|
Maynerlar va ularning elektron tijoratdagi ahamiyati
|
bet | 5/7 | Sana | 05.01.2024 | Hajmi | 0,59 Mb. | | #130937 |
2.2. Maynerlar va ularning elektron tijoratdagi ahamiyati
Maynerlar, ya’ni kriptoiqtisodiyotda raqamli valyutalarni yaratuvchi (emissiya qiluvchi) subyektlar 2015-2018-yillarda bitkoin kursining oshishi hisobiga ulkan daromadga ega bo‘ldilar hamda uning kursi 2015 hamda 2018- yillarda keskin kamayishidan katta ziyon ham ko‘rdilar. Ammo, shunga qaramay, kriptovalyutalar yordamida salohiyat foyda olish imkoniyati mavjudligi tufayli, ko‘pchilik insonlar va kompaniyalar o‘zlarning kompyuter resurslarini mayning sohasiga jalb etishni hali ham davom ettirmoqdalar.
Xarajatlar, ayniqsa, elektr energiyasi xarajatlari o‘sishi foyda olishni tobora qiyin vazifaga aylantirishiga qaramay, mayningda kompyuter quvvatlarining hayratlanarli tarzda o‘sishi kuzilmoqda. Bitkoin jamiyatining ayrim a’zolari mayningni – o‘zlari uchun farovon hayot timsolideb hisoblanadilar va bunga ishonadigan kishilar yetarli darajada ko‘p. Shunday qilib, mayning ayni damda «qurollanish poygasi» yoki «xeshreytlar urushi» bosqichida turibdi.
Maynerlar bitkoin matematik masalalarini yechishda g‘olib chiqish uchun tobora yuqori natija beruvchi super kompyuterlardan va algoritmlardan foydalanmoqdalar. Nazariy jihatdan blokcheyn faqat bitta bo‘lishi lozim va u asta-sekinlik bilan barcha tasdiqlangan tranzaksiyalarning uzluksiz, monolit qaydini yaratuvchi xesh-aloqalar asosida shakllanadi. Vaqti-vaqti bilan blokcheynda ikkilanishlar paydo bo‘ladi: tashlangan – tugallanmagan yoki tasdiqlanmagan tranzaksiyalar bloki vujudga keladi.
Boshqa maynerlar uni verifikatsiya qilishga urinadilar, lekin ba’zida uning qonuniyligi va unga o‘z bloklarini qo‘shib olish immkoniyatiga ishonchlari komil bo‘lmaydi. Biroq umumiy rozilikka asosan tashkil qilingan bitkoin tizimi zo‘r mahorat bilan ishlangani shundaki, bunday ikkilanishlar uzoq vaqt davom etmaydi. Axir maynerlar guruhlari eng uzun blokcheyn tarmog‘i qonuniy hisoblanadi degan taxmindan kelib chiqib, harakat qiladilar.
Maynerlarning aksariyati, muayyan blokcheyn tarmog‘i ustida birgalikda ishlab, uning qonuniyligini tasdiqlaydilar. Chunki ular ko‘pchilik maynerlar tomonidan tan olinmaydigan zanjirning kichik tarmog‘ini xato ravishda (yoki firibgarlik maqsadlarida) davom ettishga harakat qilib, ushbu kichik qismi ega bo‘lgan hisoblash resurslariga ega bo‘ladilar. Kattaroq hisoblash resursi shuni anglatadiki, unga ega maynerlarning ko‘pchiligi ko‘proq sonli kriptotangalar yutadilar va vaqt o‘tishi bilan uzunroq blokcheyn zanjirini quradilar.
Bu holatni o‘z bloklarini bloklar raqamlari pastroq bo‘lgan va zanjirlari qisqaroq tarmoqlariga ulovchi kompyuterlar darhol sezib qoladi. Bu «adashgan» maynerlar keyinroq zanjirning uzunroq tarmog‘iga o‘tib oladilar. Bloklar va tranzaksiyalarularni maynerlarning ko‘chiligi shunday hisoblagan holdagina qonuniy hisoblanadilar. Agar alohida olingan bir mayner o‘z qo‘lida tarmoq hisoblash resursining 50 %dan ortig‘ini mujassam etsa, muammo yuzaga kelishi mumkin.
