• Asosiy uskunaning tuzilishi va ish prinsipi
  • Mehnatni muhofaza qilish
  • Internet saytlari
  • Shtutserlar diametric hisobi




    Download 160,22 Kb.
    bet2/2
    Sana08.09.2024
    Hajmi160,22 Kb.
    #270593
    1   2
    Bog'liq
    Erkinov Bekzodbek Avazbek i 001

    Shtutserlar diametric hisobi
    Shtitserlar hisobi diametric quydagi formuladan topiladi
    d=
    bu yerda V hajmiy sarfi - м3/с
    w-газнинг штуцердаги тезлиги

    Anilin uchun mm


    Suv uvhun d= mm



    Gidravlik hisob
    Trubalarning gidravlik qarshiligi quyidagicha topila



    bu erda, λ - ishqalanish koeffisienti


    L= 3 m – trubaning uzunligi
    Σξmq– mahalliy qarshilik summasi
    ρ – anilinning zichligi, kg/m3
    w – anilinning tezligi, m/s



    Mahalliy qarshilik summasi quyidagicha topiladi:





    ξ1=0,5 –trubaga kirish


    ξ2=1,0 –trubadan chiqish



    Bu erda: ρ = 991 kg/m3- anilinning zichligi; = 2.97 m/s - anilinning tezligi.


    Asosiy uskunaning tuzilishi va ish prinsipi
    Issiqlik almashinish qurilmalari xalq xo’jaligining turli sohalarida eng keng tarqalgan va ko’p ishlatiladigan turidir.
    3550

