|
Uzatmalar. Zanjirli uzatmalar
|
bet | 6/8 | Sana | 20.06.2024 | Hajmi | 0,7 Mb. | | #264753 |
Bog'liq Abdulhamidov.J Tex.mex KI2. Uzatmalar. Zanjirli uzatmalar
Zanjirli uzatmalar bu yetaklovchi va yetaklanuvchi hamda shu yulduzgacha kiydirilgan zanjirdan iborat. Zanjir faqat bir tekislik bo`yicha egiladi shuning uchun o`qlar o`zaro parallel bo`lishi shart. Zanjirli uzatmalar asosan qishloq xo`jalik mashinalarida, mashina yuritmalarida har xil standiklarda ko`p ishlatiladi. Zanjirlar ish bajarishiga qarab quyidagi guruhga bo`linadi:
a) yuklarni balandlikka ko`taradigan mexanizmlarda ishlatiladigan zanjirlar;
b) to`xtovsiz ishlaydigan transport qurilmalarda ishlaydigan zanjirlar;
c)bir valdan ikkinchi valga quvvat uzatish uchun ishlatiladigan zanjirlar.
Afzalliklari. O`qlar aro masofa 6-8 m gacha (kuch tasmali) bo`lishi mumkin vallarga tushadigan kuch tasmali uzatmalarga nisbatan kichik 300 kvt gacha quvvat uzatishi mumkin sirpanish hodisasi bo`lmaydi. F I K- yuqori bir pog`onali uzatishlar soni u=7 gacha.
Kamchiliklar tannarxi juda yuqori, yulduzchalarni tayyorlash bir muncha murakkab, ishlash jarayonida e’tibor bilan qarab turishni hamda yig`ishda yuqori aniqlik talab qiladi.Zanjirli uzatmalar uzatish soni u=4 olish tavsiya etiladi, lekin u=7 gacha olish mumkin.
Zanjirli uzatmalarda hosil bo`ladigan kuchlarning yo`nalish sxemasi tasmali uzatmalarnikiday bo`ladi, ya`ni bu uzatmalarda ham Ft Fr zanjirnung yetaklovchi va yetaklanuvchi tarmoqlaridagi kuchlar Ft –aylanma kuch. Fo – dastlabki taranglik kuchi Fv= markazdan qochma kuch ta`sirida hosil bo`ladigan kuch.
Asosiy kuchlar orasidagi munosabat ham tasmali uzatmalardagiga o`xshash bo`ladi. Zanjirli uzatma uchun dastlabki taranglik deganda zanjirli uzatmaning normal ishlashi uchun zanjirning tarang tortilishi emas balki ma`lum darajada salqilikka ega bo`lishi tushunilishi kerak. Odatda salqilik zanjirning og`irligi tufayli hosil bo`ladi shuning uchun zanjirning o`zi og’irligining uning tarmoqda hosil bo`ladigan kuchdir. Shuning uchun zanjirning o`z og`irligidan uning tarmog`ida hosil bo`ladigan taranglik kuchi dastlabki taranglik kuchi deb yuritiladi va hisoblanadi. Zanjirlar bir va bir necha qatorli qilib tayyorlanishi mumkin. Yuklanish va tezligi katta bo`lganda ko`p qator list ishlatiladi.
MUFTALAR
Muftalar val. turba va shunga o`xshash detallarning uchlarini o`zaro ulash uchun ishlatiladi va mexanik elektrik-gidroflik turlarga bo`linadi. Mashina detallari kursida faqat vallarga mo`ljallangan mexanik muftalarnigina o`rganiladi. Bunday muftalarning asosiy vazifasi vallarni o`zaro biriktirish bilan birga ularning biridan ikkinchisiga aylanuvchi moment uzatishdan iborat. Muftalar vazifasi hamda tuzilishiga ko`ra bir necha guruxga bo`linadi:
1)Doimiy biriktirilgan muftalar. Bunday muftalardan foydalanilganda mashinaning ishini to`xtamay turib vallarni bir-biridan ajratib bo`lmaydi;
2)Boshqariladigan ulovchi muftalar – bunday muftalar vositasida mashina ishini to`xtatmay turib, vallarni bir-biridan ajratish yoki ulash mumkin;
3) O`z –o`zini boshqaruvchi (avtomatik) muftalar . Bunday muftalar mashinaning normal ishlashi uchun talab qilingan sharoit ta`minlanmagan hollarda avtomatik ravishda vallarni bir-biridan ajratadi yoki talab qilingan normal sharoit yaratilishi bilan vallar mufta vositasida avtomatik ravishda yana ulanadi.
