Ijodiy masalalarni tahlil qilish va interaktiv yondashish




Download 456,92 Kb.
bet7/8
Sana13.05.2024
Hajmi456,92 Kb.
#229763
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
jalolovaM02

2.2. . Ijodiy masalalarni tahlil qilish va interaktiv yondashish.
Ta’limning asosiy vazifasi o`quvchilarni bilimlar bilan qurollantirish bo`lsa, tarbiya o`quvchining jamiyatimizning qonunlariga mos keladigan e’tiqodini, axloqiy masala va ko`nikmalarini, ehtiyoj va intilishlarini tarkib toptirish muhimdir. Abdulla Avloninyning «Dars ila tarbiya orasida bir oz farq bo`lsa ham bir biridan ayrilmaydigan birining biriga bog`langan kabidur» deb takidlashi bejiz emas. Ma’lum bo`ladiki ta’lim va tarbiyani bir biridan ajratish mumkin emas.
Bolalarning bunday xilma -xil faoliyatlarini to`gri tashkil etish, uni ikki kishi alohida sifatlar, xarakter xislatlari, odatlar tarkib toptirishga qaratish tarbiyaning muhim vazifasi hisoblanadi. O`qituvchi-tarbiyachi tomonidan tarbiyaviy jarayonga rahbarlik qilingandagina tarbiyada biror maqsadga qaratilganlik ma’lum bir tartib bo`lishi mumkin. Shunday qilib tarbiya avvalo tarbiyalanuvchi shaxsning tarkib topish jarayoniga rahbarlik qilishni taqozo etadi. Maktab sharoitida tarbiyaviy ishlar o`qituvchi-tarbiyachilar sinf rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi. Ular tarbiyani jamiyatning maqsadi hamda vazifalariga movofiq ravishda tashkil etadilar. Tarbiya jarayoni o`z–o`zini tarbiyalash to`gri tarbiya berish bilan birga sodir bo`ladi va ayni vaqtda to`g`ri tarbiya natijasi hisoblanadi. O`z-o`zini tarbiyalashning muvaffaqiyatli bo`lish uchun o`quvchi o`zini to`gri baholashni, bilishga, o`rganishga, hayotda o`zi intilishi lozim bo`lgan idealni aniq tushungan holdagina o`zidagi ijobiy sifatlarni va kamchiliklarni ko`ra olish mumkin.
Boshlang`ich sinf o`quvchisining xatti-harakatidagi ayrim kamchiliklarni tuzatishga to`g`ri keladi. Bu kamchiliklar avvalgi tarbiya jarayonida ko`pincha oilada tarkib topgan bo`ladi. O`qituvchi o`z harakatlarni va ota-onalaring harakatini bu kamchiliklarni bartaraf etishga qaratishi lozim. Odatda buning uchun bolalarnining oiladagi hayot sharoitlarini o`zgartirish tarbiyalanuvchilarda noto`g`ri keltirib chiqaruvchi sabablarini yo`qotish talab etiladi. Shunday qilib tarbiyalash o`z-o`zini tarbiyalash va qayta tarbiyalash jarayonlari o`zaro mustahkam bog`langan bo`lib, inson shasini tarkib toptirishning bir butun jarayonida doimo bir- biriga ta’sir o`tkazadi. Tarbiya nazariyasi pedagogika fanining bir qismi bo`lib tarbiyaviy jarayoning mazmuni usuli va tashkil etishi masalalarini o`rganadi. Hayotga yangicha siyosiy va iqtisodiy nuqtayi nazardan yondashish o`sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasi bilan bog`liq jarayonni ham qaytadan ko`rib chiqishni taqozo etmoqda.
