|
Bitcoinni kim o'ylab topgan?
|
bet | 2/5 | Sana | 11.01.2024 | Hajmi | 18,96 Kb. | | #135065 |
Bog'liq Kriptovalyutalar tarixi va tasnifi-fayllar.orgBitcoinni kim o'ylab topgan?
Kriptovalyuta g'oyasini “Satoshi Nakamoto” tahallusdagi kishi yoki bir guruh odamlar ixtiro qilgan. U yagona nazorat organi bo'lmagan, markazlashtirilmagan holda chiqariladigan raqamli valyutani yaratmoqchi edi. “Nakamoto” Bitcoinning funktsionalligi va uning aylanishi qanday tashkil etilishi mumkinligini batafsil bayon qilgan.
Kriptovalyutaning o'ziga xosligi nimada?
Ushbu markazlashtirilmagan raqamli valyuta odamlarga to'lovlarni vositachini jalb qilmasdan to'g'ridan-to'g'ri bir-biriga qabul qilish va jo'natish imkonini beradigan dasturiy ta'minot tizimiga asoslangan. Bitcoinlar bilan amalga oshirilgan barcha moliyaviy operatsiyalar jamoat elektron kitobida qayd etiladi. Ularni hamma ko'rishi mumkin, ammo hujjatlarda bitimni amalga oshirgan odamlarning ismlari oshkor etilmagan.
Kriptovalyutani sarflash mumkinmi?
Ha, bizning vaqtimizda Kriptovalyutani sarflash va ular bilan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish mumkin. Ba'zi kompaniyalar allaqachon bitcoinlarni qabul qilishni boshladilar. Ular orasida Dish, Newegg, Expedia va Overstock kabi taniqli brendlar bor.
Demak, Bitcoin ishlatish mumkin bo’lgan mamlakatlar:
Albatta, Yaponiya (qonunlashtirilgan)
Filippin (to’lov tizimi deb, tasdiqlangan)
Malayziya (qonunlashtirishga tayyorgarlik ko’rayapti)
Janubiy Koreya (qonunlashtirishga tayyorgarlik ko’rayapti)
Belgiya (oddiy moliyaviy operatsiyalar, soliqqa tortilmaydi)
Finlandiya (oddiy moliyaviy operatsiyalar, soliqqa tortilmaydi)
Germaniya (qonuniy valyuta, soliqqa tortiladi)
Kanada (oddiy moliyaviy operatsiyalar, soliqqa tortilmaydi)
Buyuk Britaniya (birjalar bilan nazorat qilish harakatida)
|
| |