    1-rasmda Issiqlik almashinish qurilmasi tasvirlangan. Ushbu qurilma silindr qobiq 1 va uning ikki chekkasiga isituvchi trubalar 3 mahkamlangan teshikli panjara 2 lardan tarkib topgan. Trubalar o‘rami issiqlik almashinish qurilmasining butun xajmini ikkiga bo‘ladi: 1) truba bo‘shlig‘i; 2) trubalararo bo‘shliq. Teshikli panjara 2 lar silindrik qobiq 1 ga payvandlash usulida mahkamlanadi. Qurilma qobig‘iga boltli birikma yordamida 2 ta qopqoq maxkamlanadi. Issiqlik eltkichlar kirishi va chiqishi uchun silindrik qobiq 1 va qopqoq 5 larda patrubkalar o‘rnatilgan. Issiqlik eltkichlardan biri, masalan suyuqlik, trubalar bo‘shlig‘iga yo‘naltirilsa, u trubalar orqali o‘tib qopqoqning patrubkasidan chiqib ketadi. Boshqa issiqlik eltkich oqimi esa, masalan bug‘, trubalararo bo‘shliqqa yo‘naltiriladi, isituvchi trubalar tashqi yuzasiga o‘z issiqligini beradi va suyuq agregat xolati (kondensat) ga aylanib qobiqning pastki patrubkasidan chiqazib yuboriladi. Muxitlar orasidagi issiqlik almashinish jarayoni trubalar devori orqali amalga oshiriladi. Isituvchi trubalar teshikli panjaraga payvandlash, razvalsovka usullarda maxkamlanadi (2-rasm). Ko‘pincha, isituvchi trubalar po‘lat, legirlangan po‘lat, mis, latun, titan yoki boshqa materiallardan tayyorlanishi mumkin.
    Isituvchi trubalar 3 ni teshikli panjaralar 2 da maxkamlashning epg keng tarkalgan usuli bu oddiy razvalsovkadir (2-rasm). Valsovka nomli asbobda radial yo‘nalishda xosil qilinadigan kuch ta’sirida truba deformatsiyaga (diametri ortadi, ya’ni kengayadi) uchrab, teshikli panjaraga zichlanadi va maxkamlanadi. Truba o‘ramining to‘r pardaga mustaxkam joylaiggirishga erishish uchun teshikli panjarada eni 2...3,5 mm va chukurligi 0,4...1,0 mm li ikkita xalqasimon teshikli panjaralarga payvandlash, kavsharlash, salnik yordamida xam maxkamlash mumkin. Salnik yordamida zichlash murakkab va kimmat. Bu usulda maxkamlash muxitlar temperatura farqi katta bo‘lganda, trubalarning bo‘ylama siljishiga imkon beradi, ammo bunda birikma zichlanishi buzulmaydi.
    Trubaning kirish qismini konussimon razvalsovka qilish, maxalliy qarshilik koeffisientini sezilarli darajada pasaytiradi. Bu esa, o‘z navbatida kirish qismining yemirilish oldini oladi.
    Agar, trubalar tebranish, siklik qizishga, temperaturalar katta o‘zgarishi yoki ularnipg uchlari issiqlik ta’sirida o‘ta isib ketish xollari yuz beradigan bo‘lsa, unda trubalarning uchi albatta teshikli panjaraga payvandlanishi zarur. Payvandlash choki cho‘ktirilgan, valik va ariqchada valik xoladi, xamda ariqcha va tishli ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin.
    Odatda, qalin devorli trubalarni payvandlash maqsadga muvofikdir. Agar, trubalar kuchlanish ostida ishlatiladigan bo‘lsa, portlatib payvandlash tavsiya etiladi. Ushbu usulda trubalarni mahkamlash uchun portlatish zaryad quvvati katta, teshikli panjaraning tashqi yuzasi razzenkovka qilishini va panjara tashqarisiga truba uchlari ko‘p chiqib turishi kerak. Bu usulda truba teshikli panjaraga o‘ta mustahkam holatda biriktiriladi. Agar, trubaning bir uchi panjaraga ushbu usulda portlatib payvandansa, ikkinchi uchi esa portlatib razvalsovka qilinsa, eng yuqori mustahkamlikka erishsa bo‘ladi.
    Xozirgi kunda trubalarni teshikli panjaraga mahkamlashning eng zamonaviy, ilg‘or texnologiyasi bu portlatib valsovka qilishdir. Bunda, portlatuvchi zaryad truba ichida, ya’ni uchida joylashtiriladi. So‘ng esa, zaryad kapsyul yordamida portlatiladi.
    Natijada, portlash energiyasi trubani radial yo‘nalishda deformatsiya qiladi va teshikli panjara bilan truba mustahkam birikma hosil qilib ulanadi. Bu usuldagi birikma, razvalsovka usulinikiga qaraganda ancha mustahkamroq bo‘ladi. Portlatib payvandlash usulini trubalarni ta’mirlash uchun ham qo‘llash mumkin. Trubalarni teshikli panjaraga elekgrogidravlik mahkamlash va biriktirish usuli ham mavjud.
    Qobiq trubali issiqlik almashinish qurilmalarida truba teshikli panjaraga quyidagi usullarda joylashtirilishi mumkin (3-rasm):
    to‘g‘ri oltiburchak cho‘qqi va qirralari yoki teng yonli uchburchak bo‘ylab;
    konsentrik aylanalar bo‘ylab; kvadrat cho‘qqi va tomonlari bo‘ylab;
    shaxmatli ko‘rinishda (bir va har xil ko‘ndalang qadamli).
    Ushbu usullarda trubalarni issiqlik almashinish qurilmasida joylashtirish, qurilmaning ihcham bo‘lish sharti bilan belgilanadi. Undan tashqari, har bir qurilmaga iloji boricha ko‘proq truba joylashtirishga harakat qilinadi.
    Qobiq trubali issiqlik almashinish qurilmalarida issiqlik eltkichlarning yo‘nalishi parallel yoki qarama-qarshi bo‘ladi. Issiq eltkich qurilmaning yuqori qismidan trubalararo bo‘shliqqa, sovuk eltkich esa, pastki qismidan trubalar ichiga yuboraladi. Natijada, bug‘ issiqligini beradi va soviydi, ya’ni kondensatga aylanadi va pastga qarab harakatlanadi. Temperaturasi ortishi bilan sovuq eltkichning zichligi kamayadi va u yuqoriga qarab ko‘tariladi. Agar, suyuqliklar sarfi ko‘p bo‘lsa, ularning tezligi xam yuqori va issiqlik almashinish jarayoni intensiv bo‘ladi. Undan tashqari, suyuqliklarning qarama - qarshi yo‘nalishida ularning tezliklari bir xilda taqsimlanib, qurilmaning butun kundalang kesimida issiqlik almashinishi o‘zgarmas bo‘ladi.

