|
-VAZIFA. JADVALDA BERILGAN SAVOLLARGA JAVOB YOZING
|
bet | 18/21 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 78,84 Kb. | | #230877 |
Bog'liq dinshunoslik topshiriq13-VAZIFA. JADVALDA BERILGAN SAVOLLARGA JAVOB YOZING (JAVOBLAR TO‘LIQ BO‘LISHI LOZIM)
T/r
|
Savol
|
Javob
|
1
|
Zamonaviy xalqaro missiyalarning bugungi faoliyati
|
• yangi xalqaro missiyaning maqsad va vazifalarini e'lon qilib, keng ko‘lamdagi tushuntirish ishlarini olib borib,
missionerlar uchun maxsus risola va qo‘llanmalar ishlab chiqaradilar
• xalqaro missiya tarkibida ma'lum mamlakatga yuboriladigan ko‘ngilli nomzodlarni aniqlaydilar
• ko‘ngilli nomzodlar orasidan bo‘lajak xalqaro missionerlarni tanlab oladilar
• tanlab olingan bo‘lajak missionerlarni maxsus maktablarda o‘zlari yuboriladigan mamlakat aholisi, ularning tili,
urf-odatlari, faoliyat olib borishning samarali vositalari va usullari bo‘yicha maxsus tayyorgarlikdan o‘tkazadilar
• tayyor bo‘lgan missionerni tegishli moliyaviy manbalar va maxsus rejalar bilan ta'minlagan holda belgilangan mamlakatga jo‘natadilar
|
2
|
Missionerlik faoliyatida ijtimoiy tabaqalar bilan ishlash strategiyasi
|
Missionerlar makon va zamonga moslashgan holda o‘z uslub va vositalarini doimiy takomillashtirib kelganlar. So‘nggi vaqtlarda ular ma’lum bir ijtimoiy qatlamni ajratib olib, maqsadli ish olib borishga intilmoqdalar. Jumladan, missionerlar asosiy e’tiborni aralash millat vakillaridan iborat oilalarning a’zolari, ilgari hech bir dinga e’tiqod qilmagan, og‘ir xastalikka, judolikka, moddiy qiyinchilikka duch kelgan, axloq tuzatish muassasalaridan chiqib kelgan, ya’ni moddiy va ma’naviy ko‘makka muhtoj kishilarga qaratmoqdalar. Ziyolilarning turli qatlamlari ichida san’at sohasi xodimlari, kutubxonachilar, o‘rta maktab o‘qituvchilari, turli idoralar xizmatchilari faol missionerlik targ‘iboti ob’ekti sifatida tanlanayotganini ham qayd etish lozim. Bunday yondashuvda o‘ziga xos mantiq bor. Masalan, prozelit san’atkor san’atning hissiy-emotsional ta’sir quvvatidan foydalanib, e’tiqodiy bosim o‘tkazishda yuqori samaradorlikka erishishi mumkin bo‘lsa, e’tiqodini o‘zgartirgan kutubxonachida esa «o‘lja» sifatida tanlanganlar bilan yakka tartibda ishlash imkoniyati mavjud bo‘ladi. Missionerlarga tabiatan ishonuvchan, tashqi ta’sirga moyil bo‘lgan va ayni paytda, hayotda sabr-bardoshli va fidoiy bo‘lish bilan bir qatorda hamisha ma’naviy-ruhiy ko‘makka, qo‘llab-quvvatlashga ehtiyoj sezadigan ayollarga ham alohida e’tibor bilan qaramoqdalar. Ularning maqsadi jamiyatda beqarorlikni keltirib chiqarish, ijtimoiy va milliy totuvlik asoslariga rahna solishdir.
|
3
|
Missionerlikda yoshlarga alohida e’tibor berilishining sabablari
|
Yoshlarning faol ijtimoiy kuchga aylanib borayotgani bugungi kunda ularning turli mafkuraviy ta’sir va tazyiqlarning asosiy ob’ektiga aylanishiga olib keldi. Bunda ularning jamiyatning hali yetarli tajribaga ega bo’lmagan, tashqi ta’sirlarga tez beriluvchan va ayni paytda, eng harakatchan qatlami ekani inobatga olinmoqda.
|
4
|
Missionerlikdagi yangi tendensiyalar
|
Yuqoridagi hususiyatlar bilan bir qatorda, zamonaviy missionerlikni belgilangan maqsadlarning mohiyatidan kelib chiqib, shartli ravishda ikki guruhga bo'lish mumkin. Birinchi guruhga missionerlikni o'ziga hos biznesga, shaxsiy boyish manbaiga aylantirgan tashkilotlarni kiritish mumkin. Bunday tashkilotlar asoschilari kiritish mumkin. Bunday tashkilotlar asoschilari e'tiqod qiluvchilar sonini ko'paytirishdan ularning mulki va boyligiga egalik qilish hisobiga o'zlarning moliyaviy imkoniyatlarini yaxshilash va kengaytirishdek maqsadlarini ko'zlaydilar. Zamonaviy sektalarning mutlaq ko'pchiligini shu guruhga kiritish mumkin. Ikkinchi guruhga missionerlikdan shu guruhga siyosiy qurol sifatida foydalanayotgan tashkilot va uyushmalarni kiritish mumkin. Bunday guruhlar ortida muayyan hududlarga nisbatan o'zining aniq geosiyosiy rejalariga ega bo'lgan davlatlar va siyosiy kuchlar turishi bugungi kunda hech kimgan sir emas.
