• Podshibniklar, redutorlar to’g’risida ma’lumot. Vallar va o’qlar. Bir pog’anali yopiq silindrsimon reduktorni loyihalashning hisob qismi.
  • MAVZU: BIR POG’ONALI QIYA TISHLI SILINDSIMON REDUKTORNI LOYIHALASH




    Download 0,7 Mb.
    bet4/8
    Sana20.06.2024
    Hajmi0,7 Mb.
    #264753
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Abdulhamidov.J Tex.mex KI

    MAVZU: BIR POG’ONALI QIYA TISHLI SILINDSIMON REDUKTORNI LOYIHALASH


    REJA:

    1. Kirish

    2. Asosiy qism.

    1. Loyiha haqida umumiy ma’lumot.

    2. Uzatmalar.Tasmali uzatmalar.

    3. Zanjirli uzatmalar.

    4. Podshibniklar, redutorlar to’g’risida ma’lumot.

    5. Vallar va o’qlar.

    6. Bir pog’anali yopiq silindrsimon reduktorni loyihalashning hisob qismi.

    1. Xulosa

    2. Foydalanilgan adabiyotlar

    3. Ilovala




    1. K I R I SH

    Umumtеxnika fanlari mutaxassis muxandislar nazariy va Texnik
    tayyorgarligini oshirish uchun asosiy nеgiz hisoblanadi. “Texnik mexanika”
    fani talabalarning konstruktorlik xususiyatini shakllantiruvchi fan bo`lib,
    ularning ijodiy qobiliyatini oshirish uchun katta imkoniyat bеradi. “Amliy mexanika” kursini o`rganish jarayonida talabalar mustaqil masalalarni еchimi,
    hisoblash usullarini izlanishlar, mеxanizm va mashinalarni taxlil va sеntеz
    qilish, avtomatik qurilmalarni va konstruktsiyalarning uzеllarini loyihalash kabi ko`nikmalarnishakllantiradi.
    Muxandis mutaxassislarining o`quv dasturida ko`zda tutilgan kurs ishi
    kabi ko`nikmalarni mashina dеtallari fanining yakuniy bosqichi hisoblanadi.
    Yuqori malakali muxandislari tayyorlashda kurs ishining ahamiyati katta.
    Kurs ishisi ustida ishlashda talabaning umumtеxnik va umumnazariy
    tayyorgarligi ma'lum darajada aniqlanadi va bitiruv ishi hisoblangan bitiruv
    malakaviy ishi uchun fundamеnti hisoblanadi. Mashina dеtallaridan kurs ishi
    fanning yakuniy mustaqil konstruktorlik ishi bo`lganligi uchun uning
    ahamiyati juda muhim.
    Loyihali asoslarni o`rganib umumiy ahamiyatga ega
    bo`lgan oddiy mashina elеmеntlarini loyihalashdagi talabalarning orttirgan
    bilim va maxsus fanlaridan kurs loyixalarini bajarishga asosiy baza bo`lib xizmat qiladi. Hisoblanayotgan mashina yoki mеxanizmlar еngil, еtarli darajada
    mustahkam, ishqalanishga chidamli, shakli oddiy, ishlatishga qulay va
    xavfsiz, shuningdеk davlat standartlarida qo`yilgan talablarni to`laqondiradigan bo`lishi kеrak.
    Mashina dеtallari kurs ishining vazifasi talabalarning tеxnikaviy
    ijodkorligi bilimlarini va tеxnikaviy xisoblashlar soxasidagi bilimlarini
    rivojlantirishdan iborat.
    Xalq xo`jaligini har tomonlama rivojlantirish mehnat samaradorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash fan asosida yaratilgan texnikaga bog`liq.Texnika va texnologiyaning jadal sur’atlarda rivojlanishi,avtomatlashtirish va boshqarish tizimining keng miqyosda qo`llanishi texnika fanlariga bo`lgan talabni yanada kuchaytirmoqda. Shuning uchun loyihalangan mashinalar ularning detallar mumkin qadar yengil, yetarli darajada mustahkam, ishqalanishga chidamli ,bejirim davlat standartlariga to`liq mos keladigan bo`lishi shart.
