Korxonaning avtomobil transporti bo‘yicha ma’lumot




Download 1.47 Mb.
bet2/3
Sana06.03.2024
Hajmi1.47 Mb.
#168005
1   2   3
Bog'liq
8 AS
Р. Р. Ибраимов “Система с двумя объектами”, The Mobilization State, Microsoft Word Document, 6-laboratoriya variant, БЖД практика, Microsoft Word Document, Ikramov, Fizika sirtqi II qism, мехатроника, амалиеттитул, Презентация-Microsoft-PowerPoint, 2-MA\'RUZA, 9-sinf Sinf soati, 1 Xorijiy investitsiyalar iqtisodiy mazmuni, Amaliy topshiriq
Korxonaning avtomobil transporti bo‘yicha ma’lumot

“8-Avtobus saroyi” Toshkent shahrining Yunusobod mavzesida joylashgan, hududi - 6 gektar.


Avtosaroyning biirnchi rahbari A.T. Isroilov 1985-yilga qadar mehnat qilgan.
Avtosaroy tasarrufining boshida, ya’ni 1983-yilning aprel oyida 41ta harakat tarkibi mavjud edi. Ulardan 76tasi – “IKARUS - 260”, 35tasi – “IKARUS - 280”.
Avtosaroy dastlab ikkita (51 va 28) yo‘nalishlar bo‘yicha harakat qilgan. 1983-yilning dekabridan ularning soni yettitaga yetdi. U shahar yo‘nalishida 83-jadvalda xizmat ko‘rsatgan.
Asosiy ishlab chiqarish fondlarining dastlabki (balans) qiymati 1984-yil yanvar holatiga ko‘ra 7780,3 ming so‘mni tashkil qilgan.
“8-Avtobus saroyi”ning loyiha quvvati o‘shanda 250 ta “LIAZ” va “LAZ” rusumli avtobuslardan iborat harakat tarkibini tasarruf qilishga mo‘ljallangan edi. Vengriya mahsuloti bo‘lgan “IKARUS” avtobuslari keltirilgan paytda avtosaroy “TX-2”, “TX-1”, “IKARUS – 280” rusumli avtobuslarni texnik ta’mirlash imkoniyatiga ega emas edi. Avtosaroy smeta harajatlarida ko‘rsatilgan ishlarning ko‘p qismi bajarilmaganini, garchi u foydalanishga topshirilgan bo‘lsa-da, talay kamchiliklari bo‘lgani uchun “IKARUS” rusumli avtobuslar keltirilgan birinchi kunlardanoq jamoa katta qiyinchiliklarga duch keldi. Bu esa 1984-1985 – yillarda davlat rejasi bajarilmay qolishiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatdi. V.S.Sabirov direktor etib tayinlanganidan keyin (1985-yil) avtosaroyda ishlab chiqarish bazasini qayta qurish va ta’mirlash, ish sharoitlarini har tomonlama yaxshilash borasida qator ishlar amalga oshirildi. Qisqa muddatlarda, ta’mirlash hududi qayta qurildi, 7ta “post”ga ega bo‘lgan “TX-2” qurib, foydalanishga topshirildi, ustaxonalar ta’mirlandi, zarur jihozlar bilan to‘ldirildi, yangi nazorat ruxsatnoma berish manzili qurildi. 1984 – yilning avgust oyida birinchi marta hujjatlar va hisobotlarni mexanizatsiyalashtirilgan tarzda amalga oshiradigan axborot – hisoblash markazi tashkil etildi.
1985 – yilning yarmidan boshlab ta’mirlash brigadalari uchun mehnatga haq to‘lashning ishbay, ya’ni mehnat unumdorligini hisobga olgan holda amalga oshirish usuli qo‘llanildi.
1986 – yili yo‘nalish haydovchilari brigada shaklida ishlay boshlashdi va bunda, asosan mehnatda ishtirok etish koeffitsiyenti hisobga olindi. 1988 – yildan hujjatlarni qayta ishlash va avtosaroy hodimlari ish haqini hisob-kitob qilish to‘liq mexanizatsiyalashtirildi. “8 – Avtobus saroyi” ga 2 – razryad berilgan (bu razryad 100tadan 200tagacha mashinaga ega bo‘lgan avtokorxonalarga beriladi). 1990 – yili “8 – Avtobus saroyi” ga Z.B.Yeloyev direktor etib tayinlandi.
1991 – yilning iyul oyida avtosaroyga 30ta Chexoslovakiyaning “KAROSA” rusumli avtobusi olib kelindi. Yangi avtobuslar qabul qilinishi bilan avtosaroy hududi kengaytirildi.
