Iqtisodiyoga investitsiyalarni jalb etishning huquqiy-me`yoriy asoslari va davlat tomonidan tartibga solinishi




Download 219.14 Kb.
bet14/38
Sana26.05.2021
Hajmi219.14 Kb.
#14604
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   38
1.3. Iqtisodiyoga investitsiyalarni jalb etishning huquqiy-me`yoriy asoslari va davlat tomonidan tartibga solinishi
O`zbekistonda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va tartibga solishda O`zbekiston Respublikasining qonunlari va boshqa me`yoriy-huquqiy hujjatlar uning huquqiy asosi bo`lib xizmat qiladi.

O`zbekiston Respublikasida xorijiy investitsiyalarni jalb etish sohasidagi asosiy me`yoriy-huquqiy hujjatlar quyidagilardir:

-O`zbekiston Respublikasining «Investitsiya faoliyati to`q’risida»gi Qonuni,4.12.1998 y.;

-O`zbekiston Respublikasining«CHet el investitsiyalari to`q’risida»gi Qonuni, 30.04.1998 y.;

-O`zbekiston Respublikasining «CHet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va himoya choralari to`q’risida»gi Qonuni, 30.04.1998 y.;

-O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «O`zbekiston Respublikasining 2010 yilgi Investitsiya dasturi to`q’risida»gi Qarori, 28.10.2009 y.;

-O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «To`q’ridan-to`q’ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni raq’batlantirish borasidagi qo`shimcha chora-tadbirlar to`q’risida»gi Farmoni, 11.04.2005 y.

O`zbekiston Respublikasining "CHet el investitsiyalari to`q’risida", "CHet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to`grisida", "Investitsiya faoliyati to`q’risida"gi Qonunlari xorijiy investitsiyalarni jalb etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mamlakatimizdagi siyosiy, iqtisodiy, moliyaviy barqarorlik chet el investitsiyasi uchun har tomonlama qulay sharoit yaratmoqda. Davlatimiz rahbarining oqilona siyosati natijasida qabul qilinayotgan imtiyozli muhitni yaratuvchi qonunlar chet ellik investorlarda tobora katta qiziqish uyq’otmoqda.



Ma`lumki, chet el investorlari mamlakatimiz hududida o`z ishlab chiqarish faoliyatini, qoidaga ko`ra, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tashkil etish yo`li bilan amalga oshiradilar. O`z ehtiyojlari uchun yurtimiz hududiga zamonaviy texnologiyalar va asbob-uskunalar, ularga butlovchi buyumlar, shuningdek, xomashyo va materiallar olib kirayotgan xorijiy investorlar uchun amaldagi qonun hujjatlarida muayyan imtiyozlar nazarda tutilgan. Jumladan, "Boj tarifi to`q’risida"gi Qonunning 33-moddasi va "CHet el investitsiyalari to`q’risida"gi Qonunning 12-moddasiga muvofiq, xorijiy investorlar tomonidan o`z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun O`zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan mol-mulkka bojxona boji solinmas edi. YAngi qonun asosida - chet ellik investorlar uchun yanada qulay muhit yaratish maqsadida yuqorida qayd etilgan har ikki qonunga o`zgartishlar kiritildi. endilikda nafaqat chet ellik investorlar, ayni choq’da, ustav fondida chet el investitsiyalarining ulushi kamida o`ttiz uch foiz bo`lgan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar ham o`z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun O`zbekiston Respublikasiga olib kiradigan mol-mulk bo`yicha boj undirilishidan ozod qilindilar. Mazkur qonunning qabul qilinishi natijasida "Boj tarifi to`q’risida"gi Qonunning 33-moddasida va "CHet el investitsiyalari to`q’risida"gi Qonunning 12-moddasida belgilangan imtiyozlar ustav fondida chet el investitsiyalarining ulushi kamida o`ttiz uch foiz bo`lgan chet el investitsiyalari ishtirokidagi qo`shma korxonalarga ham tatbiq etiladigan bo`ldi. YAngi qonunda ko`zda tutilgan imtiyozlar ana shu xayrli maqsadlarga erishishimizda muhim raq’batlantiruvchi omil bo`lib xizmat qiladi. Ushbu qonun xalqimiz farovonligini oshirishda ham ulkan ijobiy o`zgarishlarga sabab bo`ladi. Xususan, aholini ish bilan ta`minlash, yangi ish o`rinlari ochish, eng zamonaviy texnologiya va jihozlarni keltirish hisobiga ish unumi va samaradorligi oshishi muqarrar. O`zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyatiga doir huquqiy hujjatlar tizimida xorijiy investitsiyalar masalasiga bevosita taalluqli bo`lgan qonunlar muhim o`rin tutadi. Vaqt o`tishi bilan iqgisodiy o`sishning jadal borishini ta`minlash, respublika iqtisodiyotiga xorijiy mamlakatlarning ilq’or texnologiyalarini jalb qilish va umuman jahon andozalariga erishish uchun xorijiy investitsiyalar sohasidagi mavjud qonunchilik bazasini qayta ko`rib chiqish zarurati ob`ektiv ravishda paydo bo`ldi. Xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotga jalb etish strategiyasi bo`lajak chet ellik investorlarning manfaatlarini hamda milliy iqtisodiyotga zarar keltirmagan holda ularni qondirish imkoniyatlarini o`rganishga asoslanadi. Buning uchun, bir tomondan, iqtisodiyotni tarkiban qayta qurishga qaratilgan bir qator aniq loyihalarni amalga oshirish zarur bo`ladi; ikkinchi tomondan, ichki investitsiya resurslari cheklangan bir sharoitda xorijiy investitsiyalarning ahamiyati juda yuqori baholanadi. Investitsiya muhitini yanada yaxshilash shartlaridan biri bank tizimini takomillashtirish, moliya bozorida raqobatni vujudga keltirish, naqd puldagi va naqd bo`lmagan puldagi operatsiyalarni amalga oshirishni yaxshilash, shuningdek xorijiy investorlarni axborot bilan ta`minlashni yaxshilashdan iboratdir.