Tarbiya jarayoning mohiyati shu jarayon uchun xarakterli bo`lgan va muayyan qonuniyatlarda namoyon bo`ladigan ichki aloqa va munosabatlarni aks ettiradi. Hozirgi zamon pedagogikasida tarbiya tarbiyachining tarbiyalanuvchi shaxsiga oddiy ta’sir ko`rsatishi emas, balki tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilarning aniq bir maqsadga qaratilgan, bir-biri bilan hamkorlikda qilinadigan munosabatlari va o`zoro ta’sir ko`rsatish ekanligi alohida ta’kidlanadi. O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`grisida”gi qonuni oila, davlat oldidagi mas’uliyatini anglab yetadigan har tomonlama yetuk shaxsni shakllantiruvchi, intelektual va ilmiy kuchlarni taraqqiy ettirishdan yuksak madaniyatlarini belgilab beradi. Tarbiya jarayonida kishining turli qobiliyatlari rivojlanadi, g`oyaviy, ahloqiy, irodaviy, estetik xislatlari shakllanadi, tabiatga jamiyatga ilmiy qarashlar tizimi tarkib topadi. Jismoniy kuch-quvvatlari mustahkamlanadi. Bola kattalarning tajribalarini sust holda emas, balki faol ravishda o`zlashtiradi, bu o`zlashtirishda uning ongli harakati, tirishqoqligi katta ahamiyatga ega bo`ladi. Tarbiyalanuvchilar muayyan darajada va bilimni o`zlashtira olmaydilar. Bolaning yoshi ulg`aygani sari bu faollik tobora ko`proq mustaqil xususiyatlarga ega bo`lib boradi. Tarbiyalanuvchilar o`zlarida dunyo qarashni tarkib toptirishga, o`z-o`zini takomillashtirish tabiat, jamiyat va turmushda uchraydigan hodisalarni tushunishga ko`nika boradilar. O`quvchilarni Vatanimiz qadriyatlari, boy madaniyati bilan tanishtirish madaniy va diniy bilimlarni egallashga bo`lgan talablarni shakllantirish, malakalarni oshirib tobora boyitish, estetik tushunchalarini shakllantirish juda muhimdir. O`zbek xalqini ma’naviy merosini o`rganishda va rivojlantirishda milliy o`ziga xosligi, ma’naviy xususiyatlari hisobga olinib xalq pedagogikasi an’nalariga suyangan holda ish ko`rilishi maqsadga muvofiq. Kishilik jamiyatiga muhabbat tabiat muhofazasi, madaniy yodgorliklarni saqlash ishlariga jalb qilish lozim.
Ma’naviy qadriyatlar va g`oyalar har xil millat o`quvchilarini birlashtiradi, o`quv va mehnat faoliyatlarini uyushtirishga yordam beradi. Xalq pedagogikasining bola tarbyasidagi boy tajribalari hayotga to`la tadbiq etilmaganligi, buyuk allomalarning pedagogik qarashlari sharqona urf-odatlari, boy an’analari hayotga joriy etilmaganligi tarbiya borasida talay qusurlarning yuzaga kelishiga sabab bo`lgan. Xalqimizning ko`p asrlik qadriyatlarini, ulkan va boy madaniy merosini chuqur bo`lmasdan milliy o`zlikni anglash, milliy g`urur tuyg`usini qaror toptirish mumkin emas. O`zbek xalqi ko`p asrlik tarixiy taraqqiyotga katta madaniyatni yaratdi.
Mamlakatimizda yoshlarning ijodiy kompetentini rivojlantirish bugungi kunning dolzarb ijtimoiy masalaridan biri hisoblanadi. Davrimizning bu muammosi pedagogik jihatdan ham dolzarb bo‘lishi bilan bir qatorda, axloqiy tarbiyada ham muhim o‘rin tutadi.
Badiiy ijodni rivojlantirish uchun olib boriladigan har qanday ish estetik tarbiya masalasi, shaxsga ta’sir masalasi, badiiy-estetik taassurotlar tajribasi, ijodiy yondashib baho berish, san’at vositalari orqali o‘zining his-tuyg‘ulari bilan bog‘lanadi. Bu shaxsning individual xususiyatlari va dunyoqarashini hisobga olgan holda takomillashadi. Shuning uchun badiiy ijodiyotni rivojlantirish masalasi shaxsni umumiy rivojlantirish, uni uyg‘unlashtirish masalasi bilan ajralmasdir. Hozirgi kunda oliy ta’lim tizimi talabalari ta’lim jarayoni davomida tasviriy san’atning qalamtasvir, rangtasvir, kompozitsiyani o‘qitish metodikasi darslarida tasviriy san’at bilan yanada mukammalroq tanishtirib borilmoqda Shuningdek, tasviriy san’at to‘garaklari talabalarning badiiy ijodiy kompetentligini rivojlantirish uchun eng qulay sharoitni yaratdi.
Bu o‘rinda tasviriy san’at to‘garaklari talabalarning ijodiy kompetentligini quyidagicha rivojlantirishni nazarda tutadi:
– estetika va tasviriy san’atda ta’lim olayotgan talabalarning ma’lum estetik qarashlari, hayotdan olgan taassurotlari ijodiy xususiyatga aylanganligi sababli ular badiiy-ijodiy obrazlar yaratishga harakat qilishni;
– talabalarni mustaqil ijodiy faoliyat jarayoniga jalb qilish orqali ularning ijodiy kompetentlarini rivojlantirishni;
– talabalarni mazmunli, badiiy mukammal san’at asarlari bilan muntazam ravishda tanishtirishni; – talabalarni san’at turlarining asoslari bilan aniq tanishtirishga, tahlil va idrok etish amaliyotiga nazariy jihatdan tayorgarlik va unga obektiv baho berishni;
– u yoki bu san’at turida talabalarning qiziqishi va ijodiy kompetentini rivojlantirish uchun yuqori darajadagi shart-sharoitlar yaratishga yordam beradi.
