Korxonaning tarixi va rivojlanish istiqbollari




Download 1.47 Mb.
bet1/3
Sana06.03.2024
Hajmi1.47 Mb.
#168005
  1   2   3
Bog'liq
8 AS
Р. Р. Ибраимов “Система с двумя объектами”, The Mobilization State, Microsoft Word Document, 6-laboratoriya variant, БЖД практика, Microsoft Word Document, Ikramov, Fizika sirtqi II qism, мехатроника, амалиеттитул, Презентация-Microsoft-PowerPoint, 2-MA\'RUZA, 9-sinf Sinf soati, 1 Xorijiy investitsiyalar iqtisodiy mazmuni, Amaliy topshiriq

  1. Korxonaning tarixi va rivojlanish istiqbollari.

Avtomobil (grek va lotincha o‘zi harakatlanadigan) mexanik dvigatelli, g‘ildirakli transport vositasi bo‘lib, relssiz yo‘llarda harakatlanadi. Avtomobil ixtiro etilishining dastlabki qadamlari bug‘li mashina bilan bog‘liq. Ammo Daymler 1883-yilda avtomobilga mo‘ljallangan 1-ichki yonuv dvigatelini kashf etganidan so‘nggina bugungi avtomobillarning 1-“ajdodi” dunyoga keldi.


Avtobus yo‘lovchilarni ommaviy ravishda tashishga moslangan transport turidir. Kuzov shakllari jihatidan avtomobillar ochiq, yopiq hamda ikki qavatli bo‘ladi. Avtobuslar shahar va shaharlararo transport vositasi sifatida keng qo‘llaniladi, o‘z navbatida, shahar va qishloqlarni bir-biri bilan bog‘lab, aholiga maishiy xizmat ko‘rsatishda ulkan ahamiyatga ega.
Avtobuslar O‘zbekistonda jadal rivojlanmoqda. Tramvay va trolleybuslar bilan muvaqqiyatli bellashib, shahar ko‘chalarida yo‘lovchilar talabi va ehtiyojini sifatli hamda yuqori darajada qondirishga harakat qilayabdi. Shuningdek, avtobuslar metropolitan bilan ham bemalol raqobatlashish darajasiga yetdi.

“Toshshaharyo‘lovchitrans” Davlat Uyushmasining 2003-yildagi qaroriga muvofiq 2003-2005-yillarda avtobuslar soni poytaxtimizda 3000taga yetkazilishi rejalashtirilgan. Shahar transporti turlari ichida avtobuslar eng ko‘p yo‘lovchi tashiydi (yo‘lovchilarning 52% shahar avtobuslar ulushiga to‘g‘ri kelmoqda).
Toshkentda birinchi avtobus 1909-yilning dekabr oyidan yura boshlagan. Dastlab 10ta sakkiz o‘rinli avtobus bo‘lgan. Ular Nikolskoye qishlog‘i (Lunacharskiy shoh ko‘chasi) bilan Qo‘yliq dahasi o‘rtasida qatnagan. 1926-yilda “O‘zbekavtopromtorg” tresti tashkil topadi. Uning qaramog‘ida 21ta mashina bo‘lib, 7tasi “Benz Gaggenau” firmasining 40 o‘rinli avtobuslari edi. 1929-yili Toshkent ko‘chalarida birinchi bor “Yaroslav avtozavodi” ishlab chiqargan 18ta “YA-6” avtobusi harakat qila boshladi. Ular 1928-yilda ishlab chiqarilgan ikki yumshoq o‘rindiqli bo‘lib, maksimal tezligi 70km/s edi. 1930-yilllarda Toshkent avtobus saroyi “ZIS-8” va “ZIS-16” avtomashinalari bilan boyidi. “TOSHMI Cho‘pon-Ota” yo‘nalishi bo‘ylab yo‘lovchilarni tashish Chilonzor hududida 1949-yilda tashkil topdi. Va yana vagon tipidagi birinchi avtobus- “ZIS-154” larining dastlabki turlari paydo bo‘ldi. 1987-yilga kelib 117ta yo‘nalish bo‘ylab har kuni 1397kmlik masofada 1100ta (84ta shahar, 33ta shahar yaqinin yo‘nalishlarida) avtobus harakat qila boshladi. 40ta nozimxonalar avtobuslar harakatini tashkil etish bilan va nazorat qilish bilan shug‘ullanadi. Nozimxonalarda avtobuslar harakatini avtomatik tarzda boshqarish yo‘lga qo‘yiladi. O‘sha paytda “Toshshaharyo‘lovchi” qaramog‘ida 8ta avtobus saroyi, 1ta avtojamlanma hamda “2-avtokorxona” bor edi. Shahar avtobus saroylari asta-sekin yangi rusumli avtobuslar “Ikarus”-80ta, “Ikarus-260” “Liaz-677”, “Laz-695”, “Paz-672”, “Raf-2102” lar bilan yangilana boshladi.

Shaharning “keksa” avtobus saroylaridan bo‘lgan “2-avtosaroy” 1957-yilda, “3-avtobus saroyi” 1953-yilda, “4- avtobus saroyi” 1962-yilda, “5- avtobus saroyi” 1963-yilda, “2519-avtojamlanma” 1966-yilda, “12- avtobus saroyi” 1969-yilda, “7- avtobus saroyi” 1970-yilda, “1- avtobus saroyi” 1973-yilda, “18- avtobus saroyi” 1974-yilda va nihoyat “8- avtobus saroyi” 1983-yilda tashkil topgan.
”8- Avtobus saroyi” 1983-yilning aprel oyida O‘zbekiston Respublikasi Ministrlar Sovetining 1982-yil 23-dekabrdagi Farmoyishi va O‘zbekiston Respublikasi Avtotransport Ministrligining 1982-yil 30-dekabrdagi “912-sonli” buyrug‘iga asosan avtokorxonalar ishlab chiqarish bazasini kengaytirish hamda Toshkent shahrida aholiga transport xizmati ko‘rsatish, madaniyatini oshirish maqsadida faoliyat boshladi.





  1. Download 1.47 Mb.
  1   2   3




Download 1.47 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Korxonaning tarixi va rivojlanish istiqbollari

Download 1.47 Mb.