“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida”




Download 398,84 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana28.01.2024
Hajmi398,84 Kb.
#147480
1   2   3   4
Bog'liq
ta-limda-innovatsion-texnologiyalarning-turlari-va-ahamiyati

“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” 
mavzusidagi 1-sonli respublika ilmiy-onlayn konferensiyasi
 
33 
Dars shaklidagi innovatsiyani quyidagi shaklda ko‘rishimiz mumkin. 
a) Standart dars – dars ichidagi struktura o‘zgarmaydi. 
b) Nostandart dars – dars ichidagi struktura o‘zgaradi. 
v) Vertual dars – ya’ni masofadan o‘qitish. Pedagogik innovatsiyada “yangi” 
tushunchasi markaziy o‘rin tutadi. Shuningdek, pedagogik fanda xususiy, shartli, 
mahalliy va subʼektiv yangilikka qiziqish uyg‘otadi. 
Xususiy yangilik V.А.Slasteninning aniqlashicha, joriy zamonaviylashtirishda 
muayyan tizim mahsuloti unsurlaridan birini yangilashni ko‘zda tutadi. Murakkab va 
progressiv yangilanishga olib keluvchi maʼlum unsurlarning yig‘indisi shartli 
yangilik hisoblanadi. Yangilik - bu vositadir: yangi metod, metodika, texnologiya va 
boshqalar. V.I. Zagvyazinskiy yangi tushunchasiga taʼrif berib, pedagogikadagi yangi 
bu faqatgina g‘oya emas, balki hali foydalanilmagan yondashuvlar, metodlar, 
texnologiyalardir, lekin bu pedagogik jarayonning unsurlari majmuan yoki alohida 
olingan unsurlari bo‘lib, o‘zgarib turuvchi sharoitda va vaziyatda taʼlim va tarbiya 
vazifalarini samarali hal etishning ilg‘or boshlanmalarini o‘zida aks ettiradi. 
Pedagogik innovatsiyalar - bu maqsadlarga samarali erishishga yordam beradigan 
ta’lim sohasidagi yangiliklarni ishlab chiqish, joriy etish, sinovdan o‘tkazish va 
baholash jarayoni. Ular orasida: ta‘lim jarayoni vaqt o‘tishi bilan o‘zgaradi, mehnat 
bozori bo‘lajak xodimlarga yangi talablarni qo‘yadi va o‘qitish o‘zgartiriladi, yangi 
maqsadlarga moslashtiriladi, bunga erishish uchun yangi pedagogik usullar, uslublar 
va usullar zarur. 
Ta’limdagi innovatsiyalar quyidagi maqsadlarga erishishga yordam beradi: 
Ta’lim jarayonini insonparvarlashtirish, demokratlashtirish; 
Talabalarning kognitiv faolligini faollashtirish; 
Ta’lim va tarbiya ishlarini tashkil etish samaradorligini oshirish; 
O'quv materialining metodika va didaktika nuqtai nazaridan o'zgartirishlari. 
Ta‘limga yondashuv - bu yangi texnologiyalar uchun asos bo‘lgan asosiy 
tamoyil, talablar va maqsadlar to‘plami. 



Download 398,84 Kb.
1   2   3   4




Download 398,84 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida”

Download 398,84 Kb.
Pdf ko'rish