    Mehnatni muhofaza qilish


    Texnologik jarayonni loyihalash, tashkil etish va amalga oshirishda ko‘zda tutiladigan xavfsizlik choralari.
    Quyidagilar ko‘zda tutilishi lozim:
    xavfli va zararli ta’sir ko‘rsatadigan boshlang‘ich materiallar, tayyor mahsulot va ishlab chiqarish chiqindilari bilan ishchilarning bevosita aloqasini bartaraf etish;
    xavfli va zararli ishlab chiqarish faktorlarining kelib chiqishi bilan bog‘liq jarayon va operatsiyalarni ko‘rsatilgan faktorlar bo‘lmagan yoki cheklangan yo‘l qo‘yilgan kontsentratsiyalar va sathlardan oshmagan jarayon va operatsiyalarga almashtirish;
    xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari mavjud bo‘lganida, kompleks mexanizatsiya, avtomatlashtirish, texnologik jarayonlar va operatsiyalarni masofadan boshqarishni qo‘llash;
    jihozlarni zich yopish;
    ishchilarni himoyalash vositalarini qo‘llash;
    texnologik jarayonni nazorat qilmoq va boshqarmoq tizimi;
    zararli ishlab chiqarish omillarining manbasi bo‘lmish chiqindilarni o‘z vaqtida yo‘qotish, zararsizlantirish va ko‘mib qo‘ymoq; aylanma suv ta’minoti tizimidan foydalanmoq;
    xavfsizlikning signalli rang va belgilarini ishlatish;
    monotonlik, gipodinamika, haddan tashqari jismoniy va asab-jismoniy kasalliklarning oldini olish maqsadida oqilona mehnat va dam olish rejimlarini qo‘llash;
    tabiiy xarakter va ob-havo shartlarining kutilishi mumkin bo‘lgan salbiy ta’sirlaridan himoya qilmoq.
    Anilin bilan ishlashda xavfsizlik choralariga rioya qilish kerak. Bu xavflilikning 3-toifasidagi toksik moddalarga, yong'in va portlash xavfiga taalluqlidir. Uchqunlar, ochiq olov portlash va yong'inga olib kelishi mumkin.
    Havoda uning bug'lari kontsentratsiyasi sanitariya-gigiena me'yorlari bilan belgilangan qiymatlardan oshmasligini ta'minlash kerak.
    GOST 14710-78 ushbu moddaning xavfsiz ishlashi uchun harakatlarni belgilaydi:
    Himoya vositalaridan foydalaning: himoya kiyimlari, rezina qo'lqoplar, ko'zoynaklar, BKF va A markali quti bilan filtrlovchi gazli niqob, himoya pastalari va malhamlari.
    Xonalar majburiy havo va egzoz shamollatish, mahalliy assimilyatsiya bilan jihozlangan bo'lishi kerak.
    Ishlash paytida uchqun chiqaradigan ochiq olov yoki asboblardan foydalanmang. Statik elektr energiyasidan himoya qilish qoidalariga rioya qiling.
    Elektr jihozlari va yoritish portlashdan himoyalangan bo'lishi kerak.
    OʻzRda xavfsiz va qulay mehnat sharoitida ishlash yuzasidan fuqarolarning huquqlari Konstitutsiyada (37-modda) mustahkamlanib qoʻyilgan. Ushbu konstitutsiyaviy kafolatni amalda roʻyobga chiqarilishiga qaratilgan aniq chora tadbirlar Oʻzbekiston Respublikasi ning Mehnat kodeksida, "Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida"gi qonun (1993-yil 6-may)da, boshqa bir qator qonunlar va qonun osti normativ hujjatlarida belgilangan. Oʻzbekistonda Mehnat muhofazasi uchun katta moliyaviy mablagʻlar ajratiladi va oʻzlashtiriladi. Sogʻlom va xavfsiz mehnat Sharoitida mehnat qilish huquqi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining eng asosiy mehnat huquqlaridan boʻlib hisoblanadi. Mehnat muhofazasiga oid talablar va standartlar Mehnat kodeksi, "Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida"gi qonun talablari asosida ishlab chiqariladigan korxona va tashkilotlarning ichki mehnat tartibi qoidalari, jamoa shartnomalari, tarmoq yoki mintaqaviy jamoa kelishuvlari, korxonalarning boshqa ichki normativ huquqiy hujjatlarida, muayyan soha, kasb, ish joylariga oid boʻlgan Mehnat muhofazasi standartlarida belgilab qoʻyiladi. Mulkchilik shakli va xoʻjalik yuritish usulidan qatʼiy nazar barcha korxona, muassasa, tashkilotlar oʻz xodimlari uchun sogʻlom va xavfsiz mehnat sharoitini yaratishi, xavfsizlik texnikasi choralarini koʻrishi, mehnatni muhofaza qilish xizmatlarini tashkil etishi, boshqa tashkiliy texnik tadbirlarni amalga oshirishi shart.
    Mehnat muhofazasi qoidalariga rioya etilishi maxsus davlat organlari va jamoatchilik tomonidan nazorat qilib boriladi. Qonunlarga, shu jumladan, Mehnat muhofazasiga oid qonunlarga rioya etilishi ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga boʻysunuvchi prokurorlar umumiy nazorat olib boradi. Mehnat muhofazasi haqidagi qonun talablarini buzgan korxonalarga moliyaviy-iqtisodiy jazo choralari, ularning mansabdor shaxslariga nisbatan esa institutizomiy?, maʼmuriy-huquqiy, jinoiy javobgarliklar qoʻllanishi, ular aybi bilan yetkazilgan moddiy zararlar qoplantirilishi mumkin.


