|
Frene maktabidagi ta'lim texnologiyasi
|
bet | 4/5 | Sana | 18.11.2023 | Hajmi | 68 Kb. | | #101035 |
Bog'liq Frene maktabi ta`lim texnologiyasi "Ta'lim to’g’risida"gi qonunga va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" ga asoslangan. Boshlang’ich ta'limning o’quv-tarbiya jarayoni mazmunini oldindan anglagan holda, avvalo, psixologik-pedagogik asosga qurilgan ta'limning zamonaviy insoniy-axloqiy va tabiatan yaratilgan namunaviy texnologiyasi yaratildi. Boshlang’ich ta'lim texnologiyasini tahlil qilish natijasida ushbu texnologiya asosida turgan quyidagi psixologik-pedagogik qoidalarni vujudga keltirish imkoni bo’ldi:
1. Ta'lim jarayoni (o’qitish va tarbiyalash) "bolani o’qishga o’rgatish" prinsipiga qurilishi kerak.
2. Ta'lim jarayonida (o’qitish va tarbiyalash) har bir bolaning shaxsiy xususiyatlari namoyon bo’lib, va tabiiy erkin faol ishtirok etadiran bo’lsin.
3. Ta'lim jarayoni shunday quriladiki, bu o’qitishdan va boshqa faoliyatlardan anglashilgan maqsad bolalarning tabiiy va o’sib borayotgan ehtiyojlariga muvofiq bo’lgan muhim va ularga tushunarli bo’lishini ta'minlashdir. Shu bilan birga ta'lim jarayoni o’quvchilar faoliyatining ichki imkoniyatlari ustivorligiga quriladi. Bahodan esa qulayliklarning tashqi sabablaridan yordamchi vosita sifatida foydalaniladi, xolos.
4. Bolalar tomonidan o’rganilayotgan fanning asosiy bilim-malakalarni egallash ular uchun qiziqarli va tushunarli jarayonda amalga oshiriladi. Zero, bu malakani egallash, asosan tasavvur orqali amalga oshib, ular bir bolada kuchli xotirlash paydo qiladi. Bolaning asosiy o’quv malakasini tez va soz egallashi uning umumiy psixologik va aqliy rivojlanishiga olib keladi. Bu esa, o’z navbatida, sust tayyorlangan va yetarli rivojlanmagan bolalarda nuqsonlarning bartaraf bo’lishiga olib keladi, tabiatan qobiliyatli bo’lgan bolalarni esa rivojlantirib, yanada yuqori qobiliyatlarini yuzaga chiqaradi.
5. Malaka va ko’nikmalarni egallash, ularni takomillashtirish bolalar ijodiyoti jarayonida badiiy o’qish, xalq iqtisodiyotini, badiiy mehnatni o’rganish orqali amalga oshadi.
6. Boshqa ta'lim tizimlariga qaraganda mutlaqo o’zgacha ta'lim psixo-fiziologik modeli ishlatiladi. Bu analitik-sintetik jarayonlarni avtomatlashtirish emas, albatta.
7. O’quv sinflari turli xillik prinsipi: bolalarning maktab ta'limiga oldindan tayyorgarligi darajasi bo’yicha hamda umumiy psixik va aqliy taraqqiyoti bo’yicha jalb qilinadi.
8. Bola materialni faqatgina eshitish yoki his qilish a'zolari orqali o’zlashtirmaydi, balki o’zida bilishga nisbatan paydo bo’lgan ehtiyojni qondirish uchun o’zlashtiradi.
9. Ta'limning muvaffaqiyatli bo’lish sharti: o’quv materialini muammolashtirish (bilim-bolalar, hayratlanish va qiziquvchanlik); bolaning faolligi (bilimlar qiziqish bilan o’zlashtirilishi lozim); ta'limning bola hayoti bilan, o’yin, mehnat bilan aloqasi.
10. Muammoli vaziyat paydo bo’lganda o’qituvchidan o’quv materialini muammolashtirishni, differensial va individual yondashishni talab etiladi.
Dars jarayonida didaktik, tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirish va bolani rivojlantirish.
1. Butun dars davomida har bir o’quvchiniig ongli aqliy faoliyatiga erishish: bu – o’quvchilar butun mashg’ulot davomida ishlaydi deganidir. O’quvchi uy vazifasini tekshirishga kirishadi, yangi materiallarning bayonini tinglaydi, ularni mustahkamlashda faol qatnashadi, mustaqil ishlarni bajaradi. Bunda o’quvchilarni bilish faoliyatiga mexanik tarzda kiritiladi deb o’ylash noto’g’ri. Bu yerda gap tabiiy mexanizmlarning o’quvchini faol bo’lishga go’yo majbur qilayotganday ta'sir etishi haqida ketyapti. Zero, o’quv mashg’ulotida o’sha mezonni amalga oshirish uchun rivojlanib boruvchi usulni qo’llash zarur va bunda har bir o’quvchi faoliyatini darsning barcha bosqichida rejali nazorat qilish lozim bo’ladi.
