Kurs loyihasi xisob-tanishtiruv yozuvi




Download 0,7 Mb.
bet5/8
Sana20.06.2024
Hajmi0,7 Mb.
#264753
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Abdulhamidov.J Tex.mex KI

II. Asosiy qism.

  1. Loyiha haqida umumiy ma`lumot

MASHINA DETALLARINI LOYIHALASH ASOSLARI
Texnik mexanika fani va sohasi barcha turdagi mashinalar uchun umumiy bo`lgan detal (bolt, gayka, tishli g`ildirak va boshqalar) va uzellarni hisoblash hamda loyihalash asoslarini o`rgatuvchi fandir.
Detal mashinaning bir xil materiallaridan tayyorlangan va alohida bo`laklarga ajralmaydigan qismidir. Masalan, bolt, gayka, shkiv, tishli g`ildirak va boshqalar. Uzel bir nechta detallarning yig`indisidan iborat bo`lib, mashinada biror bir ishni bajarishga mo`ljallangan. Mashinasozlikda bir turdagi mashinalar uchun umumiy bo`lgan detallar va uzellardan tashqari faqat bir yoki bir necha mashinalarda ishlaydigan detal va uzellar ham uchraydi. Masalan, paxta tozalash mashinasining arrasi, to`qimachilik mashinalarida ishlatiladigan urchuq, tikuv mashinasida ishlatiladigan ignalar va boshqalar. Bu detallarni loyohalash va hisoblash maxsus kurslarda o`rganiladi.
Barcha turdagi mashinalarda ishlatiladigan detal va uzellarni quyidagi guruhlarga bo`lishimiz mumkin:

  1. Birikmalar: Ajralmalar (payvand, kalta mixli va boshqalar), ajraluvchan (boltli, shponkali va boshqalar) birikmalarga bo`linadi.

  2. Uzatmalar: Harakatni bir valdan ikkinchi valga o`zaro ilashish (tishli, zanjirli va boshqalar) yoki ishqalanish (tasmali, friksion va boshqalar yordamida uzatiladigan guruhga bo`linadi.

  3. Uzellarda ishlatiladigan (vallar, podshibnik, muftalar) detallar guruhidir.

Fanni o`rganishdan maqsad shu turdagi mashinalarda ishlatiladigan detal va uzellarni mustahkamlikka hisoblash va loyihalash asoslarini o`rganish. Bunda tanlash amalga oshiriladi, termik qayta ishlash detalning aniqlik darajasiga tayyorlash texnologiyasi masalalari ko`riladi.
Mashina va detallarga qo`yiladigan talablar. Loyihalangan yangi mashinalar: yuqori unumdor tannarxi arzon, rejalashtirilgan muddatigacha ishonchli ishlashi, ishlatish yengil, estetik ko`rinishi bo`lishi kerak.
Mashinalarni loyihalash, hisoblashda davlat standartlari asos qilib olinadi. Loyihalayotgan mashinalarda standart detallarning ishlatilishi mashinaning tannarxini kamaytiradi. Ta’mirlash jarayonini yengillashtiradi. Shuningdek, standart detallar maxsus zavodlarda tayyorlanganligi uchun ularning sifati yuqori va tannarxi arzon bo`ladi.

Loyihalanayotgan mashinalarga qo`yiladigan asosiy talab bu yangi texnologiyalarga javob berishi ya’ni



  • har xil uzellarda bir xil detallarni ishlatish;

  • standart detallarni ishlatish;

  • boshqa mashinalarda ishlatiladigan detallardan foydalanish;

  • tayyorlash, yig`ish, jarayonida robot va avtomatlardan foydalanish;

  • avtomatik loyihalash va ularni avtomatlashtirish.

Tayyorlanayotgan mashinalarda yangi texnologiyaning ishlatilishi, uning tannarxi, sarflanadigan energiya, material hajmi, ishlatish va ta’mirlash jarayonlari bilan belgilanadi.
DETALLARNING ISHLASH LAYOQATI

Yangi loyihalanayotgan mashina va detallar ishda ishonchli, aniq, mustahkam, ishlash muddati uzoq, yig`ish yengil, ish unumi yuqori, boshqarish qulay, o`lchamlari kichik, estetik ko`rinishli, iqtisodiy jihatdan tejamli bo`lishi kerak.


Loyihalanayotgan mashina detallarining ishlash layoqati ularning mustahkamligi, bikrligi, issiqqa, yoyilishiga va titrashga chidamliligi bilan belgilanadi. Detallarni ishlash layoqati uning ishlash sharoitiga qarab belgilanadi. Detallarning qanday sharoitda ishlashiga qarab, qanday shart qo`yilishini belgilash kerak va shu shartni bajarilishini ta`minlash lozim.
Mustahkamlik detalning deformatsiyalanishi me`yorida bo`lgan holda ma`lum vaqt davomida ishlay olish xususiyati.
Detallarning mustahkamligi uning xavfli kesimdagi normal va urinma kuchlanishlarning qiymati bilan belgilanadi. Detallarni mustahkamlikka hisoblash asoslari “Materiallar qarshiligi “kursida o`rganiladi.
Detallarni mustahkamligini ishchi yuzalarini termik qayta ishlash kuchlanishlarini to`planish holatini kamaytirish, ratsional forma tanlash bilan oshirish mumkin. Berklik detallarni ishlash jarayonida tashqi kuchlar ta`sirida elastik deformatsiyasi ruxsat etilgan qiymatdan oshmasligi uchun berkligi ta`minlangan bo`lishi kerak. Masalan vallarning berkligi ta`minlangan bo`lsa ularga o`rnatilgan podshipniklar, tishi g`ildirak, murftalarni yaxshi ishlashiga sharoit yaratilgan bo`ladi. Berklikni ruxsat etilgan qiymatlarini elastik nazariyasini aniqlash mumkin.

YEYILISHGA CHIDAMLILIK



Materialning yeyilishga qarshilik kursata olish qobilyati yeyilishga chidamlilik deb ataladi. Yeyilish bu detallarning o`zaro ishqalanishi tufayli sodir bo`lib, o`z o`lchamlarining asta-sekin o`zgarishidir. Detallarning yeyilishiga chidamliligi materialning fizik-mexanika xususiyatlari, termik qayta ishlov berishi, aniqlik darajasi, ishqalanayotgan ishchi yuzalar o`rtasidagi bosim, sirpanish tezligi, ishqalanish rejimi ishlash sharoitlariga bog`liq bo`ladi.
Detallarning yemirilishi natijasida o`zaro ishqalanish yuzalarida bushliq oshadi.
Issiqlikka chidamlilik- detallarning berilgan muddat davomida ruxsat etilgan issiqlikda ishlay olish xususiyati issiqlikka chidamlilik deb ataladi. Detallar o`zaro bir-biriga ishqalanishi natijasida quriyda va natijada detallarning mustahkamligi pasayadi. Moylash xususiyati kamayadi natijada o`zaro ishqalanish hisobiga yuzalarining yeyilishi kuzatiladi
Titrashga chidamlilik – mashinalarning ishlash jarayonida titrash natijasida detallarda qo`shimcha dinamik kuchlar hosil bo’ladi bu esa ularning toliqishiga sabab bo`ladi hamda ularning ishdan chiqishini tezlashtiradi

Download 0,7 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 0,7 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kurs loyihasi xisob-tanishtiruv yozuvi

Download 0,7 Mb.