• Kredit ta’minoti: bu nima va u nega kerak
  • Kredit ta’minoti va uning shakillari




    Download 20.04 Kb.
    bet1/3
    Sana30.10.2023
    Hajmi20.04 Kb.
    #91060
      1   2   3
    Bog'liq
    Kredit ta’minoti va uning shakillari


    Kredit ta’minoti va uning shakillari

    Mijozlar bankdan kredit olishda ko’p hollarda qo'shimcha ta'minot taqdim qilinishi talabi bilan duch keladi.


    Masalan, mol-mulkni garovga qo’yish yoki kafil berish. Kredit ta’minoti o’zi nima, u nega zarur va nima ta’minot sifatida qabul qilinishi mumkin, batafsilroq aytib beramiz.


    Kredit ta’minoti: bu nima va u nega kerak?

    Banklar turli mahsulotlardan daromad oladilar, ularning eng daromadlisi esa bu kreditlardir. Berilgan pulning qaytarilishini ta'minlash maqsadida banklar turli xil choralarni qo'llashlari mumkin: qarz oluvchini diqqat bilan tekshirish, to'lov qobiliyatini tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilish, faqat ma'lum toifadagi mijozlar bilan ishlash va hokazo. Ammo risklarni minimallashtirish uchun kreditor kredit garovi ko'rinishidagi qo'shimcha kafolatlardan ham foydalanishi mumkin, bu esa kreditni to'lamay qolish ehtimolini sezilarli darajada kamaytiradi.




    Ta'minot - berilgan kredit bo'yicha bank manfaatlarini himoya qilish mexanizmlaridan biri. Darhaqiqat, bu bankka qarz oluvchi moliyaviy muammolar yuzaga kelgan taqdirda ham olingan mablag'larni foizlar bilan qaytarishiga ishonch hosil qiladigan kafolatdir. U asosan mijoz katta miqdordagi kredit olishni xohlasa yoki uning kredit tarixi shubhali bo'lsa (yomon kredit tarixi) qo'llaniladi.

    Kreditlarni ta'minlash qarz oluvchiga ham bir qancha imkoniyatlarni beradi:



    • kattaroq miqdorda kredit olish imkoniyati;

    • kredit shartnomasini uzoqroq muddatga rasmiylashtirish;

    • so’ralgan kredit miqdori tasdiqlanishi ehtimoli yuqoriroq bo’lishi.

    Ushbu munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonuni bilan tartibga solinadi: Banklar garov, kafolatlar, kafillik, majburiyatlar asosida va majburiyatlar bajarilishini ta’minlashning qonunda nazarda tutilgan boshqa usullari asosida kreditlar beradi.
    Har bir bank majburiyatlarni bajarish tartibini mustaqil ravishda belgilaydi va ularni shartnomada belgilab qo’yadi. Agar shartnoma majburiyatlari buzilgan bo'lsa, kreditor qo’shimcha foiz hisoblash, shuningdek o’zining undirish huquqidan foydalanishi mumkin - mol-mulkni sotish, kompensatsiya talab qilish, kafilni javobgarlikka tortish va h.k.

    Download 20.04 Kb.
      1   2   3




    Download 20.04 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kredit ta’minoti va uning shakillari

    Download 20.04 Kb.