Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir




Download 497.27 Kb.
Sana21.09.2023
Hajmi497.27 Kb.
#83371
TuriReferat
Bog'liq
REFERAT
Bolalarimizni birovlarning qo’liga berib qo’ymasdan, ularni o’zi

REFERAT


VATAN – SAJDAGOH KABI MUQADDASDIR
8 a sinif o’quvchisi M.Faxritdinov

Vatan – bu inson va uning avlod-ajdodlari kindik qoni to‘kilgan muqaddas dargohdir. Vatan – bu ajdodlar maskani, el-yurt, xalq voyaga yetgan, uning tili, tarixi, madaniyati, urf-odatlari, qadriyatlari chinakamiga shakllanib, o‘sib, kamol topib boradigan zamindir. Uni asrab avaylash har birimizning farzandlik burchimizdir.


Bugun dunyoda integratsiyalashuv, globallashuv jarayonlari kechayotgan, insonlar yuksak texnologik taraqqiyotga intilayotgan, uning ijobiy natijalaridan foydalanayotganimiz barobarida kosmopolitizm kabi vatansizlikni targ’ib qiluvchi g’oyalarning tarqalishi kabi bir muncha havotirli jarayonlar ham mavjud. Ayni shu vaqtda biz yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashimiz oldimizda turgan nihoyatda muhim vazifalardandir.
Shuni to’g’ri anglagan holda prezidentimiz, hukumatimiz, mahalliy davlat hokimiyati organlari bunga katta e’tibor bermoqda. Xususan, bizning Andijon viloyatimizda ham bu boradagi ishlar to’g’ri yo’lga qo’yilgan. Andijon viloyati hokimining qaroriga asosan fuqarolarimizda vatanparvarlik ruhini shakllantirish maqsadida bir qancha chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Jumladan, viloyatimizda yosh avlod vakillari bilan mehnat faxriylari, olimlar, shoirlar, mashxur sportchilar ishtirokida vatanparvarlikka chorlovchi uchrashuvlar tashkil qilish, vatanni madh etuvchi qo’shiqlar, she’rlar, badiiy adabiyot na’munalari tanlovlari e’lon qilingan. Shuningdek, haftaning xar juma kuni viloyatimizda Harbiy vatanparvarlik kuni deb e’lon qilingan.
Andijon davlat universitetida ham yuqorida belgilangan chora tadbirlar doirasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Talabalar o’rtasida “Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir” nomli qo’shiq, she’r va insholar tanlovi e’lon qilingan. Bundan tashqari “Mardlar qo’riqlaydi vatanni” nomli sport musobaqalari uyushtirilgan.


Bugun ham erta tongdan “Harbiy vatanparvarlik kuni” doirasida universitetimiz rahbariyati, O’zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon davlat universiteti boshlang’ich tashkiloti hamda bevosita talabalar tashabbusi bilan bir guruh harbiy xizmatni o’tab imtiyoz asosida o’qishga qabul qilingan talabalar universitet bo’ylab harbiy saf yurishlarini tashkil qildilar. Tadbirda Andijon davlat universiteti rektori A.S.Yuldashev, prorektorlar, professor-o’qituvchilar va talabalar ishtirok etdilar. Dastlab harbiy saf vatanni madh etuvchi jangovar saf qo’shiqlarini ijro etib universitet hududini aylanib chiqdi va yig’ilishlar maydoniga yetib keldi. Maydonda O’zbekiston madhiyasi ijro etildi.



Tadbirni kirish so’zi bilan ochib bergan universitet rektor A.S.Yuldashev bunday tadbirlar har bir insonning qalbida o’zgacha g’urur, shavq uyg’otib, vatanga bo’lgan pok muhabbat tuyg’ularini vujudga keltirishini ta’kidladi. Ma’ruzachi o'z fikrini davom ettirib, - vatanparvarlik vatanni tanish, anglash, milliy g’urur, o’tmishni bilishdan boshlanadi, vatanni asrab avaylash barchamizning burchimiz, ushbu safda turgan yigitlarning ko’zidagi vatanga muhabbat, jasoratni ko’rib vatan ishonchli qo’llarda ekanini yana bir bor his qildim, – deya so’zlarini yakunladi.








Ushbu tadbir ishtirokchilarda o’zgacha shukuh va iftixor uyg’otishiga, vatan muhabbat tuyg’ularini shakllantirishiga ishonamiz.
Download 497.27 Kb.




Download 497.27 Kb.