Oʻquvchilar tanqidiy fikrini rivojlantirishda interfaol metodlarning o‘rni




Download 165.42 Kb.
bet3/4
Sana23.10.2023
Hajmi165.42 Kb.
#89962
1   2   3   4
Bog'liq
8-mavzu. Rivojlantiruvchi va tanqidiy fikrlashni shakllantiruvchi ta’lim texnologiyalari
Axborotlarni kriptografik himoyalash usullari. Reja Kriptografiy, 2-Ameliy jumis -, 33-maktab ertalabki saflanish, 1-tema, Прокат арматурный 3 схема Атаханов-1, Mavzu Xalqaro standartlashtirish iso tashkiloti-fayllar.org, Философия ЖК.УЗ, strategik menejment, @ngi uz Quduqlarni Gidrodinamik Tadqiqot qilish, Turayeva Yulduz Ulug`bek qizi, A.Smittiń “ Xalıaqlar baylıǵı...” shıǵarmasındaǵı ekonomikalıq qarawlar. A.Smittiń Izertlew predmeti hám metodologiyası. Miynet bólistiriliwi hám pul haqqındaǵı táliymat, NOTIQLIK, 10, хайдаров, халилова. umumiy psixologiya
3. Oʻquvchilar tanqidiy fikrini rivojlantirishda interfaol metodlarning o‘rni.
Tanqidiy fikr - bu qo‘yilgan masala yoki muammo yuzasidan o‘z fikrini bayon qilish, o‘zgalarning fikrlarini tanqidiy qayta idrok etish, o‘z nuqtai nazarini asoslab berish va saqlab qolish imkoniyatiga ega bo‘lishga asoslangandir. Yana bu qoidaga aniqlik kiritadigan bo‘lsak, fikrlash - bu o‘qish, yozish, so‘zlash va eshitishga o‘xshash jarayon. U faol, muvofiqlashtiruvchi shunday jarayonki, o‘zida biror haqiqat to‘g‘risidagi fikrlarni qamrab oladi.
Tanqidiy (tahliliy) fikr shu bilan ahamiyatlidir:
- hayotning murakkab o‘zgaruvchanlik ma’nosini tushunib yetishga yordam beradi;
- jamoaning ochiq fikrini rag‘batlantiradi;
- shaxsning rivojlanishiga sharoit yaratishi va boshqalar.
Ta’lim jarayonida tanqidiy (tahliliy) fikrlashning asoslanishi:
1. O‘qituvchi (pedagog) o‘quvchi-talaba o‘rtasida hamda o‘quvchitalabaning o‘zaro hurmatini tarbiyalaydi.
2. Mashg‘ulot jarayonida o‘quvchi-talaba tajribasidan foydalaniladi.
3. O‘quv mazmuni o‘quvchi-talabaning talablariga mos va aniq belgilanadi.
4. Muammoni hal qilishda o‘quv materiallaridan foydalaniladi.
5. Har xil buyum va qarashlar integrasiyalashadi.
6. Dastlabki shart-sharoitlar qabul qilinadi va tekshirib ko‘riladi.
7. Ta’lim o‘qituvchi (pedagog) va o‘quvchi-talaba, o‘quvchitalabani o‘zaro munosabati orqali berib boriladi.
8. O‘quvchi-talaba mustaqil ta’lim olishi uchun sharoit yaratiladi - o‘quvchi-talabani tayyorlash darajasiga muvofiq metodlar tanlanadi.
Mashg‘ulotlar jarayonida foydalaniladigan didaktik o‘yinli texnologiyalar o‘quvchi-talabalarning bilish faoliyatini faollashtirish, darslik va qo‘shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash, nutq va muloqot madaniyatini rivojlantirish, ularni ongli ravishda kasb-hunarga yo‘llash, didaktik o‘yin davomida vujudga kelgan qiyinchiliklarni bartaraf etishda mo‘ljalni to‘g‘ri olish, har xil vaziyatlarni tahlil qilib, to‘g‘ri xulosa chiqarishga zamin hozirlaydi.

Download 165.42 Kb.
1   2   3   4




Download 165.42 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻquvchilar tanqidiy fikrini rivojlantirishda interfaol metodlarning o‘rni

Download 165.42 Kb.