• Laboratoriya qurilmasining tavsifi.
  • Kuchaytirgichlarda teskari bog’lanishni o’rganish ishning maqsadi




    Download 454 Kb.
    bet1/3
    Sana14.03.2024
    Hajmi454 Kb.
    #172604
      1   2   3
    Bog'liq
    Amaliy mashg\'ulot №4-1
    магнетосфера, raqamli fotoaparat, Gidroavtomatika, TOPSHIRIQLAR 5, 2-amaliy mashg`ulot, Hujjatlarning asosiy parametrlari, vodyanoy-akkumulyator-tepla-v-solnechnyh-teplitsah (1), Молек физика лаб методическое указания русс, 2-Sanoq sistemalari, JUFT KORRELYATSION - REG TAHLIL, 2-70, Shaxsiy kompyuterlarning dasturiy ta\'minoti va vazifalari, Elektr maydon energiyasi Gazlarda, metallar, yarim otkazgichlar, Algoritmlash va dasturlash asoslari (A.Azamatov), Pedagogika fani, uning

    KUCHAYTIRGICHLARDA TESKARI BOG’LANISHNI O’RGANISH
    Ishning maqsadi:kuchaytirgichlarda sodir bo’ladigan ichki va tashqi teskari bog’lanishning mohiyatini aniqlash va ularning kuchaytirgichning xarakteristika va parametrlariga ta`sirini o’rganish.
    Kerakli asboblar:kuchaytirgich maketi, tovush generatori (GZ-33), elektron voltmetr(VZ-38), o’zgarmas tok manbai(6-12V), ulovchi simlar.
    Ishning qisqacha nazariyasi.
    Kuchaytirgichlarda kuchaytirilgan chiqish signalining bir qismini uning kirishiga qayta uzatilish jarayoniga teskari bog’lanish deyiladi. Kuchaytirilgan signalni uzatilishini ta`minlovchi zanjir teskari bog’lanish zanjiri deb ataladi. Teskari aloqa zanjiriga ega bo’lgan kuchaytirgichning strukturali sxemasi (10- rasmda) keltirilgan
    K-kuchaytirgichning (to’g’ri uzatish zanjirining uzatish koeffitsienti) kuchaytirish. koeffitsienti. β-esa teskari bog’lanish zanjirining o’tkazish koeffitsienti. Teskari bog’lanish ba`zida teskari aloqa deb ham ataladi.
    Teskari aloqa kuchaytirgichning xarakteristikasini o’zgartirish uchun maxsus kiritiladi. elektron kuchaytirgichlarda teskari aloqa ikkiga bo’linadi: musbat teskari aloqa; manfiy teskari aloqa.
    Musbat teskari aloqa asosan elektr tebranishlari generatorlarida qo’llaniladi. Kuchaytirgichlarda esa ko’pincha manfiy teskari aloqa qo’llaniladi. Kuchaytirgichlarda qo’llanilgan manfiy teskari aloqa kuchaytirishning xarakteristikaning o’zgartiradi.
    Mazkur ishda musbat va manfiy teskari bog’lanishli kuchaytirgichning chastotaviy xarakteristikasi olinadi. Shuningdek ishda kuchaytirgichning o’tish zanjiri elementlarining chastotaviy va fazaviy xarakteristikalarga ta`siri o’rganiladi.
    Laboratoriya qurilmasining tavsifi.
    Laboratoriya qurilmasining maketi ochiq to’rtburchakli panelda yasalgan bo’lib, laboratoriya stendiga joylashtirilgan. Uning detallari ko’chmas qilib montaj qilingan maket sifatida ham yasash mumkin. Laboratoriya qurilmasining old qismiga kuchaytirgichning sxemasi chizilgan. Stend universal tuzilishga ega bo’lib, unda kuchaytirgichning turli xil sxemalarini yig’ish mumkin. 11-rasmda teskari bog’lanishli kuchaytirgichning printsipial sxemasi keltirilgan. Bunda sxema elementlarining nominal qiymatlari quyidagi tartibda olinadi:T1 va T2 tranzistorlar (MP-41), R1 , R6 =33 Kom, R3 , R8 =10 Kom,
    R2 , R7 =33 Kom, R4 =300 Kom, R9 =330 Kom R10 =7,5 Kom, R11 =1 Kom, S1, S2 =20 mkf, S3, S4 =20 mkf,
    Maket detallari montaj qilingan bo’lsa, u yoki bu sxemani yig’ish kalitlar yordamida amalga oshiriladi. Kuchaytirgich tarkibiga 6-9 V li to’g’rilagich ham kiradi.
    Ishni bajarish 8-laboratoriya ishida ko’rsatilgan blok sxema asosida olib boriladi va quyidagi asboblardan foydalaniladi. TG-tovush generatori(GZ-33), elektron voltmetr(VZ-38), K-tekshiriladigan kuchaytirgich va M-o’zgarmas tok manbai.

    Download 454 Kb.
      1   2   3




    Download 454 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kuchaytirgichlarda teskari bog’lanishni o’rganish ishning maqsadi

    Download 454 Kb.