• 1. Rivojlantiruvchi ta’limning maqsad va vazifalari.
  • Rivojlantiruvchi ta’limning asosiy tamoyillaridan
  • 8-mavzu. Rivojlantiruvchi va tanqidiy fikrlashni shakllantiruvchi ta’lim texnologiyalari Reja




    Download 165.42 Kb.
    bet1/4
    Sana23.10.2023
    Hajmi165.42 Kb.
    #89962
      1   2   3   4
    Bog'liq
    8-mavzu. Rivojlantiruvchi va tanqidiy fikrlashni shakllantiruvchi ta’lim texnologiyalari
    Axborotlarni kriptografik himoyalash usullari. Reja Kriptografiy, 2-Ameliy jumis -, 33-maktab ertalabki saflanish, 1-tema, Прокат арматурный 3 схема Атаханов-1, Mavzu Xalqaro standartlashtirish iso tashkiloti-fayllar.org, Философия ЖК.УЗ, strategik menejment, @ngi uz Quduqlarni Gidrodinamik Tadqiqot qilish, Turayeva Yulduz Ulug`bek qizi, A.Smittiń “ Xalıaqlar baylıǵı...” shıǵarmasındaǵı ekonomikalıq qarawlar. A.Smittiń Izertlew predmeti hám metodologiyası. Miynet bólistiriliwi hám pul haqqındaǵı táliymat, NOTIQLIK, 10, хайдаров, халилова. umumiy psixologiya

    8-mavzu. Rivojlantiruvchi va tanqidiy fikrlashni shakllantiruvchi ta’lim texnologiyalari


    Reja:
    1. Rivojlantiruvchi ta’limning maqsad va vazifalari
    2. Tanqidiy tafakkurining o‘ziga xosligi
    3. Oʻquvchilar tanqidiy fikrini rivojlantirishda interfaol metodlarning o‘rni
    4. Tanqidiy fikrlashni o‘stiruvchi faol metodlar
    1. Rivojlantiruvchi ta’limning maqsad va vazifalari.
    Bugungi zamonaviy ta’limning asosini tashkil etayotgan rivojlantiruvchi ta’limda shaxs o‘qitishning diqqat markazida bo‘lib, shunga binoan, ta’lim maqsadi, mazmuni va shakllari o‘quvchiga, uning shaxsiga qaratilganligi bilan o‘zgacha mazmun kasb etadi.
    Bu ta’limning maqsadi mazmunida shaxsning qiziqishlari va ehtiyojlari asosiy ko‘rsatkichlar sifatida qabul qilinib, ushbu jihatlar bo‘lajak mutaxassis shaxsida kasbiy bilimlarni o‘zlashtirish jarayonini takomillashtirish bilan birga, o‘quv topshiriqlari, ularni tahlil etish va yechish borasidagi zaruriy ko‘nikma hisoblangan ijodiy tafakkur operatsiyalarini rivojlantirish kabi vazifalarni amalga oshiradi.
    Rivojlantiruvchi ta’limning asosiy tamoyillaridan biri o‘qitishda ko‘proq axborot shaklidan ilmiy izlanish, o‘quvchilarning mustaqil ishlari, imkoniyatlaridan keng foydalanish asosida o‘qitishning faol metod va shakllariga o‘tishni, boshqacha qilib aytganda, “qayta takrorlash”dan “tushunish, fikrlash”ga o‘tishni ko‘zda tutadi. Bu o‘zgarishlarni:
    - mavjud ta’lim mazmunini modernizatsiyalash;
    - uning tashkiliy shakllariga nisbatan texnologik yondashuvni shakllantirish;
    - ta’lim oluvchi shaxsining individualligi, o‘ziga xosligi va ehtiyojlari doirasidan kelib chiqib o‘kitishni tashkil etishga xizmat qiluvchi yangicha ta’lim shakllari tizimini yaratish tamoyillari tashkil etadi.
    Zamon talablariga mos holda ma’ruzalarning rivojlana borishi an’anaviy ta’lim modeli doirasida cheklangandir. Chunki ma’ruzaga faqat o‘qitishning bir tashkiliy formasi sifatida emas, balki talabalar mustaqil fikrlashini, muammoli vaziyatlardan chiqishda mustaqil qarorlar qabul qilishlarida amaliy ko‘nikmalar hosil qilishlarining boshqaruvchi vositasi sifatida ham qarash lozimdir. Buning uchun rivojlantiruvchi ta’lim, ushbu ta’lim modelida ma’ruzaning tutgan o‘rni va funksional vazifasi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tish lozim hisoblanadi. Zamonaviy ma’ruzalarni ta’lim jarayonida tutgan o‘rni, mohiyati va funksional vazifasini aniqlash uchun rivojlantiruvchi ta’limning quyidagi ikki modelini qisqa tahlil qilib chiqamiz.
    1. Rivojlantiruvchi ta’limning siklik modeli
    2. Faoliyatni rivojlantirish modeli
    Rivojlantiruvchi ta’limning siklik modeli. Andragogikaning asosiy konsepsiyasiga muvofiq katta yoshdagilarni o‘qitish bir necha sikllarni o‘z ichiga oladi.
    O‘qitish va ta’limni rivojlantirish siklik jarayon davomida yuzaga kelib, tajribalarga asoslanadi va quyidagi bosqichlardan tashkil topadi (1- rasm):

    Download 165.42 Kb.
      1   2   3   4




    Download 165.42 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    8-mavzu. Rivojlantiruvchi va tanqidiy fikrlashni shakllantiruvchi ta’lim texnologiyalari Reja

    Download 165.42 Kb.