Kuchlanish invertorlari




Download 15.43 Kb.
bet1/3
Sana08.04.2024
Hajmi15.43 Kb.
#191856
  1   2   3
Bog'liq
Kuchlanish invertorlari-fayllar.org
Mustaqil ishi, malumotlar bazasi, file, 19 SEMINAR, tavsiyanoma-tavsifnoma-malumotnoma, 8498 (1), ma\'ruza servis 2222222, 2 5300856225930417199, KURS ISHI HISOBOT-1, bek aka kon, Muxammedova N (1) kurs jumisi, hadis ilmi, Наивный баейсовский классификатор, Issiqlik yuritgichlari va bosim bn haydash mashinalari, Elektrotexnika fanining predmeti va uning bugungi kunda jamiyat

Kuchlanish invertorlari

Kuchlanish invertorlari .


Reja.
1.Kuchlanish.
2.Inventorlar
3.Kuchlanish avtonom invertorlari
Xulosa.

Elektr kuchlanish — elektr va tashqi kuchlarning birlik musbat zaryadni zanjirning aniq bir qismida koʻchirishida bajargan ishiga teng boʻlgan fizik kattalik. Elektr kuchlarning zanjir qismida birlik musbat zaryadni koʻchirishda bajargan ishi shu qism uchlaridagi potensiallar farqi (f,—F2ʼʼ) ga teng. Tashqi kuchlarning birlik musbat zaryadni koʻchirishda bajargan ishi esa zanjirning shu qismidagi elektr yurituvchi kuch (e.yu.k.) ye ga teng. SI da Elektr kuchlanish ning birligi volt. Elektr kuchlanishni voltmetr yordamida oʻlchanadi.Invertor (lotincha: inverto — agʻdaraman, oʻzgartiraman) — elektrotexnikada — oʻzgarmas elektr tokini bir yoki koʻp fazali oʻzgaruvchan tokka oʻzgartiruvchi boshqariladigan elektr ventilli qurilma. Bogʻlik, (mustaqilmas) va mustaqil xillari bor. Bogʻliq I.da tok chastotasi elektr tarmogʻining tok chastotasi bilan aniqlanadi; musta-qil I.da tok chastotasi I. bilan nagruzkaning elektr zanjirlarini boshqarish rejimlari va parametrlariga boglits buladi I. yuqori voltli oʻzgarmas tok elektr uzatish liniyalarida, induksion pechlarda, elektr bilan tortish qurilmalari va b.da qoʻllaniladi; radiotexnikada — radioqurilma kirishidagi elektr signalining amplitudasi, qutbliligi va fazasi chiqishidagi shu parametrlarga Karaganda teskari oʻzgaradigan elektr zanjiri yoki elektron qurilma; qisoblash texnikasida — elementar mantiqiy operatsiya — "yoʻq"ni aniqlaydigan elektron qurilma. Potensial va impulsli xillari bor. Potensial I. qurilma kirishida kuchlanish sathi yuqori boʻlganda chiqishida past boʻlishini taʼminlaydi va aksincha. Impulsli I. impulsli signallarni oʻzgartirib beradi. Analog hisoblash mashinalarida I. kirish signali qutbliligini teskari qutblikka oʻzgartirib beradi Asinxron motorlarning tezligini stator chulg‘amga berilayotgan kuchlanish yoki tok chastotasini o‘zgartirib tezligi rostlanadigan avtomatlashtirilgan elektr yuritmalardagi TChO‘ avtonom invertorlarining ko‘prik kuch sxemali turlari keng qo‘llaniladi. kuch sxemasi shartli ko‘prik sxema bo‘lgan avtonom invertorning kuch sxemasi keltirilgan bo‘lib, undagi V1 – V6 yarim o‘tkazgichlarni ochish va yopish jarayonlarini boshqarish boshqaruv signallari orqali amalga oshiriladi, ya’ni yarim o‘tkazgichlar to‘liq boshqariluvchan deb qaraladi. Kalit rejimida ishlaydigan tranzistorlar va sun’iy kommutatsiya zanjirli tiristorlar to‘liq boshqariluvchan yarim o‘tkazgichlarni deyiladi. Ko‘prik kuch sxemali avtonom invertorning sxemasi
Invertorga aktiv yuklanish ulangan holni ko‘rib chiqamiz.i tiristorlarning tartib soni kuchlanishlar diagrammasidagi tiristorlarning navbatma – navbat ochilishiga mos keladi.. Tiristorlarning o‘tkazuvchanlik burchaklari (a) va (b) bo‘lgandagi avtonom invertorning kuchlanishlar diagrammasi Sxemadagi tiristorlarning qayta ulanishi, chiqish kuchlanishi chastotasi davrining har 1/6 qismida sodir bo‘ladi. Bunday ishchi sxemaning ikki ish rejimi bo‘lishi mumkin: tiristor chiqish kuchlanishi chastotasining 1/2 davri oralig‘ida ulangan bo‘lishi, ya’ni tiristorlarning o‘tkazuvchanlik burchagi =1800; tiristor chiqishi kuchlanishi chastotasining 1/3 davri oralig‘ida ulangan bo‘lishi, ya’ni =1200. Birinchi holda bir vaqtning o‘zida birdaniga uchta tiristor tok o‘tkazsa, ikkinchi holda esa ikkita tiristor bir vaqtning o‘zida tok o‘tkazadi. i kuchlanishlar diagrammasi invertorning chiqish qismiga aktiv yuklanish ulangan hol uchun to‘g‘ri bo‘lib, agar yuklanishning xarakteri aktiv – induktiv bo‘lsa, u holda elektromagnit jarayonlarning kechishi ancha murakkab bo‘ladi va ularning tahlilini asoslashda barcha turdagi avtonom invertorlarni kuchlanish avtonom invertorlari – KAI va tok avtonom invertorlari – TAI guruhlarga bo‘lib qarash maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Kuchlanish avtonom invertorilarning asosiy shartlaridan biri ishchi sxemasidagi tiristorlar to‘liq boshqariluvchan bo‘lishi kerak. Ko‘pgina hollarda KAIning chiqishidagi kuchlanishni yuklanishga mos ravishda rostlash talab etiladi. KAIning chiqishidagi kuchlanishni kuch sxemasidagi tiristorlarni ma’lum ketma – ketlikda ulash va ochish natijasida rostlash mumkin. KAI chiqish kuchlanishini ma’lum uch usulda roslash mumkin: 1) ta’minot manbai zanjirida rostlash; 2) chiqish zanjirida rostlash; 3) invertorning ichki vositalari yordamida rostlash.
Birinchi usul – KAI chiqishidagi kuchlanish uning kirish zanjiriga ulangan boshqariluvchi o‘garmas tok o‘zgartkichi, ya’ni boshqariluvchi to‘g‘rilagich yordamida amalga oshiriladi.

Download 15.43 Kb.
  1   2   3




Download 15.43 Kb.