Shunday qilib, ochiq kodli dasturlar bilan ishlovchi dasturchilar guruhi hozirgi paytda «egoistik mayning» va «51% hujum»dan himoya qilishning qo‘shimcha choralarini qidirish bilan mashg‘ullar. To‘g‘risini aytganda, bitkoin yaratilgan paytdan beri bunday turdagi hech qanday muttahamlik sodir bo‘lmagan. Satoshi Nakamoto yozganidek, «…agar qaysidir serg‘ayrat firibgar barcha maynerlarning hammasidan ko‘proq hisoblash resurslari to‘plashning uddasidan chiqadigan bo‘lsa, u tanlov oldida qoladi: o‘z bitkoinlaridan takroran foydalanish yoki uning yordamida yangi tangalar hosil qilish asnosida undan firibgarlik maqsadlarida foydalanish. Ehtimol, u qoidalar bo‘yicha o‘ynash foydaliroq deb qaror qilishi mumkin: bu unga barcha nayranglardan ko‘ra ko‘proq tanga keltiradi, nayranglar butun tizimni barbod qilishi va uning farovonligini yakson qilishi mumkin».
Farovonlik darajasidagi farq katta ekanligi Uoll-Stritlik «semiz mushuklar» nazorati ostidan chiqishga va «xalq valyutasi» sifatida vujudga kelgan kriptovalyutalar imijiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Tor doiradagi tanlanganlarga mansub hukumat va moddiy farovonlik aslo jamoatchilikda ishonch uyg‘otmaydi. Albatta, dollar, yevro va iyena iqtisodiyoti ham moliya va hukumatning markazlashuv darajasi kattaligi bilan ajralib turadi, boylar va kambag‘allar o‘rtasidagi farq esa 1930-yillar darajasiga yetdi. Biroq bu an’anaviy valyutalar jamoatchilikni o‘z tomoniga jalb etishga muhtojlik sezmaydi.
Kriptovalyutalar esa bu masalalar, halq va davlat orasidagi munosabat masalasining ma’lum yechimini taklif qilishi lozim, aks holda ularning kelajagi bo‘lmaydi. Ayrimlar mavjud infratuzilmaga tayanadi va unga kengroq aholi guruhlari ulanishi uchun imkoniyatni ta’minlash usullarini izlaydi. Ular kriptovalyutalarni aholining eng bebahra qatlamlari imkoniyatlarini kengaytirish uchun bir vosita sifatida ilgari suradilar.
Kriptovalyutalar sohasida bunday loyihalarni amalga oshirish imkoniyatini ko‘rib chiqadigan hisoblash texnikasi bo‘yicha muhandislar ehtimol, bitkoin texnologiyasi kelajagini belgilashda ham yetakchi o‘ringa ega. Chamasi, aynan ularning g‘oyalari ajoyib kunlarning bir kunida kriptovalyuta pul tizimining rivojlanishiga turtki beradi va u shundagina kriptoiqtisodiyot texnologiyasi kelajakni harakatga keltiruvchi asosiy kuchga aylanadi.
Bitkoin kamchiliklarini muqobil kriptovalyutalar yordamida, masalan, turli ko‘rinishdagi altkoinlar yordamida bartaraf etishga harakat qilinadi. Hozirgi paytda bunday bitkoin imitatorlarining bir necha yuzlab turlari mavjud. Ularning ko‘pchiligining kelajagi yo‘q, chunki ular tez boyib ketish niyatida yoki hazil tariqasida joriy etilgan. Biroq shundaylari ham borki, ular foydalanuvchilar guruhlarida kriptovalyutalarni taqsimlash sohasida o‘yin qoidalarini o‘zgartirishning ilg‘or yo‘llarini taklif qiladilar.
Ularning asoschilari o‘z loyihalarini adolatliroq va yanada barqaror g‘oya sifatida reklama qiladilar. Ular bitkoindan markazlashmagan tuzilmaning eng yaxshi xususiyatlarini olishadi, lekin bunda uning kamchiliklaridan, shu jumladan, «qurollanish poygasi», ortiqcha elektr energiyasi iste’moli, hisoblash resurslarini sanoat usulida markazlashtirishga intilishdan xalos bo‘lish imkoniyatlarini axtaradilar.
