Korxonaning investitsion faoliyatini rivojlantirish yo`llari




Download 219,14 Kb.
bet16/38
Sana26.05.2021
Hajmi219,14 Kb.
#14604
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   38
Konvertatsiya tartib-qoidalarini, shuningdek, uning o`tkazilishini, valyuta mablaq’laridan foydalanishni tartibga solish, qarz siyosati.



Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki

Tashqi iqtisodiy faoliyatga bank xizmati ko`rsatish va loyihani moliyalashni amalga oshirish.



«O`zbekinvest» davlat suq’urta kompaniyasi va «O`zbekinvest-interneshnl» qo`shma korxonasi

CHet el investitsiyalarini investitsiya tavakkalchiligidan va xavf-xatarlardan suq’urtalash.



«O`zbekinvestloyiha» milliy injiniring kompaniyasi

Dastlabki texnik-iqtisodiy asosnomani va investitsiya loyihalari texnik-iqtisodiy asosnomalarini tayyorlash.



Davlat mulki qo`mitasi huzuridagi qimmatli qoq’ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi

Qimmatli qoq’ozlar bozorini shakllantirish, rivojlantirish, nazorat qilish va tartibga solish sohalarida davlat siyosatini amalga oshirish. Mamlakat va xorijiy emitentlarning qimmatli qoq’ozlarini sotib olish orqali majmua investitsiyalarini amalga oshirish.

moliyalashtirish, kredit bilan ta`minlash, bahoni tahlil qilish, soliqqa tortish tizimlarini takomillashtirishdir. SHuni ta`kidlab o`tish joizki, investitsiya faoliyatini tartibga solishda eng muhim va asosiy muammolardan biri chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarni respublika mintaqalari bo`ylab bir tekis joylashtirishdir.

Iqtisodiyotni erkinlashtirish va chet el investitsiyalarini jalb qilishning kengayib borishi darajasiga qarab investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish, bevosita chet el investitsiyalarini yangi loyihalarga, shuningdek, xususiy tadbirkorlik sub`ektlarining katta qismini investitsiya faoliyatiga jalb qilishni ham nazarda tutadi. Bunda chet el investitsiyalar oqimini raq’batlantirish, shu bilan birga milliy iqtisodiyot sub`ektlarining bu faoliyatda ishtirok etishini taqdirlash muhim o`rinda turadi. SHunday qilib davlat tomonidan investitsiya munosabatlarini tartibga solishning vazifasi, bir tomondan, bevosita chet el investitsiyalari oqimini oshirishdan, ikkinchi tomondan, milliy iqtisodiyotdagi xususiy mulkchilik sub`ektlarining qo`yilmalarini kengaytirishdan iborat bo`ladi.

O`zbekiston Respublikasida chet el investitsiyalarini tartibga solish va jalb etish bilan shuq’ullanadigan rasmiy muassasalar quyidagi jadvalda keltirilgan.

Davlat xorijiy investitsiyalarni tartibga solishning quyidagi usullaridan foydalanadi:

1) moliyaviy: jadallashtirilgan amortizatsiya; soliq imtiyozlari; subsidiyalar, qarzlar berish; kreditlarni suq’urtalash va kafolatlash;

2) nomoliyaviy: er uchastkalari ajratish; zaruriy infratuzilma ob`ektlari bilan ta`minlash; texnik yordam ko`rsatish.

Investitsiyalar zamonaviy texnika va texnalogiyalar bilan kurollanish, ilmiy-texnik, ishlab chiqarish va aqliy imkoniyatlarini tiklashning asosiy vositadir. Aynan xorijiy investitsiyalar orqali milliy iqtisodiyot jonlanib, ishlab chiqarish zamonaviy, raqobatdoshlar tovarlar ishlab chiqarishga ixtisoslashib boradi. Bu esa o`z navbatida yangi ish o`rinlarining tashkil etilishi va mamlakatdagi mavjud iqtisodiy va ijtimoiy muammolarning hal bo`lishiga olib keladi.
II-BOB. “BUXORO-GILAM” QO`SHMAKORXONASIDA NVESTITSIYALARNI JALB ETISH VA ULARDAN FOYDALANISHNING TAXLILI
2.1 IQTISODIYOT TARMOQLARINI MODERNIZATSIYALASHDA JALB ETILAYOTAN INVESTITSIYALAR FAOLIYATINI BAHOLASH
2015 yilda mamlakatimizning yuqori sur`atlar bilan barqaror o`sishiga erishildi.Iqtisodiyotimizga yo`naltirilgan kapital mablaq’lar, investitsiyalar tobora o`sib, bu ko`rsatkich yalpi ichki mahsulotga nisbatan 22,9 foizni tashkil etdi.

