Adabiyotlar tahlil va metodologiya




Download 1,09 Mb.
bet2/12
Sana17.12.2023
Hajmi1,09 Mb.
#121185
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Matkarimov Sardor kurs ishi

Adabiyotlar tahlil va metodologiya
O’zbek tilshunosligida so’z turkumlari haqidagi asosiy ilmiy bahslar, avvalo, so’z turkumlari tasnifi, o’zaro munosabati, ajratiluvchi guruhlar soni va ularning tarkibi masalasidir. So’z turkumlari soni va tarkibini aniqlashda so’zlarning semantik, morfologik va sintaktik xususiyatlarini nazarda tutish keng tarqalgan. Ammo amaliyotda, asosan, so’zlarni turkumlashda, ularning semantik xususiyatiga tayanish urfga aylangan.
So’z turkumlari soni bularning turkumlanish tamoyillari anchadan beri o’rganilib kelindi va kelinmoqda. Lekin har qanday usul ham so’z turkumlarining xolis tasnifini bera olmasligiga qattiq ishongan rus tilshunosi M.N. Peterson so’z turkumlari sonini va ular bilan bog’liq muammolarni matn asosida o’rganishga qaror qiladi va shu maqsadda ulug’ rus shoiri A. S. Pushkinning “Belkin hikoyalari” (“Повсти белкина”) asarini tanlaydi. Chunki uning yozishicah, hozirgacha rus tilshunosligida ham jahon tilshunosligida so’z turkumlari haqidagi masala o’z yechimini topgan emas. O’z fikrini dalillash uchun M.N. Peterson mashhur fransuz tilshunosi J. Vandirisning quyidagi so’zlarini keltiradi: “so’zlarni turkumlash nihoyatda qiyin bo’lgani uchun hozirgacha hech kim so’z turkumlarining manzur bo’larli tasnifini yaratgan emas. An’anaga ko’ra yunon mintiqshunoslari ta’limotlariga borib taqaluvchi fransuz mumtoz (klassik) grammatikasi 10 ta so’z turkumini farqlaydi. Ammo bu tasnif hech qanday tanqidga dosh bera olmaydi: “uni na faqat boshqa tillarga, balki uni yaratgan (yunon) tiliga nisbatan ham tatbiq etib bo’lmaydi” [qarang: J. Vandiri 1937, 139-bet, iqtibos M.N.Petersonniki].
M.N. Peterson 1885 yilning 22-sentyabr kuni Rossiyaning Kerensk, Penza viloyatida dunyoga kelgan. Moskva universitetining tarix-filologiya fakultetini tugatgan.
Turli davrlarda turli lavozimlarga ishlagan. U qadimgi va yangi tillarni qiyosiy-tarixiy jihatdan yondashib, zamonaviy filologiya muammolari va yozuvchilar tilini o’rganishga harakat qilgan.
M.N. Peterson Tillarni o’qitishda o’ziga xos metodikadan foydalangan. U boshqalardek tayyor materilalardan emas, balki turli matnlarni o’qish va tahlil qilish yo’lini tutgan. Ushbu ishi bilan yangi uslub yaratib, hech qachon bu uslubdan chetga chiqmagan, va bu o’z samarasini berib, rus tilida yangi stilistika yaratgan.
M.N. Peterson o’zining 1955-yilda “О часях речи в русском языке” (“Rus tilidagi so’z turkumlari haqida”) nomli maqolasida so’z turkumlari haqidagi masala rus tilishunosligida ham xorij til shunosligida ham yetarli darajada o’rganilmaganini qayd etadi. va olimlarning firkrlari bilan o’z firkrini dalillash uchun olimlarga murojaat etadi:
1. “Rus ilmiy ana’nasida so’z turkumlari tarkibi va tizimi haqidagi masala turlicha hal qilingan.
2. So’z turkumlarini tasniflash shu darajada qiyinki, hozirgacha hech kim ularning qoniqarli tasnifini yaratgan emas, ana’naga ko’ra Yunon mantiqshunoslari ana’nalariga borib taqaluvchi Fransuz mumtoz grammatikasi ularning sonini 10 ta deb ko’rsatadi, biroq bu tasnif ham hech qanday tanqidga dosh bera olmaydi: “uni hatto birinchi marta ishlab chiqqan tillarga nisbatan ham qo’llash qiyin. Biroq mazkur tasnifni batamom to’g’ri kelmaydigan tillarga nisbatan qo’llash qiyin”.
Shundan keyin maullif yuqoridagi kabi iqtiboslarni istagancha keltirish mumkinligi haqida yozadi va bu masala yana so’zlarni turkumlarga ajratish masalasi alohida olingan tillar morfologiyasida bu masala yanada qoniqarsiz ekanligini qayd etadi, va o’zining maqola maqsadini yoritib beradi. Bu yerda u asosiy e’tiborini “so’z turkumlari” termini deganda nimani tushunish kerakligini aniqlashda harakat etadi.
