Korxonaning asosiy va aylanma fondlari hamda ulardan samarali foydalanish




Download 79.18 Kb.
bet5/6
Sana26.11.2022
Hajmi79.18 Kb.
#31923
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Islambek Soxa iqtisod
Islambek111111
Fq = f Mr
Bunda: Fq - mehnatning asosiy fondlar bilan qurollanganlik darajasi;
Afq - asosiy fondlarning o‘rtacha yillik qiymati (ming so‘mda);
Mr - mehnat resurslarining o‘rtacha yillik soni (kishi).
Bu ko‘rsatkichlar xo‘jaliklarning ixtisoslashishiga, mashina-texnikalar bilan ta’minlanganligiga ko‘ra farq qilishi mumkin. Ushbu ko‘rsatkichning yaxshilanishi ishlab chiqarishning mexanizatsiyalashtirilishini, avtomatlashtirilishini ta’minlab, jonli mehnat xarajatlarini tejab, mehnat unumdorligi yuksalishiga olib keladi.
b) fond qaytimi. Ushbu ko‘rsatkichni aniqlash uchun korxonada bir yilda ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot qiymatini asosiy fondlarning o‘rtacha yillik qiymatiga taqsimlash orqali aniqlanadi. Bunda quyidagi formuladan foydalaniladi:
Fq
YMq
Afq
Bunda: YMq - yalpi mahsulot qiymati (ming so‘m);
Afq - asosiy fondlarning o‘rtacha yillik qiymati (ming so‘m).
Fond qaytimini ko‘rsatkichi bir so‘mlik asosiy fond evaziga qancha mahsulot yetishtirilganligini ifodalaydi va uning darajasi yuqori bo‘lgani maqsadga muvofiqdir. Ushbu ko‘rsatkichni yalpi daromad va sof foyda orqali ham aniqlash mumkin.
d) fond sig‘imi. Uni aniqlash uchun asosiy fondlarning o‘rtacha yillik qiymatini yetishtirilgan yalpi mahsulot qiymatiga taqsimlash zarur. Buning uchun quyidagi formuladan foydalanish mumkin:
Fs =
YMq
Fond sig‘imi ko‘rsatkichi bir so‘mlik mahsulotni yetishtirish uchun necha so‘mlik asosiy fond sarflanganligini ko‘rsatadi.
e) fond rentabelligi. Ushbu ko‘rsatkich korxonada sarflangan ishlab chiqarish fondlarining bir birligi evaziga qancha foyda olinganligini bildiradi va foyda me’yori deb ham ataladi. Uni aniqlash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:
Fm =
SF
Afq + Ofq
x100
Bunda: Fm - foyda me’yori, foizda;
SF - sof foyda summasi, ming so‘mda;
Ofq - aylanma fondlar qiymati, ming so‘mda.
Foyda me’yori ko‘rsatkichining darajasi yuqori bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
Asosiy fondlardan foydalanish holati va samaradorligini tahlil qilishda asosiy vositalaming alohida turlari bo‘yicha ham tahlil qilish mumkin. Masalan, bitta texnikaning bir yilda ishlagan kuni, bajargan ishi va hokazo.
Aylanma fondlardan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini aniqlashda quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalanish mumkin:
a) aylanma fondlarning aylanish koeffitsiyenti. Ushbu ko‘rsatkichni aniqlash uchun sotilgan yetishtirilgan mahsulotlar, ko‘rsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishlarning umumiy qiymatini aylanma fondlarning o‘rtacha yillik qiymatiga taqsimlash lozim. Bunda quyidagi formuladan foydalaniladi:

Download 79.18 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 79.18 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Korxonaning asosiy va aylanma fondlari hamda ulardan samarali foydalanish

Download 79.18 Kb.