II. Bob. Chizmachilikni o’qitishda vujudga keladigan muammolar va ularni tahlil qilish




Download 456,92 Kb.
bet6/8
Sana13.05.2024
Hajmi456,92 Kb.
#229763
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
jalolovaM02

II. Bob. Chizmachilikni o’qitishda vujudga keladigan muammolar va ularni tahlil qilish.
2.1. Muammoli vaziyatlarda ijodkorlikning ahamiyati
Ilm-fan, texnika taraqqiyoti va jamiyatimiz hayotiga yuz bergan tub yangilanishlar, shuningdek o’quv axborotlarining mutassil ravishda ortib borayotganligi ta’lim jarayoniga yangicha munosabatda bo’lishni taqazo etmoqda. Hech bir fan chizmachilik fanidek o’quvchilarning tasavvur hamda tafakkur qilish qobiliyatini o’stira olmaydi. Chizmachilik fani o’quvchilarning fazoviy tasavvurini oshirib boradi, barcha konsruktor va muhandislar o’z g’oyalarini faqat chizmalardan foydalanadi. Hozirgi rivojlanib borayotgan zamonda faqat kitob orqali bilim berishning o’zi kamlik qiladi shu bois chizmachilik fani bilan qatorda kompyuter texnologiyalardan foydalanish va ko’rgazmali qurollardan foydalanish zarur.
Innovatsiya - texnikaga doir kiritilgan yangilik, texnologiyalar, ilm-fanning yutuqlari va yuqori tajribalarni tatbiq etish, maorif tizimida ta’lim berish sifatini, effektini oshirish, o’quv jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni kiritishdir. Innovatsion texnologiyalar yangiliklarni hayotga joriy etish metod va vositalar hisoblanadi. Mavjud g’oya va gipotezalarni yangilash orqali pedagogik texnologiyalarni qayta qurish jarayoni. Ta’lim-tarbiya jarayoniga innovatsion texnologiyalarni kiritish orqali o’qituvchi o’zini yangi yaratilayotgan sharoitga tayyorlashi kerak bo’ladi.
Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalari o’quv jarayonida qo’llashga bo’lgan qiziqish, e’tibor kundan kunga kuchayib bormoqda, bunday bo’lishining sabablaridan biri shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda o’quvchi - talabalarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o’rgatilgan bo’lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o‘zlari qidirib topishiga, mustaqil o‘rganib tahlil qilishlariga, hatto xulosalarini ham o‘zlari keltirib chiqarishlariga o‘rgatadi. O‘qituvchi bu jarayonda shaxsning rivojlanish, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchilik funksiyasini bajaradi. Ta‘lim jarayonida o‘quvchitalaba asosiy figuraga aylanadi. Shuning uchun oliy o‘quv yurtlari va fakultetlarida malakali kasb egalarini tayyorlashda zamonaviy o‘qitish metodlari interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalarning o‘rni va roli benihoya kattadir. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahoratiga oid bilim tajriba va interaktiv metodlar o‘quvchi - talabalarning bilimli, yetuk, malakaga ega bo‘lishlarini ta‘minlaydi.
Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o‘qituvchi va talaba faoliyatiga yangilik, o‘zgartirishlar kiritish bo‘lib, uni amalga oshirishda asosan interaktiv metodlardan to‘liq foydalaniladi. Interaktiv metodlar bu jamoa bo‘lib flkrlash deb yuritiladi, ya‘ni pedagogik ta‘sir etish usullari bo‘lib, ta‘lim mazmunining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu metodlarning o‘ziga xosligi shundaki, ular faqat o‘quvchitalabalarning birgalikda faoliyat ko‘rsatishi orqali amalga oshiriladi. Bunday pedagogik hamkorlik jarayoni o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ularga quyidagilar kiradi:
- O‘qituvchi -talabaning dars davomida befarq bo‘lmaslikka, mustaqil flkrlash, ijod etish va izlanishga majbur etishi;
O‘quvchi-talabalarni o‘quv jarayonida bilimga bo‘lgan qiziqishlarini doimiy ravishda bo‘lishini ta‘minlashi
- O‘quvchi-talabaning bilimga bo‘lgan qiziqishini mustaqil ravishda har bir masalaga ijodiy yondashgan holda kuchaytirish.