Muftalarning asosiy xarakteristikasi bu uzatiladigan aylanuvchi moment. Qiya tishli, slindirsimon uzatmalar. Bu g`ildiraklarda tish g`ildirak o`qiga nisbatan ma`lum qiyalik burchakda joylashgan. Buning uchun tish kesuvchi reyka bu burchakka qiyalik bilan qo`yiladi, shuning uchun qiya va shevzon tishli g`ildiraklarni tishlari shakli uchun normal kesim bo`yicha to`g`ri tishli g`ildiraklarga o`xshash bo`ladi, ya`ni mn=m bo`yicha modul standartlashgan.
Qiya tishli g`ildirakda yon qadam R hamda hormal qadam Rn bo`ladi Qiyin tishning yo`nalishiga tik o`tkazilgan tekislikda shu keltirilgan g`ildirakni ifodalovchi shakl xosil bo`ladi Qiya tishga bo`lgan tekislik bilan kesilgan g`ildirakning ko`ndalang kesimda ellips hosil bo`ladi
Tishli g`ildiraklarda qiyalik burchagi B ning qiymatlarini 80-200 olish tavsiya etiladi. Agarda qiyalik burchagi 80 dan kam olinsa uzatma to`g`ri tishligi nisbatan uzining afzalliklarini yo`qotadi, 200 dan katta olinsa bo`ylama kuchlarning qiymati ortib tayanch kanstruksiyalar hajmi katta bo`ladi.
O`qlararo masofa – a hamda uzatish soni u ning qiymati doimiy bo`lgandan Z1 hamda m qiymatlar o`zgarib turadi Ichi quyma qopqoq hamda maxkamlash uchun ishlatiladigan boltdan iborat bo`ladi. Sirpanish podshipniklarning afzalliklari katta tezlikda ishlatish mumkin. Tebranma zarb yuklanishlarda ham ishlatiladi. Radial o`lchamlari nisbatan kichik podshipnikni 2 pallali qilib tayyorlash mumkin Tuzilishi oddiy va tannarxi arzon.
Kamchiliklari. Rangli metallarning ishlatilishi, suyuqlikdagi ishqalanish rejimi hosil qilishni qiyinligi. O`q bo`yicha o`lchami nisbatan uzunligi, moylash yaxshi bulmaganda ishqalanishga ko`p quvvat sarflanishi, moylash uchun moyning ko`p ishlatilishi. Kuchlarni qabul qilish uchun tirak podshipniklar: val o`qlariga tik hamda val o`qi bo`ylab ta`sir qiluvchi kuchlar uchun radikal tirak podshipniklar ishlatiladi.
PODSHIPNIKLAR
Podshipniklar val va aylanadigan o`qlarda tayanchlar sifatida xizmat qiladi. O`q va vallarning tayanchlari ishqalanish turi bo`yicha sirpanish hamda dumalash podshipniklariga bo`linadi Aylanayotgan val yoki o`q shiplari podshipniklarda ishqalanadi Ana shu ishqalanishning turiga qarab podshipniklar sirpanish podshipniklari bilan dumalash podshipniklarga bo`linadi. Shuningdek har xil yo’nalishda ta`sir qiladigan kuchlar uchun ishlatiladi. Masalan, val o’qiga tik ta`sir qiluvchi kuchlarni qabul qilish uchun radial podshipniklari: val o`qi bo’ylab yo’nalgan kuchlarni qabul qilish uchun tirak podshipniklar, val o’qiga tik hamda val o`qi bo’ylab ta`sir qiluvchi kuchlar uchun radial tirak podshipniklar ishlatiladi. Sirpanish podshipniklari ko`pchilik hollarda 2 ta asosiy element ya`ni korpus va antifiraksiamokladishlardan iborat. Sirpanish podshipniklarni turtki va zarbaga unchalik sezgirmasligi suyuqlayin ishqalanishda usti yuzalarining chidamligi katta ekanligi ularning afzalliklari quruqlayin ishqalanishda F I K ning nisbatan kichikligi kamdiyligiga kiradi.