Uning yozishicha, “so’z turkumlari” lotincha “partes orationis” terminining yunoncha “μέρη τού λóγοσ” terminining so’zma so’z tarjimasidir. Yunoncha terminning birinchi qismi “μέρος” (“q ism”)ni ikkinchi qismi “λóγος” esa logos shunoslik so’zidan tarkib topgan. Demak so’z turkumlari o’rnida “so’z turkumlari” termini bilan bir qatorda “so’z shunoslik” terminini ham qo’llash mumkin. Aslida so’z turkumlari terminini ishlatish yaxshi, u an’anaga muvofiq va o’quvchini chalg’itmaydi. Yangi terminni qo’llashda o’quvchining uni tushunishi doimo kun tartibida turadi.
M.N. Peterson mazkur termin haqidagi fikrlarini quyidagicha davom ettiradi. Bu termin ijodkorlari – Aleksandrya grammatikashunoslari “logos” deganda “gap”ni tushunadi. Binobarin, Yunon grammatistlari “μέρη τού λóγοσ” deganda so’zlardan tashkil topgan gaplarni tushunganlar. Demak bu terminning aniq, muqobil ma’nosi M.N. Petersonga ko’ra “gap qismlari” tarzida tushunish kerak. Mana buning bu haqdagi aslida “so’z turkumlari” – bu “gapning qurilish materiali” desa ham bo’ladi.
Biroq boshqa tomondan, bu – bir xil o’zgarishlarni, bir xil shakllarni tavsiflovchi so’zlar guruhlaridir.
Yuqoridagilarga asoslanib so’z turkumlarini quyidagicha ta’riflash mumkin: “so’z turkumlari – bu so’zlarning gap yasaydigan (hosil qiladigan) guruhlari, turkumlaridir” [M.N. Peterson, 1955, 176-bet].
Ushbu maqola muallifining yozishicha, har qanday tilda ham so’z turkumlari miqdori, soni cheklangan. Uzoq tarixiy taraqqiyot bosqichalarini bosib o’tgan so’z turkumlarining ayrimlari oldin boshqalari esa keyinroq paydo bo’lgan. Ular o’zaro turli morfologik, sintaktik va semantik (mazmuniy) munosabatlarda bo’ladi. Ularning tilidagi asosiy vazifasi tushunchalarni umumlashtirishdir [qarang: M.N. Peterson, 1955, 175-bet].
M.N. Peterson haq. Haqiqatan ham bilish jarayoni bevosita abstraktlikka (mavhumlikka) va abstraktlikdan amaliyot tomon bajariladi. Shuning uchun, so’z turkumlari taraqqiyoti tasnifi ham bevosita kuzatishda, matnda qo’llashda o’rganilishi kerak. Bunday kuzatish natijasida olingan umumlashma va abstraksiyalar ya’ni til qo’llanishining barcha sohalarida tekshirish kerak [M.N. Peterson, 1955, 179-bet].
Shuningdek, M.N. Petersonning so’z turkumlari bilan bog’liq material, ma’lumot lug’atlardan olinmasligi kerak. Chunki ular lug’atlarga qayta ishlanib kiritilgan bo’ladi:
“uni ya’ni so’z turkumlari haqidagi material matndan olinishi kerak. Chunki til (grammatika tasarrufiga o’tgan lug’at boyligi) muloqot vositasi bo’lib xizmat qiladi” [M.N. Peterson, 1955, 176-bet].
Shundan keyin muallif so’z turkumlarini A. Pushkinning “Belikin hikoyalari” asosida o’rganadi. Chunki unda rus tilining barcha morfologik xususiyatlari istifoda etilgan.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, M.N. Peterson so’z turkumlari taraqqiyoti haqidagi masalani rus tili misolida o’rganishga harakat qiladi, va bunda asosiy e’tiborini “so’z turkumlari” termini deganda nimani tushunish kerakligiga, tahlil usulini (metodini) aniqlashga va tadqiqot olib borish mumkin bo’lgan materialga qaratadi.
Biz ham M.N. Petersonning izidan borib so’z turkumlari haqidagi masalani matn asosida o’rganishga harakat qilidk. Tadqiqot materiali sifatida Afg’onistonda o’zbek tilida ijod qiladigan adib Dr. Sh. Yorqinning “Yana ko’rishguncha” hikoyalar to’plamining “Qutilish” hikoyasi kelgan barcha so’zlarni tadqiqimiz predmeti qilib oldik. ushbu material istifoda etilgan barcha so’zlarni qog’ozcha (kardochka)larga yozib chiqdik. Qog’ozchalarda qayd etilgan so’zlarni grammatik turkumlarga ajratib, nihoyat faktik material asosida so’z turkumlarining tasnifini ishlab chiqidik.


Download 1,09 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 1,09 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Adabiyotlar tahlil va metodologiya

Download 1,09 Mb.