|
Ktq-30,9 “ipak yo’li mobile” mobil ilovasidan foydalangan holda onlayn mikroqarz taqdim etish to’G’risidagi ommaviy ofertaBog'liq 221 microloan offer 12 uz
2023 yil 07 Noyabrdagi talqin
KTQ-30,9%
“IPAK YO’LI MOBILE” MOBIL ILOVASIDAN FOYDALANGAN HOLDA ONLAYN
MIKROQARZ TAQDIM ETISH TO’G’RISIDAGI
OMMAVIY OFERTA
Ommaviy ofertaning quyida bayon etilgan matni AIT “Ipak Yo‘li” banki (keying o’rinlarda -
Bank)ning jismoniy shaxslar doirasiga yo’naltirilgan O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining
369-moddasiga muvofiq Onlayn mikroqarz taqdim etish to’g’risidagi Shartnoma (keying o’rinlarda -
Shartnoma) tuzish bo’yicha rasmiy ommaviy taklifi hisoblanadi.
Mazkur Ommaviy ofertada quyidagi Termin va tushunchalardan foydalaniladi:
Identifikatsiyalangan Mijoz (keyingi o’rinlarda - Mijoz) – shaxsni tasdiqlovchi hujjat, mobil
telefon raqamiga asosan Bank tomonidan belgilangan tartibda identifikatsiyalangan, Bankda
hisobvaraqqa ega bo’lgan hamda Bank filiallarida masofaviy bank xizmatlarini ko’rsatish tizimlarida
ro’yxatdan o’tgan va identifikatsiyalangan foydalanuvchi hisoblangan voyaga yetgan muomalaga
layoqatli jismoniy shaxs;
Masofaviy bank xizmatlarini ko’rsatish tizimi (shuningdek keyingi o’rinlarda – MBXK
tizimi) – foydalanuvchilarga masofadan turib Bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini taqdim
etuvchi dasturiy-texnik vositalar majmuasi, shu jumladan “Ipak Yo‘li Mobile” mobil ilovasi;
Onlayn mikroqarz – mazkur Ommaviy ofertada nazarda tutilgan shartlarda Mobil hamyonga pul
mablag’larini kiritish yo’li bilan MBXK tizimlaridan foydalangan holda taqdim etiladigan mikroqarz;
Mobil hamyon – Mijoz MBXK tizimlari orqali boshqaradigan Bankda ochilgan hisobvaraq
(22616);
Dastlabki ariza – Bank tomonidan Mijozning kredit to’lash qobiliyatini hisobga olgan holda
Onlayn mikroqarz taqdim etish imkoniyati to’g’risidagi Mijozning so’rovi;
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Ktq-30,9 “ipak yo’li mobile” mobil ilovasidan foydalangan holda onlayn mikroqarz taqdim etish to’G’risidagi ommaviy oferta
|