2015 yilda iqtisodiyotimizga 11 milliard 700 million dollar miqdorida ichki va xorijiy investitsiyalar jalb etildi yoki bu boradagi ko`rsatkich 2013 yilga nisbatan 14 foizga o`sdi. Jami investitsiyalarning 22 foizdan yoki 2 milliard 500 million dollardan ortiq’ini xorijiy investitsiyalar tashkil etdi, ularning 79 foizdan ko`proq’i to`q’ridan-to`q’ri xorijiy investitsiyalardir.

Jami investitsiyalarning qariyb 74 foizi ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va yangilashga qaratilgan dastur va loyihalarni amalga oshirishga yo`naltirildi.

2015 yilda umumiy qiymati 1 milliard 600 million dollardan ortiq bo`lgan kapital qo`yilmalar o`zlashtirilib, 205 ta yirik investitsiya ob`ekti qurib bitkazildi.

2015 yilda qurilishi nihoyasiga etkazilgan eng yirik ob`ektlar, Navoiy issiqlik elektr stantsiyasida YAponiyaning “Mitsubisi” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan 478 megavol’t quvvatga ega bo`lgan buq’-gaz qurilmasining ishga tushirildi.

Ushbu loyihaning amalga oshirilishi yiliga qo`shimcha ravishda 2 milliard 800 million kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkonini beradi. SHuningdek, bu loyiha hisobidan shartli yoqilq’i iste`molini 1,8 marta kamaytirishga, har yili 400 million kub metr gazni tejash yoki 110 million dollardan ortiq mablaq’ni iqtisod qilishga erishiladi.

Avtomobil’ sanoatida Germaniyaning dunyoga mashhur “MAN” kompaniyasi bilan hamkorlikda Samarqand viloyatida yiliga 3 mingta yuk avtomobili ishlab chiqarish quvvatiga ega bo`lgan yangi kompleksni bunyod etishning ikkinchi bosqichi yakunlandi.

Ushbu korxonada jahondagi eng yuksak standartlar asosida jihozlangan yuqori texnologik ishlab chiqarish tashkil etildi. Katta hajmdagi yuklarni tashiydigan eng zamonaviy avtomobillar ishlab chiqaradigan mazkur korxona nafaqat mamlakatimiz ehtiyojini qoplaydi, balki bu mashinalarni eksport qilishni ham ta`minlaydi.

Muborak gazni qayta ishlash zavodida 258 ming tonna suyultirilgan gaz va 125 ming tonna kondensat ishlab chiqarish quvvatiga ega bo`lgan zavodning birinchi navbati foydalanishga topshirildi, “SHo`rtanneftgaz” korxonasida esa propan-butan qorishmasi asosida 50 ming tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqaradigan qurilma o`rnatildi.

YAna bir yirik loyiha – umumiy qiymati 250 million dollardan ortiq bo`lgan Dehqonobod kaliyli o`q’itlar zavodining ikkinchi navbatini qurish ishlari davom ettirilmoqda. Bu boradagi ishlar yakuniga etgach, korxonada yiliga 600 ming tonnagacha kaliyli o`q’it ishlab chiqarish imkoni paydo bo`ladi va bu mahsulotning 350 ming tonnadan ko`proq’i eksport qilinadi.

SHuni alohida ta`kidlash kerakki, 2015 yilda Surq’il koni bazasida hatto dunyo mezonlari bo`yicha ham noyob bo`lgan, qiymati 25 milliard dollardan ziyodni tashkil etadigan Ustyurt gaz-kimyo kompleksi qurilishi boshlandi. Mazkur ob`ektning qurilishi 2017 yilda nihoyasiga etkaziladi va bu korxona 4 milliard 500 million kub metr tabiiy gazni qayta ishlash, 400 ming tonna polietilen va 100 ming tonna polipropilen ishlab chiqarish imkonini beradi.

Ushbu loyiha texnologik jihatdan dunyodagi eng ilq’or loyihalardan biri bo`lib, eng yuksak darajadagi gaz-kimyo texnologiyalarini joriy etishni ko`zda tutadi. Bu, o`z navbatida,tabiiy gazdan 97 foizgacha etan, propan va boshqa qimmatbaho komponentlarni ajratib olishni ta`minlaydi.



Respublikamiz iqtisodiyotida investitsiyalarning so`nggi olti yildagi o`sish so`r`atlari turlicha bo`lib, bunda oldingi yillardagiga nisbatan o`sish va pasayish tendentsiyalari kuzatilmoqda ( 5 -rasm).





Download 219,14 Kb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   38




Download 219,14 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Korxonaning investitsion faoliyatini rivojlantirish yo`llari

Download 219,14 Kb.