    Xulosa
    Men “Asosiy texnologik jarayonlari va qurilmalari” fanidan kurs loyihasi ishini bajardim. Bunda menga “truba ichida truba issiqlik almashinish qurilmasi”ni hisoblash va loyihalash topshirildi. Menga kurs loyihasini bajarishda bizga biriktirilgan fan o‘qituvchilarining konsultatsiyalari va bergan ko‘rsatmalari katta yordam berdi. Men ushbu qurilmani loyihalash bilan birga, unda boradigan jarayonlarni ya’ni sirka kislota va boshqa moddalarning xossalarini yaqindan o‘rganib chiqdim. Jarayonni borishida atrof-muhitga keltirilgan ziyonni va ularni bartarf etish chora tadbirlarini atroflicha o‘rgandim.
    Bu kurs loyihasini bajarish menga ushbu fandan olgan bilimlarimni yanada mustahkamlashga imkoniyat berdi. Olgan bilimlarim amaliy jarayonlarda nechog‘lik katta ahamiyat kasb etishini kurs loyihasini bajarish va qurilmani chuqurroq o‘rganishim mobaynida anglab etdim.
    Ushbu kurs loyihasi men uchun kelgusi ishlab chiqarishdagi faoliyatimda katta yordam berishiga ishonaman.
    .
    Adabiyotlar

    1. O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Kimyo sanoatini jadal rivojlantirish, tarmoqqa xorijiy investitsiya va zamonaviy texnologiyalarni jalb qilishga bag’ishlangan yig’ilish” ma’ruzasi.


    2. Pavlov K. F., Ramonkov P.P., Noskov A.A. “Примеры и задачи по курсу процессов и аппаратов химической технологии” Lelingrad , ,,Химия‘‘ 1987.
    3. Salimov Z. “Kimyoviy texnologiyaning asosiy jarayonlari va qurilmalari” Toshkent 1995
    4.Дытнерский Ю.И. “Процессы и аппараты химической технологии”. -М.: Химия, 1991.
    5. Yusupbekov N.R., Nurmuxamedov X.S., Zokirov S.G. Kimyoviy texnologiya asosiy jarayon va qurilmalari. - T.; «Sharq», 2003.
    6. Иоффе И.Л. “Проектирование процессов и аппаратов химической технологии”, Химия, 1991 - 352 с.
    Internet saytlari:
    7. www.wikipediya.org
    8. www.xs.uz
    Download 160,22 Kb.
    1   2




    Download 160,22 Kb.