- Pedagog va o‘quvchi-talabaning hamisha hamkorlikdagi faoliyatini tashkillanishi. Inter faol usullar orqali ta’lim samaradorligi oshadi, o’qituvchi va talaba o’rtasida o’zaro hamkorlik talabalarda erkin ijodiy fikrlash ko’nikmalari rivojlanadi va shakllanadi. Bu innovatsion yondashuvda talaba shaxsi ta’limda markaziy figuraga aylanadi. O’qitishda noan’anaviy shakllar interfaol usullarni uch guruhga ajratish mumkin. O’qitishda hamkorlik, modellashtirish o’rganishning tadqiqot modeli
O‘quv-tarbiya jarayoniga boshqaruvning yangi mexanizmlarini va sifat standartlarini joriy etish, jamiyatda o‘qituvchi kasbining nufuzini oshirish, umumta’lim muassasalarining moddiy-texnik holatini yaxshilash orqali maktab ta’limi tizimini yanada takomillashtirish maqsadida quyidagilar maktab ta’limi tizimini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilandi:
Umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’limni sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarish, har tomonlama kamol topgan avlodni tarbiyalash, o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy va intellektual rivojlanishini ta’minlash;
Ushbu sohada yagona davlat siyosatini amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Maktab va maktabgacha ta’lim vazirligining keyingi o‘rinlarda – Vazirlik muvofiqlashtiruvchi roli va mas’uliyatini kuchaytirish, shuningdek, vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining mazkur yo‘nalishdagi vazifalari, funksiyalari va vakolatlarini aniq belgilash va tartibga solish; 
Rahbar va pedagog xodimlarni tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning ilg‘or va shaffof tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini tatbiq etish yo‘li bilan xalq ta’limi tizimida kadrlar siyosatini shakllantirishning zamonaviy tamoyillarini joriy etish;
Xalq ta’limi muassasalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirishni va ijtimoiy muhofaza qilishni yaxshilash, ularning samarali ishlashi uchun munosib sharoitlarni yaratish;
Zarur tashkiliy-huquqiy va texnik-iqtisodiy sharoitlarni yaratish yo‘li bilan umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim sohasida nodavlat xizmatlarni ko‘rsatishga oid faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar (keyingi o‘rinlarda — nodavlat umumta’lim tashkilotlari) tarmog‘ini yanada rivojlantirish, ushbu sohaga davlatxususiy sheriklikning turli shakllarini samarali joriy etish;
Maktab ta’limi tizimiga ilg‘or xorijiy tajribani, o‘quv-tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni, shu jumladan ta’lim berishning innovatsion usullarini joriy etish, o‘quv va o‘quv-uslubiy adabiyotlarning yangi avlodini yaratish, fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish;
Xalq ta’limi muassasalarini boshqarish tizimiga zamonaviy axborotkommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, shaffof va samarali jamoatchilik nazoratiga erishish, shu jumladan barcha muassasalarning telekommunikatsiya tarmoqlariga ulanishini ta’minlash, barcha foydalanishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar manbasini yaratish, ularning faoliyatini baholashning elektron reyting tizimini joriy etish;
Avvalo, ta’lim jarayoni sathlarini ajratib ko‘rsatish, so‘ngra ularning har birida boshqaruv xususiyatlarini aniqlash kerak. Umuman olganda, ta'lim jarayonini boshqarish uchun to‘liq boshqaruv tsiklidan foydalanish kerak: uning natijalari to‘g‘risida ma’lumot olish, uni tahlil qilish, muammolarni aniqlash va o‘quv jarayonini yanada rivojlantirish maqsadlarini shakllantirish, ularga erishishni rejalashtirish, o‘zlarini va talabalarni tashkil etish (va umuman maktabda - butun maktab jamoasi) rejani amalga oshirish, natijalarni nazorat qilish, tahlil asosida jarayonning o‘zi ham, uni boshqarish ham tartibga solinishi kerak. О‘qitishni boshqarish mohiyatini aniqlash uchun menejmentning barcha jihatlarini birlashtirgan boshqaruv jarayonini tahlil qilishning dastlabki birligini aniqlash kerak. Bunday birlik boshqaruv holati deb ataladi. Pedagogika nuqtai nazaridan uni tarbiyaviy-pedagogik vaziyat deyish mumkin. Ta’lim-tarbiyaviy vaziyat o‘qituvchi va talaba pedagogik o‘quv faoliyatining subyektlari sifatida faol ishtirok etadigan shart-sharoitlar majmuini birlashtiradi. Ushbu shartlar va sharoitlar to‘plami haqiqiy muhitni (ta’lim va tarbiyaviy vaziyat) tashkil etadi, unda talabaning boshlang‘ich holatidan sifat jihatidan yangisiga o‘tishiga ko‘maklashish uchun unga qanday ta’sir o‘tkazish to‘g‘risida qarorlar qabul qilinadi. Qaror qabul qilish boshqaruv faoliyatining maqsadi bilan bog‘liq va har qanday qarama-qarshilikni bartaraf etishga, muammoni hal qilishga qaratilgan.
