|
Frene maktabidagi ta'lim texnologiyasi
|
bet | 3/5 | Sana | 18.11.2023 | Hajmi | 68 Kb. | | #101035 |
Bog'liq Frene maktabi ta`lim texnologiyasiO’quv mashg’ulotlari ertalab soat 9 dan 12 gacha, hamda soat 14 dan 16 gacha 5 soat davom etadi. Maktabda ovqatlanish pullik, lekin ovqatlar juda arzonlashtirilgan narxlardadir.
Navbatdagi bosqich – elementar kurs bo’lib bu bosqich 2 yil davom etadi. Bunda o’quvchilarning tayyorlov tsiklida predmetlar bo’yicha olgan bilimlari yanada takomillashtiriladi. Tayyorlov bosqichida bir o’qituvchi ishlasa, elementar bosqichda ikki o’qituvchi (har biri 1 yildan) ishlaydi. Boshlang’ich maktabning 3 bosqichi – chuqurlashtirish bosqichidir. Bunda o’quvchilarning tayyorlov va elementar bosqichdagi bilimlari yanada chuqurlashtiriladi. S.Frene maktabidagi o‘qitish texnologiyasi. XX asming 20-30-yillarida fransuz maktablarini modernizatsiyalash birinchi navbatda ushbu olimning nomi bilan bog‘liq. Uning pedagogik tajriba-sinov ishlari butun dunyoga keng voyildi. U shaxs rivojlanishi uchun mustaqil muhim bosqich sifatida bolalikning ahamiyatmi tushunmaslik bor, shuning uchun maktabda bolani haqiqiy hayotga tayyorlashga o‘rgatish kerak, deb hisobladi. Frenening maktabi - bu mehnat maktabining modeli. Bunday maktabning asosiy texnik vositasi - bu erkin matnlar, tarqatma materiallar deb nomlanadigan bosmaxona, ba’zi texnik vositalar hamda maktabning o‘zini-o‘zi boshqarishi. Maktab pedagogik ishlarini tashkil etilishining butun markazida - bosmaxona. Lekin odatdagi maktab bosmaxonasidan farqli ravishda bu o‘zida muhim didaktik va tarbiyaviy vazifalarni jamlaydi.
O‘qitish texnologiyasi:
1. Frene maktabida natijasida o‘qituvchi va o‘quvchi haqiqiy yaqin kishilarga ayla֥nadigan insoniy munosabatlarga oid o‘quv ishiga o‘quvchilarning qiziqishlarni rag‘batlovchi ish metodlari uyg‘unlashadi.
2. O‘qituvchi turli yosh guruhidagi o‘quvchilar (7-14 yosh) bilan ishlaydi. Mashg‘ulot matnni muhokama qilish bilan boshlanadi, bu paytda sinf guruhlarga bo‘linmaydi, chunki muhokama uchun katta va kichik yoshdagi bolalar kerak.
3. Bolalarning qiziqishlari, masalalar aniqlanadi.
4. Har bir kishining imkoniyatiga qarab vazifa bo‘linadi.
5. Kattalar guruhlarga bo‘linishadi va birdaniga mustaqil ishlashga kirishishadi.
O‘qituvchi o‘quvchilar bilan dastlab jamoa bo‘lib ishlaydi, so‘ng har biri alohida topshiriq oladi. Masalan, katta yoshdagi o‘quvchilar. Bir guruhi devoriy gazeta chiqarish ustida ishlaydi: bittasi odatdagi shriftda, boshqasi kichkina bolalar uchun katta shriftda matn teradi; ikkitasi turli belgilangan mavzular (“Idishlarning tutashuvi, “Suv quvuri” ) bo‘yicha matnni tasvirlovchi gravyuralar tayyorlaydi. Yana ikkitasi kutubxonada ishlaydi, kartoteka to‘ldiradi. Ba’zi bir bolalar dokladlar tayyorlashadi. Ikkita bola “Suv va uning xususiyatlari” mavzusi bo‘yicha materiallar to‘plash uchun qishloqqa ketishadi, ikkitasi maktab metereologiya maydonchasida ishlaydi. Shundan so‘ng o‘qituvchi kichik bolalarga alohida topshiriq berganidek, o‘rta va kichik yoshdagi bolalar bilan ishlashga kirishadi. Nazariy munozara tajriba-sinov ishlari bilan almashinadi. O‘quvchilar mustaqil ravishda axborot xaritalar tuzishadi va nazoratli xaritalar yordamida ishning sifatini tekshirishadi. Shunday qilib, butun jamoa faoliyati doirasida har bir o‘quvchining ishini tashkil etish S. Frene maktabidagi yangi ta’lim texnologiyasining bosh o‘ziga xosliklaridan biri sifatida aks etadi. Frene maktabidagi o‘qituvchilar bilimlarni o‘zlashtirishning samarali yo‘i sifatida kuzatish va demonstratsiya emas, aksincha tajriba orqali bilish deb hisoblashadi. Frene fikriy qobiliyat faoliyatda shakllanadi va ko‘rinadi, deb hisoblaydi. Chunki kuchli odam unda o‘zidagi egallangan tajribadan foydalanadi. shunda uning ravnaqi tezlashadi. “Agar biz asalari singari u asal ishlab chiqishda gul nektarini yig‘ish uchun har bir ochiq kundan foydalangani singari harakat qilamiz. Shuning uchun biz turli faoliyatga boy insonni so‘ng sinfda ularni asal bilimlarga aylantirish uchun atrof-olam haqida ma'lumot to‘plashga jo‘natamiz”
|
| |