2. Islom Abdugʻanievich Karimovning hokimiyat tepasiga kelishini sharhlab bering




Download 95.53 Kb.
bet1/25
Sana11.03.2024
Hajmi95.53 Kb.
#170113
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
kickina versiyaO\'zbekiston tarixi yakuniy nazorat -1
nir, 5-mavzu, The theme of doctor of philosophy, 20-mavzu, Речь человека представляет собой продукт работы речевого аппарата, Taqdimot, Online-shopping-vs-Traditional-shopping-SV, Sillabus kunduzgi. Innovatsion pedagogika, Konspekt .Nutq uslublari, Abdullayev abdulaziz, Topshiriq IP, Tezislar va ularning turlari, Фиолетовый и Оранжевый Творческий Градиент Краткая Презентация Блиц-Резюме, A1.Ilmiy uslub janrlari. Ilmiy sharh. Kurs ishi., Yusuf Tolibov

Variant №1

  1. Sovet davlati nima uchun tariximizni o’chirishga milliyligimizni yo’qotishga intildi?Bizning tariximiz ham, jahon tarixi ham din (aniqrog‘i dinlar) tarixi bilan uzviy bog‘liq. Ijtimoiy hayotni dindan, dinni ijtimoiy hayotdan ajratib bo‘lmaydi. Agar ajratilsa, tarixga ham, dinga ham mantiqqa ham zid bo‘ladi. Ma’lumki, sovet tarix fani tarixni soxtalashtirdi, din ilmga zid, tarixiy taraqqiyotga to‘sqinlik qiladi degan dahriylikka amal qildi. Tarix qanday bo‘lsa, uni shundayligicha o‘rganish ustivor bo‘lmog‘i kerak. Shuning uchun ham u din bilan mo’tadil, mutanosiblik asosida o‘rganilmog‘i hozir eng asosiy zaruriyat bo‘lib turibdi. Bu esa, yoshlarni har xil din niqobidagi dinga aloqasi yo‘q terroristik guruhlarga adashib kirib qolishlarining oldini oladi, shuningdek, tariximizni haqqoniy va to‘la yozilishiga imkon beradi.

2. Islom Abdugʻanievich Karimovning hokimiyat tepasiga kelishini sharhlab bering.


O'zbekistonda 1989 yilning ikkinchi yarmidan boshlangan o'zgarishlar Gdlyan guruhiga nisbatan munosabatlarni ham keskin o'zgartirib yubordi. "Paxta ishi" bilan bog'liq bo'lgan qonunbuzarliklarni fosh etish, begunoh kishilarni oqlashda O'zbekistonning birinchi rahbari Islom Karimov boshchiligida keng ko'lamli ishlar boshlandi. Bu ishlar markazdan hech qanday ruxsat so'ramasdan mustaqil tarzda olib borildi. Shunday murakkab sharoitda ittifoqdosh respublikalar ichida birinchi bo'lib respublika Bosh prokurori Birinchi Prezident Islom Karimovning tavsiyasiga ko'ra tayinlandi. I.A.Karimov bosh prokuror oldiga respublikamiz manfaatlarini himoya qilish, birinchi navbatda, "paxta ishi" bo'yicha nohaq qamalagan fuqarolarning haq-huquqini tiklash masalasini qo'ydi.
O'zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi 1989 yil 12 sentyabrda "paxtachilikda qo'shib yozishga yo'l qo'ygani uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan kishilarni avf etish maqsadida hujjatlar tayyorlaydigan komissiya" tashkil etdi. Bu komissiya tergov hujjatlarini O'zbekistonga qaytarib, minglab ishlarni qayta o'rgandi. Uzoq davom etgan mashaqqatli kurash natijasida, 2940 kishining haq-huquqi qayta tiklandi, 1015 kishi asossiz sudlangani aniqlandi. Noqonuniy ravishda xibsga olingan vatandoshlarimiz ozodlikka chiqdi.O’zbekistonda prezidentlik boshqaruvining shakllanishi:1990 yil 23 martda O’zbekiston SSR Prezidenti lavozimini ta’sis etish, O’zbekiston SSR Konstitutsiyasiga o’zgartirishlar kiritish to’g’risida Qonun qabul qilindi.1990 yil 24 martda 12 chaqiriq O’zbekiston SSR Oliy Sovetining 1-sessiyasi Respublika Kompartiyasi 1- kotibi bo’lgan I.A.Karimovni O’zbekiston SSRning 1-Prezidenti etib sayladi.



  1. Taraqqiyotning "O`zbek modeli" nima?.

Bozorga o‘tishning o‘zbek modeli - O‘zbekistondagi bozor tizimi tabiiy ravishda tarixiy o‘tmishning xususiyatlari, milliy va madaniy qadriyatlari, aholining xulq-atvor stereotiplari, tadbirkorlik turlari, ishlab chiqarishni boshqarish shakllari va usullarini hisobga olgan ishlab chiqilgan bo‘lib, u sun’iy ravishda u yoki bu turdagi xorijiy modelni avtomatik ravishda joriy etishni inkor etar edi.
SHu bilan birga, u tarkibiy, investitsiyaviy, kredit-moliya, valyuta, tashqi savdo siyosatining umumbashariy tamoyillarini o‘zida mujassam etgan bo‘lib, bu har xil turdagi va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasidagi mamlakatlarga jahon bozori talablari asosida moslashishga imkon berdi. Ushbu chora-tadbirlar, aslida, barcha mamlakatlar uchun bir xil, ammo ularning kombinatsiyasi, muayyan sharoitlarda va har bir bosqichda ulardan foydalanishning tabiati va tartibi muayyan o‘zgaruvchan mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyatning o‘ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadi.Ma’lumki, mashhur va xalqaro miqyosda e’tirof etilgan “O‘zbek modeli” quyidagi beshta tamoyilga asoslanadi:Birinchidan, iqtisodiyot siyosatdan ustun bo‘lishi kerak.Ikkinchidan, qiyin o‘tish davrida davlat bosh islohotchi bo‘lishi kerak. Uchinchidan, butun yangilanish va taraqqiyot jarayoni huquqiy asosga, ya’ni qonun ustuvorligiga asoslanishi kerak.To‘rtinchidan, real demografik vaziyatni, aholining mavjud turmush darajasini hisobga olgan holda, bozor munosabatlariga o‘tishda odamlarni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha oldindan qat’iy choralar ko‘rilishi kerak.Beshinchidan, yangi iqtisodiy bozor munosabatlarining shakllanishi muvozanatli, puxta o‘ylangan, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak.



Download 95.53 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Download 95.53 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2. Islom Abdugʻanievich Karimovning hokimiyat tepasiga kelishini sharhlab bering

Download 95.53 Kb.