|
Frene maktabidagi ta'lim texnologiyasi
|
bet | 1/5 | Sana | 18.11.2023 | Hajmi | 68 Kb. | | #101035 |
Bog'liq Frene maktabi ta`lim texnologiyasi FRENE MAKTABIDAGI TA'LIM TEXNOLOGIYASI
Reja:
1. Frene maktabidagi ta`lim texnologiyasi
2. Frene ta`lim mazmuni texnologiyasi.
3. Frene maktabi O’quvchilarni pedagogik jihatdan baholash texnologiyasi.
FRENE MAKTABIDAGI TA'LIM TEXNOLOGIYASI
Frantsiya jahondagi iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar ichida etakchi o’rinlardan birini egallaydi. Uning ta’lim tizimlari ham qadimiy va boy tarixga ega. Bu mamlakatda «Ta’lim haqida»gi Qonun dastlab 1955 yilda qabul qilinib, 1975 yilda unga bir qator o’zgarishlar kiritildi.
Frantsiya davlatining hozirgi davrida amal qilayotgan «Ta’lim haqida»gi Qonuni 1989 yil 10 iyulda qabul qilingan bo’lib, uning o’zgartirilishi ta’lim strategiyasida ro’y bergan o’zgarishlar, mamlakatning ichki, tashqi siyosatidagi islohotlar, yuzaga kelgan iqtisodiy sharoitlar, chet el pedagogikasidagi ilg’or tajribalarning mamlakat ta’lim tizimlariga kirib kelishi, o’quv predmetlaridagi integratsiyalar sabab bo’ldi.
FRENE MAKTABIDAGI TA'LIM TEXNOLOGIYASI
Frantsiyada ta’limning asosiy maqsadi shaxsni har tomonlama kamol topishini ta’minlash, uni mustaqil faoliyatga tayyorlash, bozor munosabatlari sharoitida o’quvchilarni tadbirkorlikka, ishbilarmonlik va omilkorlikka o’rgatish, shunga yarasha kasbkorga ega qilishdan iboratdir.
Mamlakatda maktablar davlat, xususiy, oraliq maktablariga bo’linadi. O’qitiladigan predmetlar ichida frantsuz tili va adabiyoti, o’qish va yozuv alohida ahamiyatga molik bo’lib, ularga ajratilgan vaqt dars «tarkib»ining 30 foizini tashkil etadi. Umuman, «tarkib»dagi 45 foiz darslar gumanitar yo’nalishda, qolganlari tabiiy fanlardir.
Sinflarning o’rtacha haftalik darslari 26 soatdan iborat, darslarning davomiyligi esa 60 minut, sinflardagi bolalarning o’rtacha soni 35-40 ta, o’quv yili 5 chorakka bo’linadi.
FRENE MAKTABIDAGI TA'LIM TEXNOLOGIYASI
Boshlang’ich sinflardagi o’qish ertalab va tushdan keyin o’tkaziladi. Ertalab o’quvchilar ona tilidan, tushdan keyin esa matematika va boshqa predmetlardan saboq oladilar. Frantsiya maktablarida ona tili va adabiyoti hamda matematika baza predmetlari, tarix, geografiya, mehnat ta’limi, jismoniy tarbiya predmetlari esa rivojlantiruvchi predmetlar hisoblanadi.
|
| |