|
Frene maktabidagi ta'lim texnologiyasi
|
bet | 2/5 | Sana | 18.11.2023 | Hajmi | 68 Kb. | | #101035 |
Bog'liq Frene maktabi ta`lim texnologiyasiTa’lim tizimlari
Frantsiya ta’lim tizimining dastlabka bosqichini maktabgacha tarbiya tashkil etadi. Bu bosqichni «Onalar maktabi» deb ham yuritiladi. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad, bolalarning maktabdagi sharoitini uy sharoiti bilan yaqinlashtirish, ularga oiladagidek iliq munosabatni shakllantirishdan iborat. Ular mustaqil holda ham, maktablarning boshlang’ich sinflari bazasida ham tashkil etilgan. Frantsiya ta’limida bolalarning go’daklik chog’idanoq maktabda o’qitish uchun tayyor holda olib kelish g’oyat muhim masala hisoblanadi. “Onalar maktablari” bazasida tashkil etilgan maktabgacha tarbiya shahobchalarida tarbiyalanuvchilar quyidagicha tabaqalashtirilgan:
kichik guruh 2 yoshdan 4 yoshgacha
o’rta guruh
4 yoshdan
5 yoshgacha
5-6 yoshlilar maktabga tayyorlov guruhi bo’lib, ularga Frantsiyada 100 foiz shu yoshdagi bolalar qamrab olingan
katta guruh
5 yoshdan
6 yoshgacha
Boshlang’ich ta’lim
Frantsiyada boshlang’ich ta’lim maktablariga 6 yoshdan 11 yoshgacha bo’lgan bolalar jalb qilinadilar. Boshlang’ich maktablar fuqarolarning qanday millatga, mamlakat fuqaroligiga mansub bo’lishidan qat’iy nazar, majburiy va bepuldir. Boshlang’ich maktab bosqichiga qo’yilgan asosiy talab o’quvchilarga ifodali o’qish, yozish, hisoblash malakasini berishdan iboratdir. Frantsiya ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan chet el fuqaroligiga mansub kishilarning farzandlariga ularning tabiatini, xalqi, tarixi, tili va adabiyotini o’rganish uchun fakultativ kurslar tashkil etish ham ko’zda tutilgan.
Boshlang’ich ta’lim
Boshlang’ich sinflarda o’qish muddati 5 yil bo’lib, shu muddat ichidagi o’qish asosan 3 bosqichga bo’linadi:
— Tayyorlov bosqichi – 1 yilga mo’ljallangan. Bunda bolalar hisoblashga, o’qish va yozishga, kuylashga, o’ylashga, tabiat manzaralarini tomosha qilishga va undan bahra olishga, jismoniy mashqlar bilai mashg’ul bo’lishga, maktabning turli sport tadbirlarida ishtirok etishga, musiqa, mehnat qilishga o’rgatiladilar.
|
| |