.
Konserva zavodlarning tarkibiga asosiy ishlab chiqarish tsexlari va yordamchi tsexlar kiradi. Ishlab chiqarish tsexlarida (sharbat, marinad, tuzlash va xokazo) asosiy mahsulotilar-konservalar ishlab chiqariladi.
Tunuka, yog’och, mexanik tsexlari, bug’xona yordamchi tsexlar qatoriga kiradi.
Adabiyotlar:
1. Aminov M.S. Aminova E.M., Gorun YE.P. Proizvodstvo konservov.- M., «Lyogkaya i pishevaya promishlennost», 1990.
2. Gornkove.S., BibergalV.L. Oborudovaniye konservnogo proizvodstva. Spravochnik.-M., «Agropromizdat», 1989.
3.DrigilyevN.I., DrozdovV.S. Texnologicheskiye mashini i apparati pishevix proizvodstv.- M., «Kolos», 2000.
Zaychik U.R. Oborudovaniye predpriyatiy vinodelcheskogo proizvodstva.- M., «Agropromizdat», 1989.
Z.Salimov. Kimyoviy texnologiyaning asosiy jarayonlari va kurilmalari. 2-tom.- Toshkent, «О‘zbekiston», 1995.
Mexanizatsiya protsessov xraneniya i pererabotki plodov i ovoshey. Spravochnik pod. red. Mamot V.V.- M, «Pishevaya promishlennost», 1982.
Sitnikov D. Diplomnoye proyektirovaniye zavodov po pererabotke plodov i ovoshey.- M. «Pisheprom», 1987.
Fan-Yung A. Proyektirovaniye konservnix zavodov.- M., «Pisheprom», 1986.
9. YE.D.Sitnikov. Praktikum po texnologicheskomu oborudovaniyu konservnix zavodov. – M. VO «Agropromizdat», 1989.
|
| |