|
Yangi kreativ pedagogic texnologiyalar 27 – 28 – Ma’ruza Kreativ pedagogic texnologiyalar. Scamper, notpot, Storytelling, MindMapping va X k Reja
|
bet | 1/3 | Sana | 18.12.2023 | Hajmi | 31,1 Kb. | | #122939 |
Bog'liq 27-28 тема
Yangi kreativ pedagogic texnologiyalar
27 – 28 – Ma’ruza
Kreativ pedagogic texnologiyalar. SCAMPER, NOTPOT, Storytelling, MindMapping va x.k
Reja
“Kreativ pedagogika” moduli
Pedagog kasbiy-innovatsion kompetentligining tuzilishi va mazmuni
Kasbiy shakllanish jarayonida o‘qituvchilarning individual xususiyatlari
“Kreativ pedagogika” moduli (fani)ni o‘qitish pedagoglarda ularga xos kreativ sifat va ijodiy-pedagogik faoliyat malakalarini samarali rivojlantirish imkonini beradi. Pedagoglarda kreativlik sifatlari, ijodiy-pedagogik faoliyat malakalarini rivojlantirish borasida amerikali tadqiqotchi Patti Drepeau tomonidan taklif qilingan yo‘llarda foydalanish kutilgan natijalarni qo‘lga kiritishga yordam beradi. Qolaversa, pedagoglarda kreativlik sifatlarini shakllantirisha ustuvor tamoyillar asosida ish ko‘rish aniq maqsaga yo‘naltirilgan faoliyat samaradorligini kafolatlaydi. Malaka oshirish kurslarida amaliy mashg‘ulotlar jarayonida pedagoglarning kreativlik imkoniyatlarining aniq mezonlar asosida aniqlash, daraja ko‘rsatichlarini baholash asosida bu boradagi yutuq va kamchiliklarni belgilash, yutuqlarni boyitish, kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini belgilash mumkin bo‘ladi. Xorijiy mamalakatlarning ta’lim tizimi amaliyotida shaxs kreativlik sifatlarida shakllantirish yoki rivojlantirishga xizmat qiladigan ko‘plab metod va strategiyalar qo‘llaniladi. Ushbu metod va strategiyalarning didaktik ahamiyati shundaki, ular talaba va o‘quvchilarni o‘quv materiallari yuzasidan chuqur o‘ylashga majbur qiladi. SHu sababli bu metod va strategiyalarni kreativlik sifatlari nihoyatda past rivojlangan o‘quvchi va talabalar bilan ishlash jarayonida samarali qo‘llab bo‘lmaydi. Kzikszentmixayli (Csikszentmihalyi, 1996 y.) kreativ shaxslar ikki toifaga bo‘linadi degan fikrni ilgari suradi:
Katta kreativlar (“katta K”). Ular o‘zlari faoliyat olib borayotgan sohaning etakchilari bo‘lib, sohada doimo o‘zgarishlarni sodir etishga intiladi.
Kichik kreativlar (“kichik K”). Ular o‘zlarining kreativlik sifatlaridan faqatgina kundalik hayotda muayyan foydaga erishish uchun foydalanadi.
“Keys-stadi” texnologiyasining mohiyati. Muammoli vaziyatlarni yaratish va ularni hal qilishga doir o‘quv topshiriqlarini ishlab chiqishda “Keys-stadi” texnologiyasi muhim ahamiyatga ega. Texnologiya qariyib 150 yildan buyon xorijiy mamlakatlar ta’limi amaliyotida muvaffaqiyatli qo‘llanib kelinmoqda. Bugungi kunda “Keys-stadi” texnologiyasi respublika ta’limida ham tobora ommalashib bormoqda.
Sh u sababli ayni o‘rinda ushbu metod (texnologiya)6 mohiyati haqida so‘z yuritiladi.
Darhaqiqat, keys-stadi talabalarni har qanday mazmunga ega vaziyatni o‘rganish va tahlil qilishga o‘rgatadi. Uning negizida muayyan muammoli vaziyatni hal qilish jarayonining umumiy mohiyatini aks ettiruvchi elementlar yotadi. Bular quyidagilardir: ta’lim shakllari, ta’lim metodlari, ta’lim vositalari, ta’lim jarayonini boshqarish usul va vositalari, muammoni hal qilish yuzasidan olib borilayotgan ilmiy izlanishning usul va vositalari, axborotlarni to‘plash, ularni o‘rganish usul va vositalari, ilmiy tahlilning usul va vositalari, o‘qituvchi va talaba (talaba) o‘rtasidagi ta’limiy aloqaning usul va vositalari, o‘quv natijalari.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Yangi kreativ pedagogic texnologiyalar 27 – 28 – Ma’ruza Kreativ pedagogic texnologiyalar. Scamper, notpot, Storytelling, MindMapping va X k Reja
|