Ijodiy qobiliyat talabalarda samaraliroq amalga oshishidan talabalarda shu narsalar kuzatiladiki, barcha bosqich talabalari badiiy ijodiy rivojlanish jarayonida ijodiy psixologik qarashlarini namoyish etadilar. Talabalar bunda professional faoliyatning turli yo‘llarini oson va erkin, katta qiziqish va ijodkorlik bilan o‘rganadilar. Badiiy sohalarda esa dunyoni badiiy-estetik yo‘llar orqali o‘zlashtiradilar. Shuningdek, o‘zlaridagi estetik mazmun-mohiyat va niyatlarni badiiy obrazdagi kechinmalarni, his-tuyg‘ularni ifodalashga harakat qiladilar.
Talabalarning badiiy ijodiyotini rivojlantirishda qulay sharoitlardan biri tasviriy san’at mashg‘ulotlaridan tashqari, to‘garaklar, galereya va muzeylarga sayohatlar, tabiat qo‘ynida plener ishlashlarining mazmuni shular orqali ularga psixologik-pedagogik ta’sir etishning ustuvorligidir. Aniq ishlangan dastur asosida tegishli mavzu va bo‘limlarni o‘rganish jarayonidayoq talabalar badiiy ijod masalalariga duch keladilar. Mashg‘ulotlarda ijodiy mehnat jarayonining go‘zalligi, mohiyati, uning maqsadga muvofiqligi o‘rganiladi. Bu bilan ijodiy mehnat va san’atga bo‘lgan muhabbatning mahsuli, badiiy faoliyat, mahsulining estetik qiymati kabi tushunchalar o‘zlashtiriladi. Talabalar taniqli rassomlar bilan ularning ijodxonasida uchrashib, mahorat darslari orqali tasviriy san’at sirlari bilan yanada yaqindan tanishadilar. Talabalar asta-sekin rassomlar mehnatining yuqori darajadagi imkoniyatlari va yuksak hissiyot, badiiy ijod mahsulidan zavqlanish kabi xulosaga keladilar. Talabada muayyan ijodiy qiziqishining rivojlanishi shu ijodiy faoliyatga faol munosabatda bo‘lishini tarbiyalash, tasviriy faoliyatda o‘z imkoniyatlarini sinab ko‘rish istagi paydo bo‘ladi.
Rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik, qalamtasvir, shu bilan birga, amaliy bezak san’atini o‘rganishda talabalar ijodiy kompetentlarini namoyish etishlari uchun keng imkoniyatga ega bo‘ladilar. O‘rganilayotgan san’at turlariga doir har xil asarlar yaratiladi. Tabiat manzaralari, portretlar, etyudlar, akvarel va moybo‘yoq ishlar, naqshlar, karikaturalar, haykaltaroshlik namunalari ishlanadi. Badiiy ijodiyot bilan shug‘ullanayotgan talabalarning hisobot ijodiy kechasi ko‘rik-tanlovlarni tez-tez o‘tkazib turish ham maqsadga muvofiqdir. Chunki unda talabalar hamisha o‘zlarining ijodiy kompetentini namoyon etadilar. Talabalarning tasviriy san’at asariga yaqin bo‘lgan, badiiy qiymatli, takrorlanmas ichki mazmun bilan sug‘orilgan ijodiy faoliyatlari uchun mumkin qadar qulay sharoitlar yaratish lozim.
Tasviriy san’at o‘qituvchisi va to‘garak rahbarlarining vazifasi talabalarning badiiy ijodiyotning xilma-xilligi to‘g‘risida to‘la bilim, malaka va kompetentlik bilan qurollantirishdir. Tasviriy san’at o‘qituvchisi mashg‘ulotlar uchun puxta o‘ylab, san’at asarlaridan tanlab olishi kerak. Asar mazmuni, uning rangi, tasviriy holati, mazmun va mohiyatini o‘rganishga imkon berishi kerak. Ijodiy topshiriqlar san’at vositalari bilan talabalarda kechinmalar, hislar, fikrg‘oyalar va munosabatlarni ifoda etish uchun qaratilishi kerak. Har bir ijodiy jarayon talabalarning imkoniyati darajasida tuzilishi lozim. Talabalarning fikrlariga qiziqish bilan qarab, ularni do‘stona muhokama qilish, ijodiy mehnatlarini hurmatlash va rag‘batlantirish shart. Ammo shuni esda tutish lozimki, talaba-bu faqat o‘ziga xos kompetentli, barqaror shaxs. Shu sabab ularning barchasidan bir xil natija kutib bo‘lmaydi. Deylik, biri ijodiy kompetentga ega bo‘lsa, biri fikriy kompetentga ega. Uchinchisi esa noan’anaviy g‘oyalarga va kashf etishga asoslangan kompetentlarni o‘zida mujassamashtirgan bo‘lishi mumkun.