O`zbekiston Respublikasida iqtisodiy islohotlarning boshlanish davridan chet el investitsiyalarini jalb qilishga tuzilmaviy qayta qurishning hamda umumjahon iqtisodiy hamjamiyatiga kirib borishini tezlashtiruvchi omil sifatida asosiy ustuvorlik berildi. Hozirda, Respublikada xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo`yicha huquqiy baza yaratildi, investitsiyalarni jalb qilish va xorijiy investorlarga xizmat ko`rsatuvchi infratuzilma barpo qilindi va bu jarayon takomillashib bormoqda. Bu borada «Valyutani tartibga solish» to`q’risidagi qonun qabul qilindi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining vazifalari qayta ko`rib chiqildi, va uning milliy valyutani konvertatsiyasi hamda import kontraktlarini ro`yxatdai o`tkazish bilan boq’liq bo`lgan vazifalari bekor qilindi. Jumladan, 2003 yil 15 oktyabrdan milliy valyuta joriy xalqaro operatsiyalar bo`yicha erkin konvertatsiyasining ochilishi mamlakatdagi investitsiya iqlimini yaxshilashga va xorijiy investitsiyalar oqimining ko`payishiga katta imkoniyatlar yaratdi. 1998 yil 30 aprelda Oliy Majlis tomonidan yangi hujjat — "CHet el investitsiyalari to`q’risida" O`zbekiston Respublikasi Qonuni va "CHet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish chora-tadbirlari to`q’risida"gi Qonun qabul qilindi.

Xorijiy investorlarning huquqlarini kafolatlash va himoyalash maqsadida yaratilgan shart-sharoitlardan tashqari, Respublika tomonidan Adliya vazirligiga ularning manfaatlarini himoya qiluvchi davlat organi vakolati berildi. Jumladan, Adliya vazirligining tarkibida 2003 yildan boshlab chet el investorlari manfaatlariga zarar etish holatlarining oldini olish bo`yicha maxsus bo`linmalar tashkil etildi. Olib borilayotgan amaliy ishlar natijasida, iqtisodiyot tarmoqlari bo`yicha xorijiy kapitalning tarkibida ma`lum bir siljishlar yuz berdi.