SIRPANISH PODSHIPNIKLAR
Sirpanish podshipniklarida sirpanish ishqalanish hodisasi sodir bo`ladi. Val va o`qlarning tayanchiga mo`ljallangan qismi sapfa deyiladi Sapfaning shakli slindirsimon, konussimon, roldirsimon bo`lishi mumkin. Tayanchlar val yoki o`qining uchida joylashgan bo`lsa ship, o`rtasida joylashgan bo`lsa bo`yin deb ataladi. Ajraladigan podshipniklar: korpus ikki bo’lak.
REDUKTORLAR
Tishli yoki kirmaksimon uzatmadan tashkil topgan. aloxida agregat ko`rinishida tayyorlangan va dvigateldan ishchi mashinaga quvvat uzatishda xizmat qiladigan mexanizm reduktor deyiladi. Reduktorning asosiy vazifasi yetaklanuvchi val burchak tezligini kamaytirib aylantiruvchi momentni ko’paytirishdir. Reduktorning quyidagi turlari mavjud:
-Uzatmaning turiga qarab – tishli;
-Pog`onalar soniga ko`ra – bir pog`onali ikki pog`onali va hokazo;
-Tishli g`ildirak turiga ko`ra silindirsimon konussimon;
-Vallarni fazada joylashishiga ko`ra gorizantal vertikal.
BIR POG`ONALI SILINDRIK REDUKTORLAR
To`g`ri qiyshiq va shevron tishli turlarga bo`linadi. Reduktorni korpusi quyma cho`yan yoki po`latdan payvandlangan holda tayyorlanadi Eng kata uzatishlar soni c=12.5 gorizontal bir pog`onali slindirsimon reduktorlarga uzatishlar soni u =2.53 ….8.0 va o`qlararo masofasi aw = 0.3 … 10 m bo`ladi. Reduktorning komponovkasi ikki etapda shesterna va tishli g`ildirak xolatini podshipniklar o`rnini va tayanch kuchlarini aniqlash uchun bajariladi kompanovka M1:1 masshtabda bir proeksiyada amalga oshiriladi. Buning uchun qog`ozni o`rtasidan gorizontal chiziqqa bir-biridan aw masofada joylashgan 2 ta vertikal o`q o`tkazamiz. Bu o`qlarda shesterna va tishli g`ildirakda stipsiani diametrik va uzunligi belgilanadi. Shesterna gardishi bilan reduktor korpusi devorining ichki tomoni oraliq masofani tishli g`ildirak gardishidan reduktor korpusi devorining ichki tomonigacha masofa qoldiriladi.
VAL VA O`QLAR
Val va o`qlar tishli g`ildirak, shkiv va shunga o`xshash aylanuvchi detallarni o`rnatish uchun ishlatiladigan uzatmaning asosiy detallari hisoblanadi Tuzilishi jihatdan o`qlar bilan vallar deyarli farq qilmaydi. Lekin bajaradigan ishiga ko`ra. ular bir- biridan farq qiladi.
O`qlarning vazifasi detallarning aylanishiga sharoit yaratib beradi. Bunda o`qning o`zi detal bilan birga aylanishi ham aylanmasligi ham mumkin. Vallarning vazifasi detallarning aylanishini ta`minlash bilan birga aylanuvchi momentni uzatishdan iborat val va o`qlarning tuzulishi uning qanday ish bajarishiga bog`liq bo`lib har xil ko`rinishda bo`lishi mumkin. Masalan, tekis pog`onali va egiluvchan.
O`q faqat eguvchi kuchlanish ta`sirida, val esa eguvchi kuchlanish bilan bir vaqtda aylanuvchi momentdan hosil bo`ladigan kuchlanish tasirida ishlaydi. Val va o`qlarni tayyorlash uchun materiallarni tanlashda uning qanday ish bajarishi, ishlash sharoiti, qayta ishlash texnologiyasi, tayyorlash hajmi va boshqa omillar hisobiga olinadi. Diametrlari katta bo`lgan vallarning og`irligini kamaytirish maqsadida ularning ishi kovak qilib tayyorlanadi. bunda material miqdori 20-40% kamayadi.
Tirsakli hamda og`irligi katta bo`lgan vallar yuqori darajali mustahkam cho`yan materiallardan ham tayyorlanishi mumkin. Val va o`qlarni tayyorlash uchun ishlatiladigan ayrim po`lat materiallarning mexanik harakteristikalari berilgan. Vallarning yon tomonlarida detallarni o`tkazishni yengillashtirish hamda ishchining ish jarayonida xavfsizligini ta`minlash uchun ular pastga qilinadi.
|
| |