Bilim, ko‘nikma va malakani o‘zlashtirish aynan shu kompetentlarga muhtojdir. Biroq badiiy ijoddagi qobiliyat quyidagi sharoitlarda to‘la namoyon bo‘ladi. Tevarakatrofdagilar bu faoliyatga qiziqqan taqdirda, ijodiy faoliyatni to‘g‘ri tashkil etishga, bu faoliyatlarning mustahkamlanib borishiga, asar yaratish uchun kerakli asboblar mavjudligiga, bilim, malaka va ko‘nikmalar, go‘zallikni ko‘ra bilish qobiliyati borligiga bog‘liqdir. Eng zaruri, talabalarning o‘zlarini tasvirlovchi, fikrlovchi, mustaqil ijod bilan shug‘ullanuvchi qilib ko‘rsatishlariga bo‘lgan harakatlari biz uchun muhimdir. Tashkil etiladigan tasviriy san’at to‘garaklarining maqsadi talabalarning ijodiy kompetentlarini chuqurlashtirish, uning biror turini keng o‘rganish, berilgan bilim va malakalarni hayotda qo‘llay olishga o‘rgatish, ularning estetik didlarini shakllantirishdan iboratdir. Talabalarning ijodiy kompetentlarini rivojlantirish endilikda shunday tus oldiki, bu pedagogikaning muhim masalasiga aylandi. Biz rasm chizishdagi ijodiy jarayonni talabalarning maqsadga muvofiq ravishda ijodiy faoliyati hisoblanadi.


Xulosa
Har bir inson hayotining o‘ziga xosligi va qadriyatlarining tan olinishi, bolaning rivojlanish huquqlari, ta’limga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishini kafolatlash zaruriyati kabi insonparvarlik g‘oyalari zamonaviy jamiyatning ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lishi lozim ekanligi tobora keng anglanmoqda. Qayd etilgan g‘oyalar 0 ‘zbekiston Respublikasi hukumati va xalqaro miqyosda qabul qilinayotgan qator me’yoriy hamda huquqiy hujjatlarda o‘z ifodasini topmoqda. Mamlakatimizda eshitishida muammolari bo‘lgan bolalaming, barcha sog‘lom tengdoshlari qatori, milliy mhda tarbiyalanishlari, aqliy, axloqiy, jismoniy jihatdan kamol topishlari, jamiyatdagi ijtimoiy hayotga mustaqil yetuk luqarolik darajasida tayyor boiib yetishishlari masalalariga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Ushbu vazifalami hal etishda so‘zlashuv nutqi markaziy o‘rinni egallaydi. Maiumki, til vositasi yordamida inson muloqotga kirishadi. ushbu jarayonda axborot oladi, fikr almashadi, bilim, ko‘nikma va malakalami egallaydi. Kishilik jamiyatida ana shunday zamriy ahamiyatni kasb etuvchi tilni o‘zlashtirish faqat kishilaming o‘zaro nutqiy muloqoti (kommunikatsiyasi) sharoitidagina amalga oshiriladi. Nutqiy muloqotning yetarli darajada amalga oshishida eshitishning o‘mi beqiyos boiib, uning asosiy vazifasi nutqni idrok etish sanaladi. To’laqonli eshitish nutq shakllanishining omili hisoblanib, u orqali insonning mantiqiy tafakkuri. Fikrlash qobiliyati nutq rivojlanishi zamirida paydo boiishi sababli nutq kishi tafakkurining rivojlanish darajasini ham belgilab beradi. Eshitish idrokining buzilishi tufayli insonning nutqiy muloqotga kirisha olmasligi oqibatida boshqalardan ajralib qolishi uning keyingi hayoti, tizimida alohida e’tiborga muhtoj boigan bolalami umumta’lim muassasalari da uyg‘un holda ta’lim-tarbiya olishlari borasida ham qator ishlar amalga oshirilmoqda. Nogironligi bo’lgan bolaning rivojlanishidagi me’yordan chetga chiqishlarni erta tashxis qilish, muammo oqibatini qayta tiklash, rivojlanishida u yoki bu muammolari boigan ilk va erta yoshdagi bolalarga pedagogik yordam korsatish, ulami umumtaiim muassasalariga uyg‘unlashtirish modellarini ishlab chiqish masalalari kun tartibida turgan dolzarb muammolardan biri borib qolmoqda. O‘zbekistonda maxsus pedagogikada yaratilgan barcha yangiliklar bilan tanishish shuni ko‘rsatadiki, zaif eshituvchi bolalar nutqining grammatik qurilishini shakllantirish, ularga grammatika haqida ma'lumot berish muammolari bo‘yicha tadqiqot ishlari olib borilmagan.


Download 456,92 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 456,92 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ijodiy masalalarni tahlil qilish va interaktiv yondashish

Download 456,92 Kb.