• O’zlashtirish uchun savollar
  • 10-ish. Meva-sabzavotlarni saqlash rejimlari va gaz tarkibini o’rganish darsning maqsadi




    Download 17.72 Kb.
    Sana20.10.2023
    Hajmi17.72 Kb.
    #88919
    Bog'liq
    10-amaliy
    3 Sinf Qiziqarli matematika to\'garagi 2023 2024 yil 68 soatlik, 3-Sinf matematika 34 soat to\'garak, KOMPYUTERLARGA TXK

    10-ISH. MEVA-SABZAVOTLARNI SAQLASH REJIMLARI VA GAZ TARKIBINI O’RGANISH


    Darsning maqsadi: Talabalarga boshqariladigan gaz muhiti tarkibi va undan foydalanish tartib qoidalarini o’rgatish.
    Mevalarni o’zgartiriladigan gaz muxitida saqlash texnologiyasi keyingi yillarda qator davlatlarda keng joriy qilinmoqda. Ular mahsulotlarni saqlash muddatini uzaytirish bilan bir vaqtda sifatini, jumladan kimyoviy tarkibi, ta’mi va xushbo’yligini dastlabki tovar ko’rsatkichlari darajasida saqlash imkonini beradi. Ammo bu texnologiya anchagina texnik murakkabligi sababli katta miqdordagi xarajatlarni talab qiladi. SHuning uchun boshqa meva-sabzavotlar qatori uzumning ba’zi navlarinigina saqlashda qo’llanilmoqda.
    O’zgartiriladigan gaz muxiti tarkibini yaratish usullari qo’yidagilarga bo’linadi:
    1) «Passiv» - gaz muhiti tarkibini o’zgartirish uchun yopiq hajmli yoki kameralarda saqlanayotgan mahsulotning o’zini nafas olishidan foydalaniladi.
    2) «Aktiv» - yopiq hajm yoki kameralarda saqlash uchun joylangan mahsulotlarga ma’lum tarkibda tayyorlangan gaz aralashmasi maxsus agregat va moslamalar yordamida yuboriladi.
    Gaz muhitining kerakli tarkibi darhol yuzaga kelmaydi, balki uzumlarning nafas olish jadalligiga bog’liq bo’lib, taxminan saqlashga qo’yilgandan 0,5-1 oydan keyin erishiladi. Bu gaz muxitiga tezda yoki qisqa muddatda erishish mumkin. Ammo bu usul ancha murakkab va qimmat. Eng oddiy o’zgartirilgan gaz muhitiga erishish uchun uzum mevalarini polimer plyonkalarga, jumladan polietilen plyonkalarga qadoqlash lozim. Bu usulni qo’llashda isrof miqdori kamayadi va mahsulotning yuqori tovar sifatliligi saqlab qolinadi. Plyonkadan foydalanib, mahsulotni muvoffaqiyatli saqlash uchun qo’yidagi shartlarga amal qilish zarur:
    - Saqlash ob’ektlarining nav xususiyatlarini hisobga olish;
    - Havoni o’tkazuvchanligiga qarab plyonka hamda shunga munosib mos hajmli idishni to’g’ri tanlash;
    - Zichlab yopish darajasi;
    - Idish ichida namlik kondensati paydo bo’lishining oldini olish;
    Og’zi zich yopiladigan polietilen xaltachalarga uzum joylanib ularning ichiga bosim ostida gaz holatidagi azot yoki havo yuboriladi.
    Ularda nafas olish tezligi va namlikni bug’lanishi pasayadi hamda mevalar mexanik shikastlanishdan muhofaza bo’ladi.
    Mo’ljallangan gaz muhitini yuzaga keltirish uchun temir idishlarda, ya’ni ballonlardagi uglevodorodli gazlardan foydalansa bo’ladi. Buning uchun: SO2-3%, O2-3%, va N2-94% li nisbatlarda qo’llaniladi.
    Uzumni saqlash va tashish uchun suyuq hamda gaz xolatidagi azot ishlatiladi.
    Maxsus moslamalar ishlatilib, sun’iy sovitilgan xolda haroratni pasaytirish, maxsus tarkibli gaz muhitidan foydalanganga qaraganda ahamiyati oz emas. Faqat harorat, namlik va gaz muhiti tarkibini muvofiq hamda bir-biriga bog’liq bo’lgan holda ishlangan uzumlarni sifatli saqlanishini ta’minlaydi.
    Jixozlash bo’yicha atmosferasi nazorat qilinadigan sovutgich oddiy sovutgichdan umuman farq qilmaydi. Undagi kameralar havo yoki batareyali kompressor qurilmasiga ega.
    Atmosferasi nazorat qilinadigan sovutgichlar jihozlanishining muhim qismi ishonchlik, zich yopiladigan gazoizolyatsiyali kameralardir. Sovutgichlarni mustahkamlash uchun bir necha usul va tegishli materiallar qo’llaniladi. Ularning asosiylaridan biri kamera ichini yalpi metall, ya’ni zanglamaydigan tunuka (1-1,5 mm) bilan qoplanganligidir. Sovutgichlardagi germetiklik gazoizolyatsiyaga uzviy bog’liq bo’lib, unga eshik, devor, yer satxi va ular orasini maxkamlash muhim ahamiyatga ega.


    O’zlashtirish uchun savollar:

    1. Boshqariladigan gaz muhiti tarkibi qanday aniqlanadi?

    2. Uzumni saqlashda boshqariladigan gaz muhitini yuzaga

    keltirish tartibi.

    1. Boshqariladigan gaz muhitli sovutgichlar xavoning nisbati qanaqa.

    2. Boshqariladigan gaz muhitida uzum saqlash texnologiyasini tushuntiring?

    Download 17.72 Kb.




    Download 17.72 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    10-ish. Meva-sabzavotlarni saqlash rejimlari va gaz tarkibini o’rganish darsning maqsadi

    Download 17.72 Kb.