• Kredit-modul tizimining asosiy vazifalari
  • Paydo boʻlish tarixi
  • Bolonya deklaratsiyasi da koʻzda tutilganidek, kredit-modul tizimi aynan ­mustaqil taʼlimga urgʻu qaratgani holda, asosan, ikkita funksiyani bajarishga ­xizmat qiladi
  • Oʻzbekiston oliy oʻquv yurtlarida qoʻllanilishi
  • GPA (Grade Point Average) – taʼlim oluvchining dastur boʻyicha oʻzlashtirgan ballari oʻrtacha qiymati boʻlib, u quyidagi formula yordamida hisoblanadi
  • U – har bir fan/modul boʻyicha talaba toʻplagan baho;
  • Kredit toʻplash
  • Web dasturlashga kirish fani
  • Kredit-modul tizimi




    Download 0,69 Mb.
    Sana05.02.2024
    Hajmi0,69 Mb.
    #151500
    Bog'liq
    Kredit modul tizimi boyicha taqdimot

    Kredit-modul tizimi

    Kredit-modul tizimi, bu – taʼlimni tashkil etish jarayoni boʻlib, oʻqitishning modul texnologiyalari jamlamasi va kredit oʻlchovi asosida baholash modeli hisoblanadi. Uni bir butunlikda olib borish serqirra hamda murakkab tizimli jarayon hisoblanadi. Kredit-modul tamoyilida ikkita asosiy masalaga ahamiyat beriladi: talabalarning mustaqil ishlashini taʼminlash; talabalar bilimini reyting asosida baholash

    Kredit-modul tizimi, bu – taʼlimni tashkil etish jarayoni boʻlib, oʻqitishning modul texnologiyalari jamlamasi va kredit oʻlchovi asosida baholash modeli hisoblanadi. Uni bir butunlikda olib borish serqirra hamda murakkab tizimli jarayon hisoblanadi. Kredit-modul tamoyilida ikkita asosiy masalaga ahamiyat beriladi: talabalarning mustaqil ishlashini taʼminlash; talabalar bilimini reyting asosida baholash

    Kredit-modul tizimining asosiy vazifalari

    Kredit-modul tizimining asosiy vazifalari sifatida quyidagilar eʼtirof etiladi:

    • oʻquv jarayonlarini modul asosida tashkil qilish;
    • bitta fan, kurs (kredit)ning­qiymatini aniqlash;
    • talabalar bilimini reyting bali asosida baholash;
    • talabalarga oʻzlarining oʻquv rejalarini individual tarzda tuzishlariga imkon yaratish;
    • taʼlim jarayonida mustaqil taʼlim olishning ulushini oshirish;
    • taʼlim dasturlarining qulayligi va mehnat bozorida mutaxassisga qoʻyilgan talabdan kelib chiqib oʻzgartirish mumkinligi

    Paydo boʻlish tarixi

    Kredit ilk marotaba XVIII va XIX asrlarda AqSh universitetlarida joriy etilgan boʻlib, oʻquv jarayonlarini liberalizatsiya qilish, talabaning haftalik akademik yuklamasini belgilab berish maqsadida yaratilgan.

    1869-yilda Garvard universiteti prezidenti, Amerika taʼlimining taniqli arbobi Charlz Uilyam Eliot „kredit soati“ tushunchasini isteʼmolga kiritadi. Shunday qilib, 1870 – 1880-yillarda kredit soatlari bilan oʻlchanadigan tizim joriy qilinadi. Kredit tizimi bilan oʻqish va oʻquv dasturlarini oʻzlashtirish talabalarga oʻquv jarayonini mustaqil ravishda rejalashtirish, uning sifatini nazorat qilish, taʼlim texnologiyalarini ­takomillashtirish uchun imkoniyat yaratib berdi.

    Kredit toʻplash oʻlchovining kiritilishi talabaga katta erkinlik berish bilan bir qatorda, kelajakda tanlagan sohasining raqobatbardosh mutaxassisi boʻlib yetishishi uchun akademik jarayonni mustaqil rejalashtirish imkonini ham taqdim etdi. Ayni chogʻda, baholash tizimi va taʼlim texnologiyalarining takomillashishiga ham olib keldi.

