Кремовая и желтая школьная презентация по физике с подвижными элементами, геометрическими и абстрактными фигурами




Download 16.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana08.01.2023
Hajmi16.62 Mb.
#37761
  1   2
Bog'liq
tarix
CHANNEL @articles365


KADRLAR
TAYYORLASH
VA TALIM
SOHASINI
ISLOH QILISH 
HOJIMATOVA NOZIMA


Reja:
· 1. O’zbekiston Respublikasining
“Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni (1997 yil). Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi.
· 2. Kadrlar tayyorlash milliy
modelining asosiy tarkibiy qismlari.
· 3.Ta’lim muassasalarining turlari
va faoliyati.
·


O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisi 9
sessiyasi (1997 yil 29 avgust)da ta'lim-
tarbiya tizimini tubdan isloh qilish va uni
yangi zamon talabi darajasiga ko’tarishni
nazarda tutuvchi muhim davlat hujjatlari
«Ta'lim to’g’risida»gi Qonun va Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi qabul qilindi. Shu
munosabat bilan yurtboshimiz «Barkamol
avlod- O’zbekiston taraqqiyotining
poydevori» mavzusida nutq so’zlab, ta'lim-
tarbiya tizimida islohatlar o’tkazish
zarurati va omillarini asoslab
berdilar.“Ta'lim to’g’risidagi” ushbu qonun 
5 bo’lim, 34 moddadan iborat bo’lib,
uning maqsadi fuqarolarga ta'lim, tarbiya
berish, kasb-hunar o’rgatishning huquqiy
asoslarini belgilash hamda har kimning
bilim olish mumkinligi kabi konstitutsiyaviy
huquqini ta'minlashdan iboratdir.
РИС. 1


1-bo’lim «Umumiy qoidalar» deb nomlanadi. Unda ta'lim
sog’asidagi davlat siyosatining asosiy printsiplari, bilim
olish, pedagogik faoliyat bilan shug’ullanish xuquqlari,
ta'lim muassasasining xuquqiy maqomi, DTS, ta'lim berish
tili kabi masalalar o’z ifodasini topgan.
2- bo’limda ta'lim tizimi va turlari mohiyati yoritilgan.
Masalan, 9 -moddada ta'lim tizimining mohiyati 
ifodalangan. Qonunga ko’ra ta'lim tizimimiz
quyidagilarni o’z ichiga oladi: Davlat ta'lim
standartlariga muvofiq ta'lim dasturlarini amalga
oshiruvchi davlat va nodavlat ta'lim muassasalarini;
ta'lim tizimini rivojlanishini ta'minlash uchun zarur 
bo’lgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy-pedagogik
muassasalarni; ta'lim sog’asidagi davlat boshqaruv
organlari, shuningdek ularga qarashli korxona, muassasa
va tashkilotlarni
3- bo’limida ta'lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy
himoya kilish, 
4-bo’limida ta'lim tizimini boshqarish masalalari
yoritilgan.
5- bo’limda esa Yakuniy qoidalar ifodalab berilgan.
TALIM TO'G'RISIDAGI QONUN:


 «Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi»ning maqsadi – ta’lim
sohasini tubdan isloh qilish, uni
o’tmishdan qolgan mafkuraviy qarash
va sarqitlardan to’la xalos etish,
rivojlangan demokratik davlatlar
darajasida, yuksak ma’naviy va
axloqiy talablarga javob beruvchi
yuqori malakali kadrlar tayyorlash
Milliy tizimini yaratishdan iboratdir.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da
ilgari surilgan maqsadning to’laqonli
ro’yobga chiqarish bir qator
vazifalarning ijobiy hal qilinishiini
nazarda tutadi. 
KADRLAR TAYYORLASH
MILLIY DASTURI 


