Toshkent shahar Yunusobod tumani 274-sonli maktabning mehnat ta’limi fani o’qituvchisi




Download 33.5 Kb.
Sana30.08.2023
Hajmi33.5 Kb.
#79888
Bog'liq
Tavsifnoma
5.ТАЪЛИМНИ МОЛИЯЛАШ, 1-Mustaqil ish AX, 9– MAVZU , 01. Ёшлар қонунлиги, 4PHf1VyjrKh5MnWNzPAaVa29E0q0rmtwLpEPVGpU, Mavzu So’zlashuv nutq uslubi. Nutqiy kompetentlikka rioya qilis, 1685041037, Suvonov Javohir1, Tavsifnoma, Ameliyat (eng ohirgisi), Nutq texnikasi va madaniyati

Toshkent shahar Yunusobod tumani 274-sonli maktabning mehnat ta’limi fani o’qituvchisi.
1978-yil 19-iyulda tug’ilgan, millati o’zbek, Oliy ma’lumotli
Zaitova Sanobar Abduraximovnaga


TAVSIFNOMA

Zaitova Sanobar 2009 yilda Nizomiy nomli Toshkent Davlat Pedagogika Universitetining Kasb ta’limi (servis) yo’nalishini tamomlagan. U 2000 yildan boshlab Yunusobod tumanidagi 274-sonli umumta’lim maktabida “Mehnat ta’limi” fanidan dars berib kelmoqda.


U 16 yillik pedagogik faoliyatga,ikkinchi malaka toifasiga ega. Zaitova Sanobar 2013-2014-o`quv yilida Toshkent shahar Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida o`qib, o`z malakasini oshirib keldi.Maktabda ishlash jarayonida Zaitova Sanobar intizomli, vijdonli,ziyrak va zukko, oriyatli, hamkasblariga nisbatan jonkuyar, o’quvchilarga kuyinchak, faol xodim sifatida o’zini namoyon qilib kelmoqda. U istedodli va bilimdon o’qituvchi,o’z kasbining ustasi.
Zaitova Sanobar 5-6-7-8-9 sinflarda “mehnat ta’limi” fanidan dars berib kelmoqda.Sanobarning darslarini kuzatganimizda u o`z fanini yaxshi biladi, izlanuvchan, ijodkor,darslarida zamonaviy yangi pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanadi, qiziqarli, jonli, har xil metodlar va o’yinlardan foydalangan holda qiziqtirib dars o`tadi.O`quvchilarning qiziqishlari,qobilyatlari, moyilliklarini aniqlagan holda, ularni kasb-hunarga to’g’ri yo’naltiradi va darsiga qiziqtira olgan. Har yili yuqori sinf o’quvchilari bilan “Kasblar festivali”,”Qiz bolaning kasbi-uning baxti”,”Balli qizlar”,”Kasbim-fahrim” va boshqa mavzulardagi ko’rik-tanlovlar o’tkazib kasbga yonaltirish bo;yicha o’z xissani qo’shib kelmoqda.
Zaitova Sanobar har bir darsiga puxta tayyorgarlik ko’rib o’tadi.Darslarini texnika vositalari,tarqatma materiallari, testlar, elektron darsliklar, multimediya vositalari, zamonaviy pedtexnologiyalardan, innovasion usullarni qo’llagan xolda o’tadi. O’quvchilarning o’zlashtirish darajasi DTS talablariga mos.
U “Mohir qo’llar” to’garak mashg’ulotlarini doim o’kazadi va o’quvchilari tumanda o’tkaziladigan “Fasn oyligi” festivalida faol ishtirok etib kelmoqda. U nafaqat maktab tadbirlarida, tuman va shaharda o’tkaziladigan tadbirlarda ham faol ishtirok etib kelmoqda.
Zaitova Sanobar maktab jamoat ishlarida faol qatnashadi. Maktab jamoasi, maktabdagi o’vchilar uni hurmat qilishadi. Zaitova Sanobar har bir o’quvchini tushunib, qalbiga yo’l topib, ijodkorlik bilan ish olib boradigan mahoratli,o’z fanini mukammal bilgan, tirishqoq, g’ayratli, shijoatli va mehribon ustoz.

M.M.I.B.D.O’: T.S.Ibragimova


O’.T.I.B.D.O’: A.A.Abduqodirov
Maktab metod birlashma raisi: F.I.Shonasirova.
Maktab rahbari: S. U. Mahkamov
Download 33.5 Kb.




Download 33.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent shahar Yunusobod tumani 274-sonli maktabning mehnat ta’limi fani o’qituvchisi

Download 33.5 Kb.