|
“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida”Bog'liq ta-limda-innovatsion-texnologiyalarning-turlari-va-ahamiyati“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida”
mavzusidagi 1-sonli respublika ilmiy-onlayn konferensiyasi
32
Hozirgi davr taʼlim taraqqiyoti yangi yo‘nalish - innovatsion faoliyatni
maydonga olib chiqdi. Аxborot - yuksak rivojlangan texnologiyalar asri deb
yuritilayotgan XXI asrga kelib, taʼlim jarayoniga innovatsiyani keng joriy qilish
masalasiga eʼtibor yanada kuchaytirildi. O‘zbekistonda ham so‘nggi yillarda
innovatsiya boshqa sohalarga qaraganda birinchilardan bo‘lib taʼlim tizimiga kirib
keldi va innovatsiyani taʼlim jarayonida qanday o‘z aksini topganligini quyidagilarda
ko‘rishimiz mumkin. Pedagogik fanlar tizimiga innovatsiyaning kirib kelishini
pedagogika fanlari tarkibiga quyidagilar bilan belgilandi.
a) Gendr pedagogikasi; b) Evristik pedagogika;
v) Majburiy pedagogika; g) Аndrogogik pedagogika
- O‘qitish metodlariga innovatsiya aktiv, passiv va interaktiv metodlarining kirib
kelishi misolida ko‘ramiz. Аktiv metodni qo‘llash talabalarni dars jarayonidagi
faolligini oshirishga xizmat qilsa, passiv metod talabalarni bir tomonlama tushuncha
berilishi bilan izohlanadi. Interaktiv metod esa birgalikda faol harakat qilishi
(o‘qituvchi bilan talaba, talaba bilan talaba) tushuniladi.
- Dars shakliga innovatsiyani kirib kelishini standart, nostandart hamda vertual
dars shakllari misolida ko‘rishimiz mumkin.
- O‘qitish turlaridagi innovatsiyani muammoli taʼlim, evristik taʼlim,
darajalangan taʼlim, integratsiyalangan taʼlim, interfaol taʼlim, informal taʼlim,
rasmiy taʼlim, norasmiy taʼlim turlari mavjud.
- O‘qitish vositalariga innovatsiyani kirib kelishini dars jarayonida multimedia,
elektron doskalar va boshqa vositalarni misol qilish mumkin.
- O‘qitish metodlaridagi innovatsiyani quyidagi metodlarda ko‘rishimiz
mumkin.
1. Аktiv metod - dars jarayonida faollashuviga, maʼlum bir holat va voqelikka
nisbatan fikrlashga-mulohaza yuritishga undaydi.
2. Passiv metod - dars jarayonida talabalarda o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha
bir tomonlama tushuncha hosil bo‘lishiga olib keladi.
3. Interaktiv metod. Bu metodni maqsadi dars jarayonida o‘qituvchi va
talabalarni birgalikdagi faol xatti-harakatlariga asoslanadi.
|
| |