Yo‘lovchilarni ko‘zlagan manzillariga yetkazish avtobus xizmatini talab darajasiga ko‘tarishga, xizmat sifati va madaniyatini, mehnat qilish va dam olish sharoitlarini yaxshilash, harakat tarkibiga texnik xizmat ko‘rsatish, va ularni ya’mirlash, yangi texnika va texnologiyani joriy etishda ijobiy yutuqlarni qo‘lga kiritmoqda. 90 – yilllar oxiriga borib esa 90ta “Mersedes – BENZ” va “DAEWOO”, 12ta “OTOYOL” avtobuslari faoliyat yuritishgan.
Poytaxtimizda yo‘lovchilarning transportga bo‘lgan talabi kunsayin ortib bormoqda. Shu bois harakat tarkiblarini ko‘rib chiqish tadbirlari izlanmoqda. Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari, “Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat Boshqaruvi raisi Ravshan Fayzullayevning sa’y – harakatlari bilan 1994 – yilda Sankt – Peterburgdan Toshkentga yagona “Mersedes – BENZ” avtobusi keldi. 1994 – yilning 31 – dekabrida 20ta, 1995 – yilda 25ta, 1996 – yilda 46ta, 1997 – yilda 51ta, 1999 – yilda 55taga yetdi. Poytaxtimiz ko‘chalarida bundan tashqari Turkiyada ishlangan “Connecto”, “Sitaro”, Chehiya mahsuloti “Karosa” mashinalari paydo bo‘lib, qulayligi bilan hamshaharlarimizni quvontirdi.
Tezyurar “Mersedes – Benz 0405” rusumli avtobuslarning paydo bo‘lishi ularga bo‘lgan texnik nazorat talabini oshirdi. Bu ehtiyojni qondirish maqsadida 1996 – yilning 11 – yanvarida “8 – Avtobus saroyi” hududida “Mersedes”larga servis xizmati ko‘rsatish markazi ochildi. “2 – Avtobus saroyi” da esa “Mersedes”larni ta’mirlash uchun maxsus ustaxona ochildi.
Servis xizmat Markazi 15ming chaqirim yo‘l bosgan avtobuslarga texnik xizmat ko‘rsatishdan iborat bo‘lib, har birining maxsus kartotekasi bor. Kartotekadagi ma’lumotlar qismlarda boshlanayotgan har qanday nosozlikni aniqlash va uni tezda bartaraf etish imkonini beradi. Kartoteka ehtiyot qismlar va materiallarni rejalashtirish, buyurtma berishni individual ravishda amalga oshirishga sharoit yaratadi.
“Mersedes – Benz” avtobuslari bir qancha muhim sifatlarga egaligi bilan mavjud “LAZ”, “LIAZ”, “DAEWOO”, “Ikarus” va boshqa transport vositalaridan sezilarli darajada farq qiladi. Avtobusning og‘irligi 9160 kg bo‘lib, “DAEWOO”, “Ikarus” avtobuslaridan 1 tonnaga yengil, yo‘lovchilar tashish imkoniyati 1,7 marta ortiq. “Mersedes – Benz” avtobuslari yoqilg‘ini ham nisbatan kam sarf qiladi, ya’ni “LAZ”, “DAEWOO” avtobuslari 45 – 50 lit yoqilg‘i sarf qilsa, “Mersedes”larniki 39,5 litrni tashkil etadi.

Markazning bugungi kundagi dolzarb vazifasi, qimmatbaho texnikani asrab avaylash, zavod tayyorlovchining barcha turdagi belgilangan ishlar hajmini qat’iy tartibdagi amalga oshirish, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash, servis xizmat ko‘rsatishga sarflanadigan harajatkarni kamaytirish, avtobuslarning texnik nosozlik bilan servis markaziga kirib kelish holatlarini qisqartirishdan iborat.

Hozirgi kunga “8 – Avtobus saroyi”da 35ta “MAN”, 45ta “Saz Le 60”, 50ta “Mersedes-Benz”, 104ta “Isuzu NP 37” avtobuslari 61ta “Yutong” va 14ta “Kinglong” elektrobuslari mavjud.








  1. Download 1.47 Mb.
1   2   3




Download 1.47 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Korxonaning avtomobil transporti bo‘yicha ma’lumot

Download 1.47 Mb.