2. O’quvchining o’z faoliyatiga va o’zgalar faoliyatiga hissiy aloqadorligini ta'minlash. Bunda biz aqliy jarayonning rivojlanishi kechinmalarsiz (his qilish) amalga oshmasligidan kelib chiqamiz. Ayni kechinmalar o’zgarishlarni va intellektdan keyingi rivojlantirishni kuchaytiradi. Amalda bolalarning hissiyotlari ularning ishlarini harakatlantiruvchi kuchga ega bo’lishi ma'lum. Agar darsda o’quvchi o’z muvaffaqiyati yoki omadsizligi haqida tashvishlansa, bu holat motivlashtirish va fe'l-atvorlarini boshqarish markazini qo’zg’atishga yordam beradi (L. S. Vigotskiy). Agarda o’qituvchi o’quvchining o’z faoliyatiga hissiy aloqadorligini ta'minlasa, shart-sharoit yaratsa, unda hissiy aloqadorlik bola intellektual rivojlanishining ichki harakatlantiruvchi kuchi bo’lib qoladi.
3. Darsda o’quvchi bilish faoliyatini motivlashtirish. Rivojlanayotgan usul tuzilishiga "o’zaro ijtimoiy ta'sir" degan tarkibiy qism kiradi. Ya'ni, har bir o’quvchiga o’z bilimini namoyish qilish, amaliy faoliyatga qodir bo’lish va buning uchun bilim olish imkoniyatini berishdir. Boshqalar bilan o’zaro ijtimoiy ta'sirni amalga oshirish darsda juft va guruh bo’lib ishlashdir, eng murakkabi – o’qituvchi hikoyasidir. Yangi materialni tushuntirayotgan o’qituvchining nutqi fikrni jamlashni, diqqat qilishni talab etadi, negaki darsda faol aqliy jarayonlar ichki tuyg’u orqali o’tishi lozim. O’quvchi uchun bu ancha qiyin masala. Shuning uchun darsda o’qituvchi turlicha o’zaro ta'sir shakllarini o’quvchilar bilan yoki o’qituvchilar bir-biri bilan munosabatlarini uyg’unlashtirishi zarur.
4. Butun dars davomida o’quvchilarning refleksiya va o’z-o’zini nazorat qilishini ta'miilash. Darsning har bir bosqichida o’quvchi o’z faoliyati natijalarini jamlab, baholaydi. Masalan, yangi materialni o’rganishda har bir o’quvchi o’z diqqatini, xotirlab qolishini, xotirlashning mukammalligini, tushunishini o’zicha baholaydi; darsni mustahkamlash va mustaqil ishlash paytida o’quvchilar o’zlarini o’qituvchi qo’ygan mezonlar bo’yicha baholaydilar. Agar o’quvchi bilimi talab darajasidan past bo’lsa, dars davomida unga boshqa bolalarning yordami yoki uning o’zi mustaqil ishlagan holda natijalarni yaxshilash imkoniyatini beradi. O’quvchilarning faoliyati jarayonida refleksiya va o’z-o’zini nazoratni ta'minlash ulardagi yomon bahodan qo’rqish hissini pasaytiradi. Boshlang’ich sinflarda, ayniqsa, 1-2-sinflarda "ikki", "uch" baholar qo’yilmaydi.
5. Darsda mustaqil ish yoki ijodiy topshiriqning bo’lishi. Vaziyatlarning o’zgarishida ijodiy topshiriqlar berish metodini qo’llash talab qilinadi. Mustaqil ish hap qanday dars turining majburiy elementi hisoblanadi. Zero, bizning "o’zaro ta'sirning ijtimoiy texnologiyasi", "dars mobaynidagi faoliyat jarayonida o’quvchilarning refleksiyasi va o’z-o’zini nazorat", "darsda o’quvchilarning bilish faoliyatini motivlashtirish" tavsiyalarimiz ish natijalarini baholash uchun muhimdir. O’quvchilar ishni bajarib, tabiiy holda darhol uning natijalarini muhokama qilishda qanday xatolar qilgani va ularning sababi haqida o’ylaydilar. Shuningdek, natijalarga hissiy munosabat hech kimni loqayd qoldirmaydi. Kechiktirilgan umidlar natijalarning ta'sir darajasini pasaytiradi, ya'ni o’quvchilarning bilim yoki o’zlashtirish darajasini aniqlash uchun hissiy sohada o’zaro ta'sir shunchalar kuchsiz bo’lib, aqliy jarayonga o’qituvchi istagandek qilmay qo’yadi.
6. Dars maqsadiga erishish. Tajribadan ma'lumki, rivojlanayotgan usul asosiga qurilgan darslar bolaning ijobiy fe'l-atvorini qapop toptiradi, insoniy munosabatlar madaniyatini shakllantiradi.
|
| |