Pedagog kasbiy-innovatsion kompetentligining tuzilishi va mazmuni




Download 31,1 Kb.
bet2/3
Sana18.12.2023
Hajmi31,1 Kb.
#122939
1   2   3
Bog'liq
27-28 тема

Pedagog kasbiy-innovatsion kompetentligining tuzilishi va mazmuni.
Pedagogika va psixologiyada bo‘lajak o‘qituvchi faoliyatini yaxlit tizim sifatida o‘rganish muhim ilmiy-amaliy muammolardan biri hisoblanadi.
Uni hal etishda, modellashtirish muhim o‘rin tutadi. «Modellashtirish tadqiqotchilik faoliyatining yaxlit turkumini aks ettirishga xizmat qiladi. Tadqiqotchi turkum mohiyatini sinchiklab o‘rganib chiqadi. Zero, u yakuniy model sifatida nazariyani xulosa va g‘oyalar bilan boyitadi. Demak, modellashtirish tanlangan ob’ekt turkum ko‘rinishida tasavvur etishga imkon beradi» .
«Mutaxassis modeli» tushunchasiga nisbatan turli qarashlar mavjud. Ko‘pchilik mualliflar mutaxassis modeli deyilganda, muayyan soha mutaxassisining umumlashtirilgan obrazi sifatida o‘rganilayotgan ob’ektning asosiy xususiyatlarini aks ettiruvchi tasviriy o‘xshatishni tushunish kerakligiga urg‘u beradilar.
Modelning muayyan vaqtning o‘zida tasviriy shaklni aniqlash hamda uni qurish «texnologiyasi»dan iborat ekanligini qayd etuvchi qarashlar ham mavjud.
Uchinchi guruh vakillari esa «mutaxassis modeli» tushunchasi mohiyatida bilim, ko‘nikma va malakalardan tashqari shaxsning shaxsiy sifatlari, madaniyati va boshqa xususiyatlari ham namoyon bo‘lishi zarurligini yoqlaydilar.
N.F.Talizina tomonidan, mutaxassisni kasbiy tayyorlash jarayonini modellashtirishga nisbatan umummetodologik yondashuv ishlab chiqilgan. Modelda kutilayotgan natija va unga erishish yo‘llarining uzviy birligi aks etishi zarurlig ini alohida ta’kidlab, muallif quyidagilarni bayon etadi:
«Mutaxassis modeli muammosi o‘quv rejalari kabi o‘quv dasturlarining ham mazmunini aniqlashda muhim hisoblanadi».
Kasbiy tayyorgarlikning sifati quyidagi uchta asosiy vaziyatning asoslanganlik darajasiga bog‘liqdir: o‘qitish maqsadlari (nima uchun o‘qitiladi?), o‘qitish mazmuni (nima o‘qitiladi?) va o‘quv jarayonini tashkil etish tamoyilari (qanday o‘qitiladi?) darajasiga bog‘liq bo‘ladi.
Bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlash jarayoni murakkab xususiyatga ega bo‘lib, bu jarayonda maqsadning aniq belgilanishi, mutaxassis modelining tarkibiy asoslarini aniqlashtirish muhim ahamiyatga ega.
Mutaxassis modeli quyidagi uchta tarkibiy asosdan tashkil topadi:
  1. Yangi ijtimoiy bosqichga xos bo‘lgan xususiyatlar asosida yuzaga kelgan faoliyat turlari.


  2. Kasbiy talablari aniq ko‘rsatiladigan faoliyat turlari.


  3. Davlatning ijtimoiy-siyosiy tuzilmasi hamda uning ma’naviy- axloqiy tizimi mohiyatiga ko‘ra tashkil etiluvchi faoliyat turlari.




Yuqorida keltirilgan faoliyat asoslari ma’lum mutaxassis uchungina emas, balki barcha mutaxassisliklar vakillari uchun ham zarur bo‘lgan mahorat (shuningdek, ma’lum bilimlar)ni o‘z ichiga oladi. Masalan, o‘qish mahorati, jamoani boshqara olish, ijtimoiy faoliyatni tashkil etishga tayyorlik. Keyingi ikki faoliyat turi ma’lum kasb uchun qo‘yiluvchi aniq talablar darajasini belgilaydi.
Ammo, oliy ma’lumotli mutaxassislar tomonidan tashkil etiluvchi faoliyat turlariga ko‘ra barcha talablarni quyidagi uchta guruhga birlashtirish mumkin:
1) tadqiqotchilik faoliyatini olib borishga imkon beruvchi mahorat;
2)umummuhandislik va ixtisoslik fanlari bo‘yicha nazariy va amaliy masalalarni hal etishda zarur bo‘ladigan mahorat;
3) talabalarni pedagogik va metodik faoliyatga tayyorlashni ta’minlovchi mahorat.
O‘qituvchi avvalo ta’lim mazmunini loyihalashtirish bilan bog‘liq quyidagi mahoratlar tizimini egallab olishi kerak: o‘qitish maqsadlarini (ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantirish) konstruktiv tasvirlash; o‘quvchilarda ma’lum kasb faoliyati bo‘yicha bilim, ko‘nikmalarning shakllanganlik darajasini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlarni aniqlash; ushbu ko‘rsatkichlarning aks etishiga imkon beruvchi chizmalar, sxemalar, loyihalar, texnik-texnologik hamda tashkiliy-iqtisodiy mashqlar va ta’lim metodlari, shaklini to‘g‘ri tanlash; ularning ketma-ketligini aniqlash; o‘quvchilar tomonidan nazariy va amaliy bilim va ko‘nikmalarning shakllantirilishi va hokazolar borasidagi zarur ma’lumotlarga ega bo‘lishni ta’minlovchi ko‘rsatkichlarni aniqlash.
Kasbiy shakllanish jarayonida o‘qituvchilarning individual xususiyatlarini o‘rganish, o‘zlashtirish jarayonini tashkil etish hamda uning natijalarini baholash muhimdir. O‘quv faoliyatining zarur tarbiyaviy natijasini aniqlashga xizmat qiluvchi mahoratlar alohida tizimni tashkil etadi. Ma’naviy dunyoqarash va uning mohiyati hamda umumiy madaniyatlilik darajasiga qo‘yiluvchi talablarni o‘z ichiga oladi.
Tuzilishi nuqtai nazaridan mutaxassis modeli uni o‘zgartirish va tuzatish imkonini beruvchi, faoliyat samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi va oson tashhis (diagnostika) qilinadigan tarkibiy qismlarni o‘z ichiga olishi zarur. Ikki qismli tuzilmaga ega bo‘lgan mutaxassis modeli eng ko‘p tarqalgan model hisoblanadi.
Bugun biz biron bir narsani shunday qilmasdan to'xtata olmaymiz 
Download 31,1 Kb.
1   2   3




Download 31,1 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Pedagog kasbiy-innovatsion kompetentligining tuzilishi va mazmuni

Download 31,1 Kb.