Asosiy va aylanma fondlardan foydalanish holati va samaradorligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar




Download 79.18 Kb.
bet4/6
Sana26.11.2022
Hajmi79.18 Kb.
#31923
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Islambek Soxa iqtisod
Islambek111111
3. Asosiy va aylanma fondlardan foydalanish holati va samaradorligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar.
Korxonalar o‘zlarida mavjud bo‘lgan asosiy va aylanma fondlardan samarali foydalanishlari lozim, bu ularning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Bunda bir qator ko‘rsatkichlardan foydalanib asosiy va aylanma fondlardan foydalanish holati hamda samaradorligi tahlil qilinadi.
Asosiy fondlardan foydalanish holatini aniqlashda quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi:
a) asosiy fondlarning o‘sish koeffitsiyenti. Bu ko‘rsatkichni aniqlash uchun asosiy fondlarning yil oxiridagi qiymatini ularning yil boshidagi qiymatiga taqsimlanadi. Bunda quyidagi formuladan foydalaniladi:
KO
AFo
~AFb
Bunda: Ko ‘ - asosiy fondlarning o‘sish koeffitsiyenti;
AFo - asosiy fondlarning yil oxiridagi qiymati (ming so‘mda); AFb - asosiy fondlarning yil boshidagi qiymati (ming so‘mda).
b) asosiy fondlarning hisobdan chiqish koeffitsiyenti. Bu ko‘rsatkichni aniqlash uchun korxonada yil davomida hisobdan chiqarilgan asosiy fondlar qiymatini yil boshidagi asosiy fondlar qiymatiga taqsimlanadi. Bunda quyidagi formuladan foydalaniladi:
Kch
AFch
AFb
Bunda: Kch - asosiy fondlarning hisobdan chiqish koeffitsiyenti;
AFch - yil davomida hisobdan chiqarilgan asosiy fondlarning qiymati (ming so‘mda);
AFb - asosiy fondlarning yil boshidagi qiymati (ming so‘mda).
d) asosiy fondlarning yangilanish koeffitsiyenti. Bu ko‘rsatkichni aniqlash uchun korxonada yil davomida ishga tushirilgan
asosiy fondlar qiymatini asosiy fondlarning yil oxiridagi qiymatiga taqsimlanadi. Bunda quyidagi formuladan foydalaniladi:
AFit
Ky =-
AFo
Bunda: Ky - asosiy fondlarning yangilanish koeffitsiyenti;
AFit - yil davomida ishga tushirilgan asosiy fondlarning qiymati (ming so‘mda);
AFo - asosiy fondlarning yil oxiridagi qiymati (so‘mda).
e) asosiy fondlarning eskirish koeffitsiyenti. Bu ko‘rsatkichni aniqlash uchun asosiy fondlar uchun hisoblangan amortizatsiya summasini ularning o‘rtacha yillik qiymatiga taqsimlanadi. Bunda quyidagi formuladan foydalaniladi:
Ke = —
AFq
Bunda: Ke - asosiy fondlarning eskirish koeffitsiyenti;
A - asosiy fondlar uchun hisoblangan amortizatsiya summasi (ming so‘mda);
AFq - asosiy fondlarning o‘rtacha yillik qiymati (ming so‘mda).
f) asosiy fondlarning yaroqlilik koeffitsiyenti. Bu ko‘rsatkichni aniqlash uchun asosiy fondlar boshlang‘ich qiymati va ular uchun hisoblangan amortizatsiya summasi orasidagi farqni ularning o‘rtacha yillik qiymatiga taqsimlanadi. Bunda quyidagi formuladan foydalaniladi:
AFbq - A
Kya =
AFbq
Bunda: Kya - asosiy fondlarning yaroqlilik koeffitsiyenti;
A - asosiy fondlar uchun hisoblangan amortizatsiya summasi (ming so‘mda);
AFbq - asosiy fondlarning boshlang‘ich qiymati (ming so‘mda).
Asosiy fondlardan foydalanish samaradorligini aniqlashda quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi:
a) mehnatning asosiy fondlar bilan qurollanganlik darajasi. Ushbu ko‘rsatkich asosiy fondlarning o‘rtacha yillik qiymatini xodimlarning o‘rtacha yillik soniga taqsimlash orqali aniqlanadi. Uni quyidagi formulalar yordamida aniqlash mumkin:

Download 79.18 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 79.18 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Asosiy va aylanma fondlardan foydalanish holati va samaradorligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar

Download 79.18 Kb.