- «Ta’lim to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ta’lim tizimini isloh qilish,
davlat va nodavlat ta’lim muassasalari hamda ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida, raqobat muhitini
shakllantirish negizida ta’lim tizimini yagona o’quv, ilmiy-ishlab chiqarish majmui sifatida izchil
rivojlantirishni ta’minlash;
ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirayotgan demokratik huquqiy davlat qurilishi
jarayonlariga moslashtirish;
k-adrlar tayyorlash tizimi muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash, pedagogik
faoliyatining nufuzi va ijtimoiy maqomini ko’tarish;
-kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan,
jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib
chiqqan holda qayta qurish;
-ta’lim oluvchilarni ma’naviy axloqiy tarbiyalashning va ma’rifiy ishlarning samarali shakllari hamda
uslublarini ishlab chiqish va joriy etish;
- ta’lim va kadrlar tayyorlash, ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o’tkazish va akkreditatsiya qilish
sifatiga baho berishning xolis tizimini joriy qilish;
- yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda ta’limning talab qilinadigan darajasi va sifatini, kadrlar
tayyorlash tizimining amalda faoliyat ko’rsatishi va barqaror rivojlanishining kafolatlarini, ustuvorligini
ta’minlovchi normativ, moddiy-texnika va axborot bazasini yaratish
-lim, fan, ishlab chiqarish samarali integratsiyalashuvini ta’minlash, tayyorlanayotgan kadrlarning
miqdori va sifatiga nisbatan davlatning talablarini, shuningdek, nodavlat tuzilmalari, korxonalar va
tashkilotlarning buyurtmalarini shakllantirishning mexanizmlarini ishlab chiqish;
- uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimiga byudjetdan tashqari mablag’lar, shu jumladan, chet el
investitsiyalari jalb etishning real mexanizmlarini ishlab chiqish va ajoriy etish
-Kadrlar tayyorlash sohasida o’zaro manfaatli xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
KADRLAR TAYYORLASH MILLIY DASTURI VAZIFALARI 


Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy, tarkibiy
qismlari. Kadrlar tayyorlash milliy modeli faqat ta’lim-
tarbiya jarayoninigina qamrab olmay, ishlab chiqarish
va ijtimoiy munosabatlarni ham o’z ichiga oladi.
Kadrlar tayyorlash milliy modeli shaxs, davlat va
jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan va ishlab chiqarish kabi
tarkibiy qismlarning o’zaro hamkorligi, ular o’rtasidagi
o’zaro aloqadorlik asosida «yuksak ma’naviy va
axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali
kadrlarni tayyorlash Milliy tizimi» mohiyatini aks
ettiruvchi andoza, loyiha hisoblanadi
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning asosida
kadrlar tayyorlash milliy modeli va uning mohiyati
yoritiladi. Milliy modelning o’ziga xos xususiyati
mustaqil ravishda to’qqiz yillik umumiy o’rta hamda
uch yillik o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limini joriy etilishi
bilan belgilanadi. Bu esa o’z navbatida umumiy ta’lim
dasturlaridan o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi
dasturlariga o’tilishiga zamin yaratadi.


SHAXS
SHaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti
va ob’ekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarning
iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchidir.
SHaxs uzluksiz ta’lim jarayonida dunyoviy, ilmiy
bilimlarni o’zlashtiradi, fan asoslarini puxta
egallaydi, ishlab chiqarish sohalari bilan
tanishadi, shuningdek, o’zida ijtimoiy ta’sirlar
yordamida ma’naviy-axloqiy sifatlarni tarbiyalab
boradi. SHaxsda o’zlashtirilgan bilim, faoliyat
ko’nikmalari va hayotiy tajriba asosida kasbiy
mahorat ham shakllanib boradi. YUksak ma’naviy-
axloqiy sifatlar va yuqori darajadagi kasbiy
malakaga ega bo’lish uchun shaxs o’z oldiga
muayyan maqsadni qo’ya olishi hamda unga
erishish yo’lida tinimsiz izlanishi, o’qib-o’rganishi
lozim. SHundagina u ijtimoiy raqobatga chidamli,
malakali kadr bo’lib shakllanadi.
SHaxs ta’lim xizmatlarining yaratuvchisi sifatida
tegishli malaka darajasini olgach, ta’lim, moddiy
ishlab chiqarish, fan, madaniyat va xizmat
ko’rsatish sohasida faoliyat ko’rsatadi va uz bilimi
hamda tajribasini o’rgatishda ishtirok etadi».



Download 16.62 Mb.
  1   2




Download 16.62 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Кремовая и желтая школьная презентация по физике с подвижными элементами, геометрическими и абстрактными фигурами

Download 16.62 Mb.
Pdf ko'rish