“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida”
mavzusidagi 1-sonli respublika ilmiy-onlayn konferensiyasi
31
TA’LIMDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING TURLARI VA
AHAMIYATI
Eshpulatova Xadicha Muradovna
Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi
o‘zbek tili va adabiyot fani o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.7359518
Annotatsiya: Ushbu maqolada hozirgi kunda rivojlangan ta’lim sharoitida
innovatsion ta’lim texnologiyalarining ahamiyati haqida so‘z yuritilgan. Ta’limni
yanada samarali qilish usullari, zamonaviy texnologiyalardan dars davomida qanday
foydalanish usullari haqida ma’lumot berib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar: interaktiv metodlar, innovatsion ta’lim, innovatsiya,
pedagogic
texnologiya, axborot texnologiyalari, an’anaviy ta’lim.
Hozirgi kunda ta‘lim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar,
pedagogik va axborot texnologiyalari o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan qiziqish,
e’tibor kundan kunga kuchayib bormoqda, bunday bo‘lishining sabablaridan biri, shu
vaqtgacha an’anaviy ta’limda o‘quvchi-talabalarni faqat tayyor bilimlarini egallashga
o‘rgatilgan bo‘lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o‘zlari
qidirib
topishlariga, mustaqil o‘rganib, tahlil qilishlariga,
hatto xulosalarni ham
o‘zlari keltirib chiqarishlariga o‘rgatadi. O‘qituvchi bu jarayonda shaxsning
rivojlanishi,
shakillanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu
bilan bir
qatorda boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchlik funksiyasini bajaradi.
Ta’lim jarayonida o‘quvchi-talaba asosiy figuraga aylanadi. Shuning uchun oliy
o‘quv yurtlari va fakultetlarida malakali kasb egalarini tayyorlashda zamonaviy
o‘qitish metodlari - interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalarning o‘rni va roli
benihoya kattadir. Pedogogik texnologiya va
pedagog mahoratiga oid bilim, tajriba
va interaktiv metodlar o‘quvchi-talabalarning bilimli,
yetuk malakaga ega
bo‘lishlarini ta’minlaydi.