|
5
|
Missonerlikni oldini olishning huquqiy asoslari
|
Vijdon erkinligi-fuqarolarning har qanday dinga e'tiqod qilish yoki hech qanday dinga e'tiqod qilmaslik bilan bog'liq konstitutsiyaviy huquqidir. U inson huquq va erkinliklarining ajralmas qismi hisoblanadi. Konstitusiyamizda insonning bunday huquq va erkinliklarini ta'minlash bilan bog'liq bir qator qoidalar mustahkamlab quyilgan. Barcha fuqarolarning bir xil huquq va erkinliklarga, jumladan, e'tiqod erkinligi huquqiga egaligi, dini va e'tiqodidan qa'tiy nazar, qonun oldida tengligi haqidagi qoida ularning asosini tashkil etadi
|
6
|
Diniy sektalar va ular faoliyatining oqibatlari
|
Sekta bu – faqat o‘zini haq din, insonlarni najotga etkazuvchi deb da’vo qiladigan, aslida esa muayyan siyosiy va iqtisodiy maqsadlarni ko‘zlaydigan guruh hisoblanadi. Psixologlar mazkur sektalarni «ommaviy ijtimoiy-psixologik qirg‘in quroli» deb ta’riflaydilar. Diniy sekta deganda ma’lum bir dindagi rasmiy aqidalarga zid ravishda ajralib chiqqan yoki mavjud dinlar va konfessiyalarga umuman aloqasi bo‘lmagan holda din bayrog‘i ostida faoliyat ko‘rsatadigan guruhlar tushuniladi. Bugungi kunda missionerlik faoliyati bilan asosan turli sektalar shug‘ullanadi. Hozirgi kunda taxminan 5000 ta sektaning faoliyati aniqlangan. Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatimiz bilan chegaradosh bo‘lgan davlatlarda «Bogorodichiy sentr», «Serkov ob’edineniya», «Serkov Iisusa», «Serkov Novogo Zaveta», «Beloe bratstvo», «Bojestvennыy orden Pervogo Angela», «Farxat ata», «Dianetika» kabi yuzlab diniy sektalar faoliyat olib bormoqda. Iblisga ibodat qilishga asoslangan «Satanizm» sektasi ham ayrim qo‘shni respublikalarda keng tarqalmoqda. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, o‘ta xavfli bo‘lgan mazkur sektaning Rossiyada 100 ming, Er yuzida 5 milliondan ortiq tarafdori bor.
|
7
|
Kibermakondagi din niqobidagi axborot tahdidlaridan himoyalanish choralari
|
Kibermakon kompyuter tarmoqlari orqali amalga oshiriladigan muloqot maydonini ifodalovchi voqelik sifatida 1990 yildan boshlab keng miqyosida rivojlanib, takomillashib kelmoqda. Kibermakon tushunchasini dastlab kanadalik yozuvchi Uilyam Gibson 1982 yil «Sojjenie Xrom» («Burning Chrome») nomli hikoyasida yozadi. Keyinchalik, Gibsonning 1990 yilda yozib tugatgan «Neuromancer» («Asabli manzaralar tasvirlovchisi», «Nervo-sochinitel») nomli texno-utopik fantastik trilogiyasida qo‘llagan. Bu asardagi kibermakon tushunchasi millionlab odamlarning jamoaviy sarob, xayolparastlikning o‘ziga xos ko‘rinishi sifatida tasvirlangan. Bu erda jamoaviy sarob yoki xayolparastlik inson ongida sub’ektiv psixologik holat sifatida namoyon bo‘ladi. Ijtimoiy nuqtai-nazardan kibermakon deganda kompyuter tarmog‘i orqali bir-biri bilan bog‘langan va bir vaqtning o‘zida turli geografik nuqtada kesishuvchi har qanday mavjud kompyuterning grafik sifatidagi ma’lumotlariga o‘ralashib qolgan kishilar jamoasi tushuniladi. Hozirgi davrda fan, texnika va asosan kompyuter taraqqiyoti mahsuli bo‘lgan kibermakon va uning boshqaruvchi qiyofasi «superkorporatsiya» texnologiyalarning insoniylikdan begonalashuvi natijasida din niqobidagi ijtimoiy va madaniy buzg‘unchilikni sodir etishga bo‘lgan urinishlar tobora kuchayib bormoqda. Jumladan, bugungi kunda kiberterrorchilik tuzilmalari o‘z g‘arazli maqsadlari yo‘lida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanishga urinmoqda. «Kibermakon»da din niqobidagi «kiberhujum»lar tahdidi: din niqobi ostidagi ekstremistik saytlarda asosan davlat to‘ntarilishi va xunrezlik urushlari haqida gap boradi. Jumladan, bugungi kunda dunyoda eng katta xavf solib turgan ISHID guruhining internet kibermakonidagi axborot hujumi va tahdidini keltirib o‘tish mumkin. Ularda ISHID go‘yo Islom yo‘lida «qurbon» bo‘layotgani aks etgan videolavhalar va fotosuratlar joylashtirilgan.
|
|
| |