    Bolonya deklaratsiyasida koʻzda tutilganidek, kredit-modul tizimi aynan ­mustaqil taʼlimga urgʻu qaratgani holda, asosan, ikkita funksiyani bajarishga ­xizmat qiladi:

    Bolonya deklaratsiyasida koʻzda tutilganidek, kredit-modul tizimi aynan ­mustaqil taʼlimga urgʻu qaratgani holda, asosan, ikkita funksiyani bajarishga ­xizmat qiladi:

    birinchisi, talabalar va oʻqituvchilarning mobilligini, yaʼni bir oliy taʼlim muassasasidan boshqa OTMga toʻsiqlarsiz, erkin ravishda oʻtishini (oʻqishni yoki ishni koʻchirish)ni taʼminlaydi;

    ikkinchisi, talabaning tanlagan taʼlim yoʻnalishi yoki mutaxassisligi boʻyicha barcha oʻquv va ilmiy faoliyati uchun akademik yuklama – kredit aniq hisoblab boriladi. Kredit yigʻindisi talabaning tanlagan ­dasturi boʻyicha nimani qancha oʻzlashtirganligini namoyon etadi

    Oʻzbekiston oliy oʻquv yurtlarida qoʻllanilishi

    Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahakamasining 2020-yil 31-dekabrdagi „Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim jarayonlarini tashkil etish bilan bogʻliq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi qarori asosida „Oliy taʼlim muassasalarida oʻquv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisida“ NIZOM tasdiqlangan. Mazkur Nizomda esa kredit-modul tizimiga oid asosiy tushunchalar berib oʻtilgan. Unga koʻra:

    GPA (Grade Point Average) – taʼlim oluvchining dastur boʻyicha oʻzlashtirgan ballari oʻrtacha qiymati boʻlib, u quyidagi formula yordamida hisoblanadi:

    GPA =K1U1+K2U2+K3U3…+KnUn : K1+K2+K3…+Kn ga tengdir.

    Bunda:

    K – har bir fan/modulga ajratilgan kreditlar miqdori;

    U – har bir fan/modul boʻyicha talaba toʻplagan baho;

    Kredit – taʼlim olish natijalariga koʻra talaba tomonidan muayyan fan boʻyicha oʻzlashtirilgan oʻquv yuklamasining oʻlchov birligi. Kreditlar qoidaga muvofiq butun, kasr sonlarda ifodalanishi mumkin;

    Kredit – taʼlim olish natijalariga koʻra talaba tomonidan muayyan fan boʻyicha oʻzlashtirilgan oʻquv yuklamasining oʻlchov birligi. Kreditlar qoidaga muvofiq butun, kasr sonlarda ifodalanishi mumkin;

    Kredit toʻplash – taʼlim elementlarini oʻzlashtirish va boshqa yutuqlarga erishish natijasida taqdim etiladigan kredit birliklarini toʻplash;

    Talabaning shaxsiy taʼlim trayektoriyasi – talaba tomonidan tanlangan hamda unga ketma-ketlikda bilimlar toʻplash va xohlagan kompetensiyalar yigʻindisiga ega boʻlish imkoniyatini beradigan yoʻnalish (marshrut).

    Oʻqish yuklamasi – talaba tomonidan oʻquv faoliyatining barcha turlari – maʼruza, amaliy mashgʻulot, seminar, laboratoriya ishi, kurs loyihasi (ishi), amaliyot va mustaqil ishni amalga oshirish asosida kutilgan oʻquv natijalariga erishish uchun zarur boʻlgan soatlar hajmi

    Web dasturlashga kirish fani

    Fan 4 semestr oqitiladi

    ECTS kreditlar 5

    Haftasiga dars 4

    Auditoriya mashgulotlari 60 soat

    Mustaqil ta’lim 90 soat

    Jami yuklama 150 soat

    Fandan JN+ON+YN+MT=30+30+30+10=100


    Download 0,69 Mb.




    Download 0,69 Mb.