• 4. Asosiy va aylanma fondlardan foydalanish samaradorligini oshirish yo‘llari.
  • Korxonaning asosiy va aylanma fondlari hamda ulardan samarali foydalanish




    Download 79.18 Kb.
    bet6/6
    Sana26.11.2022
    Hajmi79.18 Kb.
    #31923
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Islambek Soxa iqtisod
    Islambek111111
    SMIq
    K —-
    Ofq
    Bunda: SMIq - sotilgan mahsulotlarining, bajarilgan ishlar, xizmatlarning qiymati (ming so‘m);
    Ofq - aylanma fondlarning o‘rtacha yillik qiymati (ming so‘m).
    Bu ko‘rsatkich xo‘jaliklardagi aylanma fondlarning bir yil davomida aylanish tezligini ko‘rsatadi. Ushbu ko‘rsatkich imkon qadar yuqori bo‘lgani ma’qul.
    b) aylanma fondlarning aylanish davri. Bu ko‘rsatkichni aniqlash uchun bir yildagi kalendar kunlari umumiy sonini aylanma fondlarning aylanish koeffitsiyentiga taqsimlanadi. Bunda quyidagi tenglikdan foydalaniladi:
    T
    Ad = —
    K
    Bunda: Ad - aylanma fondlarning aylanish davri (muddati), kun;
    T - bir yildagi kalendar kunlar soni (365 yoki 366), kun.
    4. Asosiy va aylanma fondlardan foydalanish samaradorligini oshirish yo‘llari.
    Mamlakatimizda yaratilayotgan imkoniyatlar korxonalarda foydalanilayotgan asosiy va aylanma fondlaming iqtisodiy samaradorligi yuksalishiga xizmat qilmoqda. Kelajakda bu o‘sish sur’atini yanada oshirishga erishish uchun korxonalarda mavjud bo‘lgan barcha asosiy va aylanma fondlardan yil mobaynida to‘liq va maqsadga muvofiq samarali foydalanish zarur. Zamonaviy, serunum texnikalardan, samarali texnologiyalardan oqilona foydalanish natijasida dastavval mehnat unumdorligini oshirib, mehnat va mablag‘ sarflari tejalishini ta’minlab, yetishtiriladigan mahsulotlarning tannarxini pasaytirish evaziga olinadigan foyda summasini ko‘paytirishga erishish lozim.
    Avvalo, korxonalarning asosiy va aylanma fondlardan samarali foydalanishdan moddiy va ma’naviy manfaatdorligini oshirish lozim. Shuningdek, ularda mulkka egalik hissini shakllantirish va mulkdan samarali foydalanishdan manfaatdorligini yuksaltirish kerak.
    Korxonalar ixtiyoridagi barcha asosiy va aylanma fondlardan yil davomida, oqilona hamda samarali foydalanishni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish lozim. Shuningdek, korxonalarning joylashishi, ixtisoslashishi va ishlab chiqarish vositalari bilan ta’minlanganligiga, ular o‘rtasidagi mutanosiblikka alohida e’tibor be rish kerak. Agarda korxonalar barcha vositalar bilan talab darajasida yaxshi ta’minlanmagan bo‘lsa, bu masalani hal etish bilan bog‘liq tadbirlarni, yo‘llarni aniqlash zarur. Jumladan, asosiy fondlardan foydalanish samaradorligini oshirish uchun quyidagi t adbirlarning o‘z vaqtida, sifatli amalga oshirilishini ta’minlashga doimo e’tibor berish maqsadga muvofiqdir:
    • korxonalarning asosiy vositalar bilan ta’minlanganlik darajasini yaxshilash, ular o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash, ya’n i qishloq xo‘jalik texnikasi uchun zarur bo‘lgan barcha mexanizmlar bo‘lishiga erishish;
    • asosiy vositalarning holatini, ishga yaroqliligini yaxshilash;
    • zarur bino va inshootlar bilan yetarli darajada ta’minlanishga erishish, bunda mahalliy qurilish materiallaridan oqilona foydalanish;
    • ta’minotchilardan asosiy vositalarni qulay usullarda sotib olishni tashkil etish;
    • korxonalar faoliyatiga fan-texnika yutuqlari, zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish va hokazo.
    Aylanma fondlardan samarali foydalanish orqali korxonalar iqtisodiyoti yuksalishiga erishish lozim.
    Aylanma fondlardan samarali foydalanishda quyidagi tadbirlarga e’tibor berish kerak:
    • korxonalar faoliyatida foydalaniladigan aylanma fondlardan tejamkorlik bilan samarali foydalanish;
    • aylanma fondlarni sotib olish tartibini takomillashtirish;
    • aylanma fondlarning optimal tarkibini ta’minlash;
    • aylanma fondlarning aylanish davrini qisqartirish;
    Download 79.18 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 79.18 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Korxonaning asosiy va aylanma fondlari hamda ulardan samarali foydalanish

    Download 79.18 Kb.