Kriptovalyutalar raqamli iqtisodiyot sohasidagi yangi o‘yinchilar bilan taqqoslaganda, asos soluvchi katta ustunlikka ega, shu sababli, ko‘pchilik ishlab chiquvchilar tamomila yangi to‘lov tizimlari ishlab chiqish bilan shug‘ullangandan ko‘ra kriptovalyutalarning kamchiliklarini bartaraf etgan ma’qul deb hisoblaydilar. Lekin shunga qaramay, muqobil kriptovalyutalarning eng yaxshi namunalari bitkoinga nisbatan kuchli va salohiyat konstruktiv raqobatbardoshlikka ega, bu esa umuman kriptovalyutalarning yanada rivojlanishiga xizmat qiladi.
Hozirgi kunda barcha muqobil kriptovalyutalar orasida Charli Li tomonidan ixtiro qilingan laytkoin eng muvaffaqiyatlilaridan biri sifatida tanilgan. Laytkoin muvaffaqiyatining siri maynerlar tomonidan tranzaksiyalarni bitkoinga kiritish uchun foydalaniluvchi xeshirlash jarayonining boshqaroq amalga oshirilishdan iborat. Bundan tashqari, Li tizimi maynerlar orasidagi raqobatni ko‘rib chiqadi, lekin uning algoritm sifatida ma’lum bo‘lgan xeshlashtirish usuli maynerlarga bitkoin bilan taqqoslaganda, xeshing maqsadlariga erishishni biroz yengillashtiradi.
Laytkoinning asosiy kamchligi – agar tarmoqda bir vaqtning o‘zida yetarli sondagi maynerlar bo‘lsmasa, «51 % hujum» riski ortishi mumkin. Ayrim mutaxassislarni esa bu algoritm asosidagi valyuta mayningi kamroq himoya qilinganligi, «ishning isbotlari» unchalik ishonchli emasligi va nazariy jihatdan bu blokcheynga noto‘g‘ri tasdiqlangan soxta tranzaksiyalar kirishi ehtimoliga yo‘l qo‘yishi imkoniyatlari mavjudligi xavotirga soladi.
Biroq hozirgi paytgacha laytkoin yirik omadsizliklardan qochib qolishga erishgan. Vaqt o‘tishi bilan u ekologik jihatdan xavfsizroq bo‘lishi va bitkoinning demokratik raqobatchisiga aylanishi mumkin. Algoritm asosidagi mayning – «51 % hujum»ning oldini olish va bitkoin mayningini nomarkazlashtirish uchun yagona yechim emas. Ayrim muqobil kriptovalyutalar, jumladan, nextkoin va pirkoinlar resurslar sig‘imi va xarajatlar katta bo‘lishini talab qiluvchi «ish isbotlari – Proof of Work - PoW»ning o‘rniga «ulush isboti – Proof of Steak - PoS»dan foydalanadilar.
Shunday qilib, maynerning avtomatlashtirilgan tarzda mukofot olishga imkoniyati ordadi. Agar «ulush isboti»ga to‘liq asoslanadigan nextkoin haqida gapiradigan bo‘lsak, u yerda tangalar topilmaydi, balki komissiyalar tufayli kriptovalyutalar «ishlab olinadi». Nextkoin iqtisodiyotida har kungi tranzaksiyalarda foydalaniluvchi kiptotangalar soni chegaralanadi. Ular oxirgi blokni chiqargan tugunga o‘tkaziladigan tranzaksiyalarni amalga oshirish uchun komission to‘lovlar hosil qiladilar.
Bitkoin bilan bog‘liq bo‘lgan holatdagi kabi, tranzaksiyalar blokini «muhrlash» uchun to‘g‘ri xesh tasodifiy tanlov asosida aniqlanadi, biroq bitkoindan farqli ravishda bu lotoreyani yutib olish imkoni hisoblash resursiga emas, balki hisobraqamidagi tasdiqlangan kriptotangalar soniga bog‘liq bo‘ladi. G‘oya shundan iboratki, bu ekologik jihatdan xavfsiz va iqtisodiy jihatdan xarajatli hisoblash resursini oshirishga o‘lgan rag‘batlarni yo‘qqa chiqaradi.
|
| |