Kurs ishi mavzu




Download 1,09 Mb.
bet3/12
Sana17.12.2023
Hajmi1,09 Mb.
#121185
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Matkarimov Sardor kurs ishi

Muhokama va natijalar
Hikoyada jami bo’lib 968 ta so’z ishlatilgan bo’lib, ular tasniflanganda so’z turkumlarini quyidagi manazarasini tashkil qildi: ot (293 ta), sifat (56 ta), son (43 ta), ravish (84 ta), fe’l (262 ta), olmosh (109 ta), ko’makchi (41 ta), bog’lovchi (55 ta), yuklama (24 ta), modal (Ø), undov (1ta) va taqlid (Ø).
Hozirgi o’zbek tilida so’z turkumlari soni 12 ta deb ko’rsatilgan bo’lsa-da, bizning tadqiqimiz materiali bo’lgan ushbu hikoyada so’z turkumlari soni o’ntasiga misollar chiqdi. Bundan shunday natija oldikki, so’z turkumlari har matnda turli sonlarda bo’lishi mumkin.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, oʽzbek tilida soʽzlar 3 asosiy xususiyatiga koʽra turkumlanadi:
1. Semantik xususiyatlari – soʽzlarning mustaqil holda lugʽaviy maʽno anglatishi. Bu jihatdan soʽzlar narsa-buyumni ifodalovchi soʽzlar, belgi bildiruvchi soʽzlar, harakat-holatni ifodalovchi soʽzlar kabi guruhlarga boʽlinadi. Masalan, gul (narsa-buyum nomi), katta (belgi nomi), oʽqimoq (harakat nomi) kabi.
2. Morfologik xususiyatlari – soʽzlarning umumiy morfologik xususiyatlari.
Masalan: predmet nomini bildiruvchi soʽzlar birlik-koʽplik koʽrsata oladi, belgi bildiruvchilar darajalanib kela oladi, feʽllar esa zamonni ifodalay oladi va hokazo.
3. Sintaktik xususiyatlari – soʽzlarning gapda qanday gap boʽlagi vazifasida kela olishi. Odatda, predmetni bildiruvchi soʽzlar koʽpincha ega. Toʽldirvuchi; harakatni bildiruvchi soʽzlar koʽpincha kesim vazifasida keladi [2, 2004, 90-bet].
Demak, soʽzlar har uchala belgi – semantik, morfologik va sintaktik xususiyatlariga koʽra turkumlarga ajratiladi.
Hozirgi oʽzbek tilida 12 ta soʽz turkumi mavjud boʽlib, ular yuqorida bayon qilingan 3 asosiy xususiyatga ega boʽlish darajasiga koʽra, guruhlarga boʽlinadi. O’zbek tilshunosligida so’zlarni turkumlarga ajratishda turli yondashuvlar mavjud, birinch xil tasnifda so’zlarni quyidagi 5 ta guruhga bo’linadi:
1. Mustaqil so’zlar;
2. Yordamchi so’zlar;
3. Modal so’zlar;
4. Undov so’zlar;
5. Taqlid so’zlar.
Ikkinchi xil tasnifda so’zlar ifodalaydigan umumiy ma’nolarga ko’ra bo’linadi:
1. Nomlovchi so’zlar: ot, sifat, son, fe’l va ravish.
2. Yordamchi so’zlar: bog’lovchi, ko’makchi va yuklama.
3. Ifodalovchi so’zlar: undov, modal va taqlid so’zlar.
4. Ko’rsatuvchi so’zlar: olmosh.
Bizga ma’qul ko’ringan tasnif quyidagi guruhlarga bo’linadigan tanifdir:
1) Mustaqil soʽzlar: ot, sifat, son, fe’l, ravish va olmosh so’z turkumlari.
2) Yordamchi soʽzlar: koʽmakchi, bogʽlovchi va yuklama so’z turkumlari.
3) Alohida soʽzlar: modal, undov va taqlid soʽz turkumlari.
Yuqoridagi ko’pincha tasniflarda mustaqil va yordamchi so’z turkumlari ko’zga ko’rinmoqda. Agarchi, bu tasnif ana’naviy tasnif hisoblansa-da, hozirgi kunda ham o’z qimatini yo’qotmagan. An’anaviy tasnifda so’z turkumlariga 6 ta so’z turkumi kiritilib, ularda ot so’z turkumi birlamchi va fe’l esa ikkilamchi qutbda qaror topmoqda, lekin ayrim tadqiqotlarda taqlid so’zlar ham mustaqil so’z turkumlariga kiritilib, fe’l so’z turkumi oldinga o’tkazilmoqda. Fe’l barcha so’z turkumlari ichida eng katta, Grammatik kategoriyalarga boy, mukammal so’z turkumidir. Biroq ma’lumki, Inson dunyoga kelgach, avvalam bor narsa-buyumlarga duch keladi. Har qanday harakat ham predmet yoki shaxs tomonidan bajariladi. Shunga binoan, bizga ma’quli esa an’anaviy tasnifdir.
Mustaqil so’z turkumi leksik va grammatik ma’noga ega bo’lib, gapning biror bo’lagi vazifasida kela olishi bilan shakl yasash xususiyatida ham egadir. Yordamchi so’zlar esa leksik ma’no anglatmaydi, morfologik jihatdan ham o’zgarmaydi, gap bo’lagi vazifasida ham kela olmaydi va yasalish xususiyatiga ham ega emas. Modal, undov va taqlid so’zlar esa mustaqil so’zlarga ham, yordamchi so’zlarga ham o’xshamaydi, o’zaro umumiy jihatlari ham yo’q. Shuning uchun, alohida so’z turkumlari deb ataladi.
Hozirgi o’zbek tilshunosligida grammatik kategoriyalar o’rganilish bo’yicha ham har xil fikrlar mavjud. An’anaviy tilshunoslikda har bir so’z turkumining Grammatik kategoriyalari o’z doirasida o’rganilib kelingan bo’lsa-da, keyingi paytlarda so’z o’zgartiruvchi vositalar – otlardagi kelishik va fe’llardagi shaxs-son qo’shimchalari so’zlarning sintaktik aloqasiga xizmat qiluvchi aloqa-munosabat shakllari deb nomlanib, so’z turkumlaridan tashqarida o’rganilmoqda. Bizningcha, har bir kategoriyaning o’z so’z turkumi doirasida berilshi ma’qul. Chunki har so’z turkumining kategoriyasi o’z so’z turkumi doirasida o’rganilmasligi so’z turkumlarining xususiyatlarini bir butun holda tushunmasligiga va so’z turkumlarini tahlil qilishda qiyinchilik hosil qilishga sabab bo’ladi. Shuning uchun, grammatik kategoriyalarga shakl hosil qiluvchilar va so’z o’zgartiruvchilarga bo’lingan holda har kategoriyani o’z doirasida o’rganilishi ma’qul.



Download 1,09 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 1,09 Mb.