|
O’zbekistonda mehmonxona zanjiri rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari va ularni tashkil etishda uchraydigan kamchiliklarni bartaraf qilish
|
bet | 12/14 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 65,3 Kb. | | #245550 |
Bog'liq Kurs ishi mavzu Mehmonxona zanjirlari va uning ustunligi Bajard-www.hozir.org3.2. O’zbekistonda mehmonxona zanjiri rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari va ularni tashkil etishda uchraydigan kamchiliklarni bartaraf qilish.
Mehmonxona zanjiri rivojlanishining zamonaviy tendensiyalariga quyidagilarni kiritiah mumkin: - Mehmonxona zanjirida boshqaruvning markazlashuvi va globallashishi - Xalqaro mehmonxonalar zanjirining o’sishi, geografik kengayishi va rivojlanishi - Mehmonxona zanjirining turizm industriyasining boshqa muassasalar bilan integratsiyasi - Mehmonxona biznesida boshqa mehmonxonalarning ishtirokining konsentratsiyasi - Turizm va boshqa sohalardan kapitallarni ko’chirish yo’llarini kengaytirish - Mehmonxona zanjirlarining mehmonxona mahsulotining klassifikatsiyasi - O’zbekistonda turizmni rivojlanishiga salbiy ta’sir etuvchi omillar:
Tunash narxlarining qimmatligi
Malakali xodimlarning kamligi
Jahon standartlariga to’liq javob bera olmasligi
Internetda mehmonxonaning veb-sayti to’liq emasligi
Xodimlar madaniyatining pastligi
Mijozlar ehtiyojlarining to’liq qondirolmasligi
Respublika mehmonxona xo’jaligida ko’rsatilayotgan xizmatlar jahon andozalaridan ancha pastligi
Infratuzilmaning yaxshi rivojlanmaganligi, xususan, viloyatlarda mehmonxonaning to’ldirish koeffitsientining pastligi va zamonaviy telekommunikatsiya vositalari bilan ta’minlanmasligi
Optimal menejment va boshqaruv qarorlarini qabul qilish bo’yicha chora-tadbirlarning yetishmasligi kabi professional darajadagi xizmatlarning shakllanmaganligi.Yana shuni ta’kidlab o’tish kerakki kadrlarning yetishmovchiligi, shu sohani tushunadiganlarning juda ham kamligi katta salbiy ta’sir qilyapti.
Kadrlar tayyorlash har bir sohani rivojlantirish uchun eng asosiy qurol bo’lib hisoblanadi. Hozirgi kunda bizning davlatimizda kadr tayyorlashga katta e’tibor berilyapti. Har bir viloyatimizdagi oliy o‘quv dargohlari mavjud. Bu oliy o‘quv dargohlarida qariyb barcha sohada malakali kadrlar tayyorlanmoqda. Shuningdek 2010 yil barkamol avlod yili deb e’lon qilindi.
Hozirgi kunda barcha rivojlangan davlatlarda servis sohalari eng rivojlangan va ko’p iqtisodiy naf keltirayotgan soha hisoblanadi. Servisning asosiy yo’nalishlaridan biri bu turizmdir. Yevropa davlatlari 2-jahon urushidan keyin o’zlarining iqtisodiyotlarini tiklash maqsadida asosan turizm sohasini rivojlantirishga katta e’tibor berdilar va qisqa vaqt ichida bu soha orqali katta yutuqlarga erishdilar. Bu yutuqlardan millionlab turistlarning tashrif buyurishi va shular orqali davlatlarning boyishiga olib keldi.
Bizning davlatimizda ham bu sohani rivojlantirish uchun katta e’tibor berilyapti. Bunga misol davlatimiz poytaxti Toshkent shahridagi Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Xalqaro Turizm” fakulteti, Samarqand shahridagi “Iqtisodiyot va servis” instituti turizm sohasi uchun bakalavr mutaxassislari tayyorlanmoqda.
Buxoro shahrida esa 2008-yili Buxoro davlat universitetidagi ijtimoiy-iqtisodiy fakultetida “Servis (turizm va mexmonxona xo’jaligi)” yo’nalishi tashkil etildi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O’zbekistonda mehmonxona zanjiri rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari va ularni tashkil etishda uchraydigan kamchiliklarni bartaraf qilish
|