Investitsiya munosabatlarining davlat tomonidan tartibga solinishi huquqiy sharoitlar yaratish, ushbu faoliyatni yuritish uchun kafolatlar berish, bu faoliyat sub`ektlarini suq’urtalash va boshqa vositalar orqali ijtimoiy yoki davlat manfaatlarini amalga oshirish yo`lida tashkil etiladi. Investitsiya munosabatlarining mohiyati bu faoliyat ishtirokchilari doirasida va darajasida o`z ifodasini topadi. O`zbekistonda investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solinishining asosiy yo`nalishlari bo`lib quyidagilar hisoblanadi:



  1. Investitsiya faoliyatining qonunchilik negizini takomillashtirish.

  2. Soliq to`lovchilar va soliq solish ob`ektlarini, soliq stavkalari va ularga doir imtiyozlarni tabaqalashtiruvchi soliq tizimini qo`llash.

  3. Normalar, qoidalar, standartlarni belgilash.

  4. Monopoliyaga qarshi choralarni qo`llash.

  5. Kredit siyosati va narx siyosatini o`tkazishga va boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish shartlarini belgilash.

  6. Investitsiya loyihalarini ekspertiza qilish mexanizmlarini belgilash.

Investitsiya faoliyatini tartibga solish, huquqiy nuqtai nazaridan, turli mulkdorlar o`rtasida moddiy va nomoddiy aktivlarni takror ishlab chiqarish xususidagi o`ziga xos, murakkab, ijtimoiy zarur iqtisodiy (investitsiya) munosabatlarini shakllantirish me`yorlarini nazarda tutadi. Investitsiya jarayonining barcha sub`ektlari – chet ellik investorlardan boshlab, davlat, yuridik va jismoniy, shu jumladan chet ellik shaxslar (rezidentlar va norezidentlar)gacha bu munosabatlarning ishirokchilariga aylanadilar. Huquq nuqtai nazaridan chet el investitsiyalari boshqa davlat hududida kapitalga egalik qilish, undan foydalanish va tasarruf etish bilan boq’liq. Iqtisodiy nuqtai nazardan esa ularning hududiy, zamon va makondagi harakati ko`pdan-ko`p qo`shimcha risklar bilan to`qnashish ehtimoliga ega bo`ladi. Respublikada investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish birinchi navbatda davlatning iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy siyosatini amalga oshirish maqsadlarini ko`zlaydi. Respublika qonun hujjatlariga muvofiq chet el investitsiyalari milliylashtirilishi, davlat tasarrufiga olinishi mumkin emas. CHet el investitsiyalari tabiiy ofatlar, falokatlar, epidemiyalar hollarini mustasno qilganda, rikvizitsiya qilinmaydi. CHet el investorlarga qonuniy faoliyat natijasida olingan o`z foydasi va boshqa mablaq’larini chet el valyutasida chetga o`tkazish kafolatlanadi. Qonun hujjatlarida chet ellik investorlarga ularning davlat boshqaruvining vakolatli organlari bilan tuzadigan kontsessiya shartnomalari asosida tabiiy resurslarni qidirish, foydalanishga tayyorlash va foydalanish hamda boshqa xo`jalik faoliyatini joriy qilish uchun kontsessiyalar berish nazarda tutilgan. Respublika qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan faoliyatning hamma sohalari va turlari bo`yicha kontsessiya berilishi mumkin. CHet ellik investor qarori bilan investitsiyalarga hamda ularning natijalariga egalik qilish, ulardan foydalanish, tasarruf etish huquqi respublika qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga berilishi mumkin.Investitsiya faoliyatini amalga oshirishni muhim shartlaridan biri muomalada bo`lgan pul birligini qadrsizlanishini oldini olishdir. Investitsiya faoliyatidan olinadigan samarani ko`paytirish maqsadida investitsiyalar hajmini, yo`nalishlarini va manbalarini aniqlash maqsadga muvofiq bo`ladi. SHu bilan birgalikda yangi



Download 219.14 Kb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   38




Download 219.14 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Iqtisodiyoga investitsiyalarni jalb etishning huquqiy-me`yoriy asoslari va davlat tomonidan tartibga solinishi

Download 219.14 Kb.