Bundan tashqari, maktablarda rahbar faoliyatiga ham alohida e’tibor qaratish lozim. Ta’lim muassasasi rahbarlari boshqaruv faoliyatining asosiy vazifasi ta’lim jarayonini tashkil etishda ijobiy natijalarga erishish uchun jamoada zaruriy sharoitlarni yaratish, raqobatbardosh bitiruvchilar tayyorlash va yaxlit ta’lim tizimini rivojlantirish hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, maktab bilan ta’lim jarayonini o‘zaro bog‘liq holda yaxlit tizim deb hisoblasak, ularni boshqarish ham tizimli xususiyatga ega bo‘lishi kerak.
Ta’lim muassasalarining o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil qilishga tizimli yondashuvning mazmun va mohiyatini quyidagi tamoyillar asosida ko‘rishimiz mumkin:
Sub’yektlar faoliyatining maqsadga yo‘naltirilganligi; majmuaviylilik - ob’ekt o‘zaro bog‘langan tashkil etuvchi qismlarning majmuasi ekanligi;
integrativlik-harakatlanish va rivojlanishga xizmat qiluvchi ichki va tashqi omillarning o‘zaro birligi;
o‘zaro bo‘liqlik – ob’yekt alohida bir tizim sifatida va yuqori tartibli yaxlit tizimning tashkil etuvchi qismi sifatida mavjudligi;
kommunikativlik - tashqi muhit va boshqa tizimlar bilan o‘zaro ta’sir etish xususiyatlariga ega ekanligi;
boshqaruv faoliyatining tizimli ob’yekti sifatida ta’lim muassasasining quyidagi o‘ziga xos xususiyatlari mavjud integrativ sifatlar, alohida olingan tashkil etuvchi qismlardan birortasi ham bunday sifatlarga ega emas.
Ta'limni boshqarish turlarining bunday bo‘linishi, albatta, rasmiy xususiyatga ega. Maktablarda ta’lim sifatini yaxshilashda hamda boshqarishda nafaqat rahbar faoliyatiga, balki boshqa omillarga ham e’tibor qaratilsagina undagi o‘zgarishlarga va rivojlanishlarga erishishimiz mumkin. Ma’lumki, o‘yinlar bolalar uchun «hayotga tayyorlanish maktabi», ularni jismoniy, aqliy va ruhiy rivojlanishiga ta’sir etadi. turlari, o‘ziga xos xususiyatlari, o‘inlarning bolalar tafakkurini yuksaltirish, ularda mustaqillik va tashabbuskorlikni shakllantirishdagi o‘rni xususida atroflicha fikr yuritishga harakat qilamiz. О‘yin bola ongi, tafakkurini о‘stirib, xotira, diqqat, irodasini mustahkamlaydi, jismoniy, ruhiy, hissiy (emotsional) taraqqiy ettirishga xizmat qiladi.Shuningdek, о‘yin bolani katta hayotga tayyorlashda mashq vazifasini bajarib, kelajakda hayotda duch kelinadigan turli holatlarga ma’naviy tayyorlaydi. «Agar bola о‘yinda halol о‘ynasa, keyinchalik hayotda ham halol bо‘ladi» yoki «Bolaning о‘yindagi hara­katiga qarab, uni qanday odam bо‘lishini aytish mumkin», degan naqllar bekorga aytilmagan. Qisqa qilib aytganda, о‘yin bolalarda ijodiy faollik, tashabbuskorlik, tashkilotchilik va boshqa kо‘nikmalarni shakllantiradi.

Download 456,92 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 456,92 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II. Bob. Chizmachilikni o’qitishda vujudga keladigan muammolar va ularni tahlil qilish

Download 456,92 Kb.