    Bundan tashqari detallar ishdan chiqqanda ularni yangisiga tez va qulay almashtirishning ham imkoni bo`lishi zarur. Sanoatda ishlatiladigan barcha mashenalarda shunday uzel va detallar borki bu detal va uzellarni aloxida guruh sifatida qarab loyihalash hisoblash va uning nazariy asoslarini yaratish mumkin. Masalan birikmalar o`z navbatida tuzilish jihatidan ajralmas va ajraladigan birikmalarga bo`linadi. Uzatmalar harakatini bir valdan ikkinchi valga moylash uchun ishlatiladigan mexanizm bo`lib ular energiya manbai bilan ishchi val o`rtasida o`rnatiladi. Harakati ishqalanish yoki ilashish yordamida uzatish mumkin. Mashinadetallari fani asosan yuqorida ko`rsatilgan detal va uzellar ya’ni hamma sanoatda ishlatiladigan mashenalarga xos bo`lgan detallarni loyihalash hisoblash va hisoblashning nazariy asoslari o`rganadi.
    Hozirgi zamon dunyo fani va texnikasining rivojiga O`rta Osiyo olimlarining qo`shgan hissalari beqiyosdir. Yuqorida ko`rsatilganidek detallarning oddiy ko`rinishlarini O`rta Osiyo olimlari tomonidan qo`l mehnatini yengillashtirish uchun yaratilgan mexanizmlarda ko`rish mumkin. Masalan buyuk olim Abdul Abbos Amhat ibn Muhammad Qozi al-Farg`oniy (1788) tomonidan yaratilgan mexanik kalendar burchaklarini o`lchash asboblari va boshqa asboblari. Abu Ali al-Husayn ibn Abdulloh ibn Sinoning “Aql mezoni” asosida mexanizmdagi oddiy sistemalar ya’ni richaglar, bloklar, vintlar, ponalardan tuzilgan mexanizmning ishlash prinsiplari batafsil bayon etilgan. Abu Yusuf al-Xorazmiyning “Ilmlarning kaliti” nomli kitobi, Ismoil al Jazoirning “Injenerlik mexanikasini bilish“kitob e’tiborga sazovordir. Ushbu keltirilgan olimlar texnikaning rivojiga munosib hissa qo`shgan. O`rta Osiyoning buyuk olimlari hisoblashadi. Hozirda O`zbekistonning texnika sohasidagi olimlar mustaqil mamlakatimiz fan va texnikasini rivojlantirish ya’ni yangi mashina va mexanizmlarni yaratish hisoblashlarning nazariy asoslarini yaratishda va bu mashenalarni loyihalashda salmoqli ishlar qilinmoqda.
    Mashinasozlik ilmiga mamlakatimiz olimlarining quyidagi yangiliklari munosib hissa bo`lib qo`shildi: yangi o`zgaruvchan uzatish nisbati; tishli uzatmalar, richagli muftalar, zanjirli uzatmalar, uzatish soni o`zgaruvchan bo`lgan tasmali uzatmalar, sepisiklik, egiluvchan bo`g`imli yuksak mexanizmlar. Mazkur yangi uzatma va mexanizmlar hisoblashi va loyihalash asosida ishlab chiqarilib xalq xo`jaligida keng miqyosda qo`llanilmoqda. Yangi mashinalarning nazariy asoslarini yaratish, loyihalash va hisoblashda taniqli olimlarning misollar tariqasida H.H Usmonxo’jayev, F.S. Qo`ziboyev ,R.F Mahkamov F.SH Zokirov , R. J. Jo`rayev, R.I. Ikromov, R.I. Rahimov, Sh Alimuhammedov, A. D. Glushenka, O. V. Lebedov va boshqalar katta hissa qo`shgan. Shuningdek yuqori (malekulali) malakali mutaxasislarni tayyorlashda fan yutuqlari o`quv jarayoniga tadbiq qilgan yetuk olimlardan Sulaymonov, Ikromovlarning mehnatlari e’tiborga loyiqdir.


    Download 0,7 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 0,7 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    MAVZU: BIR POG’ONALI QIYA TISHLI SILINDSIMON REDUKTORNI LOYIHALASH

    Download 0,7 Mb.