• - abstrakt konsepsiyalashda
  • 2. Tanqidiy tafakkurining o‘ziga xosligi
  • 8-mavzu. Rivojlantiruvchi va tanqidiy fikrlashni shakllantiruvchi ta’lim texnologiyalari Reja




    Download 165.42 Kb.
    bet2/4
    Sana23.10.2023
    Hajmi165.42 Kb.
    #89962
    1   2   3   4
    Bog'liq
    8-mavzu. Rivojlantiruvchi va tanqidiy fikrlashni shakllantiruvchi ta’lim texnologiyalari
    Axborotlarni kriptografik himoyalash usullari. Reja Kriptografiy, 2-Ameliy jumis -, 33-maktab ertalabki saflanish, 1-tema, Прокат арматурный 3 схема Атаханов-1, Mavzu Xalqaro standartlashtirish iso tashkiloti-fayllar.org, Философия ЖК.УЗ, strategik menejment, @ngi uz Quduqlarni Gidrodinamik Tadqiqot qilish, Turayeva Yulduz Ulug`bek qizi, A.Smittiń “ Xalıaqlar baylıǵı...” shıǵarmasındaǵı ekonomikalıq qarawlar. A.Smittiń Izertlew predmeti hám metodologiyası. Miynet bólistiriliwi hám pul haqqındaǵı táliymat, NOTIQLIK, 10, хайдаров, халилова. umumiy psixologiya
    - aniq tajribalar o‘quvchining shaxsiy tajribasi va kuzatishlari natijasida olingan ma’lumotlarni to‘plashdan boshlanadi.
    - refleksiv kuzatish to‘plangan ma’lumotlarning ma’nosini va mohiyatini izlash, tahlil qilish va fikrlash jarayonlarini o‘z ichiga oladi.
    - abstrakt konsepsiyalashda aniqlangan muammolarni hal qilish modeli va yo‘llari konsepsiyasi yaratiladi.
    - faol tajriba- amaliy tajribalar o‘tkaziladi.

    Quyidagi model o‘ziga xos muhim xususiyatlarga ega bo‘lib, bunda o‘qitish bir-biri bilan ketma-ket bog‘langan bosqichlardan iborat siklik jarayon shaklida tashkil etiladi. Jarayon tajribadan boshlanadi va hech vaqt bosqichlar o‘rtasida uzilish bo‘lmaydi. Sikllar nafaqat ma’lum ketmaketlik asosida bir-birini almashtiradi, balki bir-biriga qarama-qarshi ham turadi. Masalan, aniq tajribalarga abstrakt konsepsiyalash qarshi tursa, faol tajribaga refleksiv kuzatish qarshi bo‘ladi. O‘qitish jarayonida turli pedagoglar ushbu siklning u yoki bu boqichiga ko‘proq e’tibor qaratishadi va bu holatni Kolb va Fray “o‘qitish stili” deb ko‘rsatadi.


    Ushbu modelga muvofiq o‘quvchi o‘z tajribasi va bilimining qaysi sohada yetarli emasligini aniqlashtiradi, qiynalayotgan muammolarini shakllantiradi hamda Ushbu muammolarni hal etish vositalari va yo‘llarini belgilaydi, o‘quv maqsadini aniqlab oladi.
    2. Tanqidiy tafakkurining o‘ziga xosligi
    Tafakkurning mustaqilligi aqlning sertashabbusligi, pishiqligi va tanqiydiligidan namoyon bo‘ladi. Aqlning sertashabbusligi deganda, insonning o‘z oldida yangi muammo, aniq maqsad va konkret vazifalar qo‘yishini, ana shularning barchasini amalga oshirishda, nihoyasiga yetkazishda, yechimni qidirishda usul va vositalarni shaxsan o‘zi izlashi, aqliy zo‘r berib intilishi, ularga taalluqli qo‘shimcha belgi va alomatlarni kiritishdan iborat bosqichlarning namoyon bo‘lishini nazarda tutamiz. Aqlning pishiqligi vazifalarni tez yechishda, yechish paytida yangi usul va vositalarni tez izlab topishda, ularni saralashda, ana shu usullar va vositalarni o‘z o‘rnida aniq qo‘llashda, trafaretga aylangan, eski yo‘l hamda usullardan forig‘ bo‘lishda va boshqa jarayonlarda ifodalanadi.
    O‘zining va o‘zgalarning mulohazalarini, bu mulohazalarning chin yoki chin emasligini tekshira bilishda va namoyon bo‘lgan mulohazalarga, muhokamalarga, muammotik vaziyatga baho bera bilishda aqlning tanqidiyligi muhim rol o‘ynaydi. Tafakkurning tanqidiyligi ob’ektiv va sub’ektiv ravishda ifodalanishi mumkin. Mazkur sifat insonni baholash o‘z-o‘zini baholash kabi tafakkurning individual xususiyatlari bilan bog‘liq ravishda namoyon bo‘ladi. Agar tanqidiylik oqilona, muhim belgilarga, muammo mohiyatining to‘g‘ri ochilishiga (ba’zan etalonga) asoslanib amalga oshsa, unday tanqidiylik ob’ektiv tanqidiylik deb ataladi. Mabodo tafakkurning tanqidiyligi sub’ektiv xatolarga, umuman sub’ektivizmga og‘ib ketsa, bunday holda sub’ektiv tanqiydilik deyiladi. Sub’ektiv tanqidiylik salbiy oqibatga olib keladi, shuningdek, insonlar o‘rtasida «anglashilmovchilik g‘ovi» ni vujudga keltiradi, ikki shaxs o‘rtasida kutilmaganda ziddiyat paydo bo‘ladi. Insonda tafakkurning tanqidiyligi oqilona, ratsional tarzda vujudga kelsa, unda shaxs muhim sifat bilan boyiydi, deb atish mumkin.



    Download 165.42 Kb.
    1   2   3   4




    Download 165.42 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    8-mavzu. Rivojlantiruvchi va tanqidiy fikrlashni shakllantiruvchi ta’lim texnologiyalari Reja

    Download 165.42 Kb.